|
Sinf jixozlariga qo'yiladigan gigiyenik talablar
|
bet | 29/50 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 193,62 Kb. | | #231277 |
Bog'liq Ёш физ. назорат javoblari52. Sinf jixozlariga qo'yiladigan gigiyenik talablar.
Sinf jixozlariga quyiladigan gigienik talablar.
• Ta'lim-tarbiyaning, mehnat ta'limining samarali bo’lishi sinf xonalari, laboratoriyaning jihozlanishi muhim ahamiyatga ega. Maktab mebellari bolalarning bo'yi, yoshi, tana proportsiyasi, fiziologik xususiyatlariga mos bolishi kerak. Sinf xonasining asosiy jihozi o’tirg'ichi va yozuv stoli kabi qismlari boladi.
Suyanchik - bola umurtqa pog'anasining bel egriligiga mos kelishi kerak. Suyanchiq oralig'i gorizantal boyicha kursi suyanchig’igacha bo'lgan masofa o'quvchi gavdasining diametridan 3-5 sm masofa qolishi kerak. Masofa musbat, manfiy va nol bo'lishi mumkan. Suyanchiq oralig'i oshib ketsa, o'quvchi bukilib o’tiradi, kamayib ketsa, siqilib qoladi. Partaning oldingi cheti otirg’ichdan 3-5 sm o'tishi maqsadga muvofiqdir. Partaning yozuv stoli 15-20 gradus qiyaroq qilib tayyorlanadi. Bu ko’rishni yengillashtiradi. O'quvchilarni partaga o'tkazishda bo`yini parta raqamiga moslash zarur. Bo’yi eng past bola 110 sm. novchasi 179-180 sm bo'ladi. Barcha o'quvchilar 7 ta bo'y guruhiga bo'linadi. Parta raqamlari ham 6 dan 12 gacha A.F. Listov bolani bo’yiga qarab parta nomerini aniqlash uchun quyidagi formulani tavsiya qiladi, ya'ni bola bo'yining oldingi raqami unligidan 5 ni ayrilsa, shu bola o’tiradigan partaning nomeri kelib chiqadi. Masalan, bolaning bo'yi 148 sm.14 dan 5 ni ayirib tashlaymiz, unda 9 qoladi.
Demak, 148 sm bo’yli bola 9 nomerli partada o'tirishi kerak. Hozirgi vaqtda ko’p maktablarda yangi nomerli partalar qo’llaniladi. Bular A,B,V,G,D deb belgilanadi. Har bir partaning suyanchigida shu partada o'tirishi mumkin bo’lgan bolaning bo’yi, parta nomeri yoki rangli shartli belgi qo'yilgan bo’ladi. Jumladan, A raqamli parta rangli belgisi sariq, B-qizil, V-ko’k, G-yashil va D- oq rang boladi. Sinf partalari, stol, stullarni akslanish koeffitsenti 35 % dan 50 % gacha bo'lgan ranglarda buyash tavsiya etiladi.
Parta, stol, stullar och kulrang, och yashil yoki boshqa ochroq rangga buyash tavsiya etiladi. Sinf partalari 3 qator qilib, pastlari oldingi, balandlari orqaga quyiladi. Parta qatorlari orasidagi masofa 70-75 sm, ichki devor bilan parta qatori orasidagi parta bilan doska orasidagi masofa 7-8 m qilib joylashtiriladi. O'quvchilarni partaga o’tkazishda bo’yidan tashqari sog'ligi, ko’rish va eshitish organlarining xususiyatlari ham e'tiborga olinadi. Yaqindan ko’radigan bola, garchi boyi baland bo’lsa ham oldingi partaga o'tkazilishi kerak.
Sinf doskasining yuzasi silliq, yaltiramaydigan bo’lishi kerak. Uning o’lchami sinf sathiga bog'liq bo’lib, uzunligi 175 sm. dan 300-350 sm. gacha, eni 85 sm. yuqori sinflarda 90 sm. baland o’rnatiladi. Doska jigar rang, to’q yashil rangga buyaladi. Doskada bo’r, latta qo’yish uchun tepasiga lyuminestsentlampa o’rnatiladi. O’qituvchining ish stoli va stuli birinchi parta yoki o’rtadagi parta oldiga qo’yiladi.
O'quv binosi, jihozlari va obodonligiga bo'lgan gigienik talablar.
|
| |