www.scientificprogress.uz




Download 431.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana05.05.2023
Hajmi431.07 Kb.
#56697
1   2   3   4   5
Bog'liq
neft-va-gaz-zaxiralari-va-resurslarini-baholash
Tikuvchilik fanidan 150 talik test, mustaqil ish, Matematik mantiq va algoritmlar nazariyasi elementlari A Yunusov, 123 Mardiyev Muhammad , MARDIYEV MUHAMMAD, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’limi vazirligi, 4 variant, asosiylarga kvadrat tenglama, 9-chapter-3-1-var, Презентация1, Abduxalilova Ma\'mura, 5-LABARATORIYA ISHI, 4-6-5-LABARATORIYA ISHLARI, Tarmoq xavfsizligi
www.scientificprogress.uz
 
Page 327
Neft va gaz resurslari asoslanganlik darajasiga ko’ra istiqbolli – С3 toifa va 
bashoratlangan – D1 va D2 toifa turlarga ajratiladi. Neft, gaz, kondensat va ular 
tarkibidagi sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan komponentlar zaxiralari xalq xo’jaligi 
ahamiyatiga ko’ra alohida hisoblanadigan va qayd qilinadigan ikki guruhga bo’linadi: 
Balans - hozirgi kunda ishga tushirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan 
konlarning zaxiralari. Balansdan tashqari – ishga tushirish hozirgi kunda iqtisodiy 
jihatdan maqsadga muvofiq bo’lmagan yoki texnik va texnologik nuqtai nazardan 
imkoni bo’lmagan, lekin kelajakda balans zaxiralarga o’tkazilishi mumkin bo’lgan 
konlarning zaxiralaridir. Balans zaxiralar ichida olinadigan zaxiralar hisoblanadi. 
Olinadigan zaxiralar – zamonaviy texnik vositalar va qazib chiqarish texnologiyasidan 
xarajatlarning yo’l qo’yilgan darajasini hisobga olgan holda oqilona foydalanilganda va 
atrof muhit va yer osti muhofazasi talablariga rioya qilgan holda yer bag’ridan qazib 
chiqariladigan balans zaxiralarning bir qismidir. Qo’riqxonalar, suv havzalari, aholi 
punktlari, inshoatlar, qishloq xo’jaligi obyektlari, tarixiy va madaniy yodgorliklar 
chegarasida joylashgan neft va gaz konlarining zaxiralari obyektlarni ko’chirishga 
sarflanadigan xarajatlar yoki konlarni ishlatishning maxsus usullaridan foydalanishga 
sarflanadigan xarajatlarning texnik-iqtisodiy hisoblariga asoslanib balans yoki 
balansdan tashqari zaxiralarga kiritiladi. Zaxiralar qanchalik o’rganilganligiga qarab 
quyidagi toifalarga bo’linadi: A toifa – uyumning turi, shakli va o’lchamlarini, samarali 
neft va gazga to’yingan qalinligi, kollektorning turi, kollektorlik xossalarini o’zgarish 
xarakteri, mahsuldor qatamlarning neft va gazga to’yinganligi, neft, gaz va 
kondensatning tarkibi va xossalari hamda uyumni ishlatish sharoitlari bilan bog’liq 
bo’lgan asosiy xususiyatlarini (ishlash rejimi, quduqlarning mahsuldorligi, neft, gaz va 
kondensatning debiti, gidroo’tkazuvchanligi va boshqalar) to’liq aniqlashni 
taminlaydigan mukammal o’rganilgan uyumlarning (uni bir qismining) zaxiralari. А 
toifa zaxiralar neft yoki gaz konini taqdiqlangan ishlatish loyihasiga muvofiq 
burg’ilangan uyum (uning bir qismi) bo’yicha hisoblanadi. В toifa – neftgazliligi 
quduqlarda turli gipsometrik ko’rsatkichlarda neft yoki gazning sanoat ahamiyatidagi 
oqimlari olinishi asosida aniqlangan uyumlarning (uni bir qismining) zaxiralari. 
Uyumning turi, shakli va o’lchamlarini, samarali neft va gazga to’yingan qalinligi, 
kollektorning turi, kollektorlik xossalarini o’zgarish xarakteri, mahsuldor qatamlarning 
neft va gazga to’yinganligi, neft, gaz va kondensatning qatlamdagi va standart 
sharoitdagi tarkibi va xossalari va boshqa parametrlari hamda uyumni ishlatish 
sharoitlari bilan bog’liq bo’lgan asosiy xususiyatlari uyumni ishlatish loyihasini tuzish 
uchun yetarli darajada o’rganilgan. В toifa zaxiralar neft konini ishlatishning 
tasdiqlangan texnologik sxemasi yoki gaz konini ishlatishning tasdiqlangan sanoat-
sinov loyihasiga muvofiq burg’ilangan uyum (uning bir qismi) bo’yicha hisoblanadi. С1 
toifa – neftgazliligi quduqlarda turli gipsometrik ko’rsatkichlarda neft yoki gazning 
sanoat ahamiyatidagi oqimlari olinishi va sinalmagan quduqlarda geologik va geofizik 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 431.07 Kb.
1   2   3   4   5




Download 431.07 Kb.
Pdf ko'rish