www.scientificprogress.uz




Download 431.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana05.05.2023
Hajmi431.07 Kb.
#56697
1   2   3   4   5
Bog'liq
neft-va-gaz-zaxiralari-va-resurslarini-baholash
Tikuvchilik fanidan 150 talik test, mustaqil ish, Matematik mantiq va algoritmlar nazariyasi elementlari A Yunusov, 123 Mardiyev Muhammad , MARDIYEV MUHAMMAD, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’limi vazirligi, 4 variant, asosiylarga kvadrat tenglama, 9-chapter-3-1-var, Презентация1, Abduxalilova Ma\'mura, 5-LABARATORIYA ISHI, 4-6-5-LABARATORIYA ISHLARI, Tarmoq xavfsizligi
www.scientificprogress.uz
 
Page 328
tadqiqotlarning ijobiy natijalari asosida aniqlangan uyumlarning (uni bir qismining) 
zaxiralari. Uyumning turi, shakli va o’lchamlarini, neft va gaz joylashgan kolletor 
qalamlarning yotish sharoitlari qidiruv va ishlatish quduqlarini burg’ilash va shu rayon 
uchun tekshirilgan geologik va geofizik tadqiqotlar natijalari bo’yicha aniqlangan. 
Kollektorning litologik tarkibi, turi, kollektorlik xossalarini, neft va gazga to’yinganligi, 
neft olish, mahsuldor qatlamlarning samarali neft va gazga to’yinganligi kern va 
quduqlarda geofizik tadqiqotlar materiallari bo’yicha o’rganilgan. Neft, gaz va 
kondensatning qatlamdagi va standart sharoitdagi tarkibi va xossalari quduqlarni sinash 
ma’lumotlari bo’yicha o’rganilgan. Quduqlarning mahsuldorligi, qatlamning 
o’tkazuvchanligi, qatlam bosimi, harorati, neft, gaz va kondensatning debitlari 
quduqlarni sinash va tadqiqqot qilish natijalariga ko’ra o’rganilgan. С1 toifa zaxiralar 
geologik qidiruv ishlari va ekspluatatsion burg’ilash natijalari bo’yicha hisoblanadi va 
neft konini ishlatishning texnologik sxemasi yoki gaz konini ishlatishning sanoat-sinov 
loyihasini tuzish uchun ma’lumotlar olishni ta’minlaydigan darajada o’rganilgan 
bo’lishi lozim. С2 toifa – mavjudligi geologik va geofizik tadqiqotlar ma’lumotlari 
bilan asoslangan uyumlarning (uni bir qismining) zaxiralari: - uyumning nisbatan yuqori 
toifali zaxirali uchastkalarga tutashgan qidirilmagan qismlarida; - qidirilgan konlarning 
oraliq va yuqorida yotuvchi sinalmagan qatlamlarda [1-5]. Uyumning shakli va 
o’lchamlari, yotish sharoiti, qatlamlarning qalinligi va kollektorlik xossalari, neft, gaz 
va kondensatning tarkibi va xossalari uyumning ko’proq o’rganilgan qismi 
ma’lumotlarini hisobga olgan holda yoki qidirilgan konlarga o’xshashligi bo’yicha 
umumiy xulosa qilingan. С2 toifa zaxiralar konni istiqbolini aniqlash, geologik-qidiruv 
ishlarini rejalashtirish yoki quduqlarni yuqoridagi qatlamlarga o’tkazishda kon geologik 
tadqiqotlar uchun va qisman uyumlarni ishlatishni loyihalash uchun foydalaniladi. С3 
toifa – neftgazli rayon chegarasida joylashgan chuqur burg’ilash uchun tayyorlangan 
maydonlar va geologik va geofizik tadqiqotlar usullari bilan tekshirib chegaralangan
shuningdek, mahsuldorligi rayonning boshqa konlarida aniqlangan qidirilgan konlarning 
burg’ilab ochilmagan qatlamlardagi neft va gazning istiqbolli resurslari. Uyumning 
shakli, o’lchamlari va yotish sharoiti geologik va geofizik tadqiqotlar natijalariga ko’ra 
umumiy aniqlangan, qatlamlarning qalinligi va kollektorlik xossalari, neft yoki gazning 
tarkibi va xossalari qidirilgan konlarga o’xshashligi bo’yicha qabul qilinadi. Neft va 
gazning istiqbolli resurslari izlash va qidirish ishlarini rejalashtirish hamda zaxiralarni 
С1 vа С2 toifalarga ko’tarishda foydalaniladi. D2 toifa – sanoat ahamiyatidagi 
neftgazliligi isbotlanmagan yirik regional tuzilmalar chegarasida baholanadigan 
litologik-stratigrafik komplekslarning bashoratlangan neft va gaz resurslari. Bu 
komplekslarning neftgazlilik istiqbollari geologik, geofizik va geokimyoviy 
ma’lumotlari asosida bashoratlanadi. Bashoratlangan resurslarning miqdoriy baholash 
umumiy geologik tasavvurlar asosida taxminiy parametrlar bo’yicha va neft va gazning 
qidirilgan konlari mavjud ko’proq o’rganilgan regionlar bilan o’xshashligi bo’yicha 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 431.07 Kb.
1   2   3   4   5




Download 431.07 Kb.
Pdf ko'rish