|
Tayanch-harakat tizimi va uning ahamiyati
|
bet | 25/50 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 193,62 Kb. | | #231277 |
Bog'liq Ёш физ. назорат javoblari47.Tayanch-harakat tizimi va uning ahamiyati.
Tayanch-harakat aʼzolar sili — suyaklar, mushaklar va boʻgʻimlarning Kox tayoqchalari bilan zararlanishi oqibatida kelib chiqadigan patologik holatga aytiladi. Tayanch-harakat aʼzolari sili, shu aʼzolarning ogʻir jarohatlaridan boʻlib, boy klinik manzaraga ega. Bu esa, oʻz navbatida, oʻzgaruvchan boʻlib, sil jarohatining joylashgan oʻrniga, kasallikning bosqichiga, bemorning yoshiga, oʻtkazilgan davolash chora-tadbirlariga, tashqi va ichki omillar holatiga bogʻliq boʻladi. Bemorni har tomonlama tekshirib, diagnoz qoʻyishda, jarohatning atrofi va jismdagi umumiy oʻzgarishlarni batafsil aniqlash va toʻgʻri talqin qilish lozim. Ayni paytda sil jarohatiga oʻxshash oʻzgarishlar bilan kechadigan kasalliklarni ham hisobga olish lozim Xarakter koʻrinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Tayanch-harakat aʼzolari sili, shu aʼzolarning ogʻir jarohatlaridan boʻlib, boy klinik manzaraga ega. Bu esa, oʻz navbatida, oʻzgaruvchan boʻlib, sil jarohatining joylashgan oʻrniga, kasallikning bosqichiga, bemorning yoshiga, oʻtkazilgan davolash chora-tadbirlariga, tashqi va ichki omillarning holatiga bogʻliq boʻladi. Bemorni har tomonlama tekshirib, diagnoz qoʻyishda, jarohatning atrofi va jismdagi umumiy oʻzgarishlarni batafsil aniqlash va toʻgʻri talqin qilish lozim. Ayni paytda sil jarohatiga oʻxshash oʻzgarishlar bilan kechadigan kasalliklarni ham hisobga olish lozim. Shu bilan birga bemorlarni klinik-laborator tekshirish va boshqa kasalliklar bilan solishtirib koʻrish maʼlum qonuniyatlarni buzmasdan amalga oshirilishi lozim
48. Odam tana suyaklari va uning turlari.
Suyaklar — odam va umurtqali hayvonlar skeletining asosiy qismi. Suyak toʻqimasi biriktiruvchi toʻqimaning bir xili. Suyak boʻgʻimlar, boylamlar, muskullar va oʻziga birikkan paylar bilan birga tayanchharakat apparatini hosil qiladi. Suyak hujayralar (osteotsitlar, osteoklastlar) va hujayralar oraligʻi mineral moddalardan tarkib topgan. Osteotsitlar hujayralar oraligʻi moddasi bilan oʻralgan; oʻsimtalar yordamida oʻzaro tutashgan; suyak toʻqimasida moddalar (oqsil, suv, ion) almashinuvini, osteoblastlar esa suyaklar hosil boʻlishini, ularning soʻrilish (rezorbsiya) jarayonini taʼminlaydi. Osteoblastlar va osteoklastlarning birgalikda taʼsiri suyak ning oʻsishi va funksional zoʻriqishi oʻzgarishining asosini tashkil etadi. Hujayralararo modda kollagen (ossein) tolalar va asosiy moddadan iborat, bu moddalar suyakning pishiq va mustahkam boʻlishini taʼminlaydi. Suya k toʻqimasi kollageni oʻziga xos polipeptidlarning koʻpligi bilan togʻaydan farq qiladi. Asosiy modda glikoproteidlar va proteoglikanlardan tashkil topgan. Mineral komponenta apatit, sulfat va kalsiy karbonat kristallaridan iborat. Suyak embrional rivojlanish davrida biriktiruvchi toʻqima — mezenximadan hosil boʻladi. Birlamchi suyak ichki togʻay skeletning suyaklanishidan (yelka, son va boshqalar), ikkilamchi suyak teri osti tangachalaridan (peshona, tepa va boshqa suyaklar) vujudga keladi.
|
| |