www.scientificprogress.uz




Download 431.07 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana05.05.2023
Hajmi431.07 Kb.
#56697
1   2   3   4   5
Bog'liq
neft-va-gaz-zaxiralari-va-resurslarini-baholash
Tikuvchilik fanidan 150 talik test, mustaqil ish, Matematik mantiq va algoritmlar nazariyasi elementlari A Yunusov, 123 Mardiyev Muhammad , MARDIYEV MUHAMMAD, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’limi vazirligi, 4 variant, asosiylarga kvadrat tenglama, 9-chapter-3-1-var, Презентация1, Abduxalilova Ma\'mura, 5-LABARATORIYA ISHI, 4-6-5-LABARATORIYA ISHLARI, Tarmoq xavfsizligi
www.scientificprogress.uz
 
Page 326
geologik qidiruv ishlarining turli bosqichlarida haqiqiy ma’lumotlarning to’planishi 
bilan yoki ekspluatatsion burg’ilash va ishlatishning ma’lumotlarini hisobga olgan holda 
ahamiyatli darajada o’zgarishi mumkin. Tabiiyki, o’rganilganlik darajasi qancha yuqori 
bo’lsa, hisoblangan zaxiralar shuncha ishonchli bo’ladi. Agar izlash, qidirish va 
ishlatish jarayonida uyumlar bo’yicha olinadigan ma’lumotlarning hajmi va sifati 
uyumlarni o’rganishning aniq bosqichlari bilan bog’lansa, unda zaxiralarni toifalarga 
ajratishning mazmuni tushunarli bo’ladi. Aniqlangan uyumlar bilan bir qatorda 
neftgazli gorizontlar va qatlamlarda hamda izlash burg’ilash bilan o’rganilmagan 
litologik-stratigrafik komplekslarda mavjudligi geologik-geofizik tadqiqotlar va 
geologik tuzilishi haqidagi tasavvurlarga asosan taxmin qilingan UV to’plamlari 
bo’lishi mumkin. Bu aniqlangan konlardagi burg’ilab ochilmagan mahsuldor 
qatlamlarda yoki burg’ilashga tayyorlangan uyumlarda shuningdek yirik geotuzilmalar 
elementlari chegarasidagi neftgazliligi isbotlangan va taxmin qilingan litologik-
stratigrafik komplekslardagi taxmin qilingan uyumlardir. Yuqorida keltirilgan 
obyektlardagi standart sharoitlarga keltirilgan hisoblash sanasidagi neft va 
kondensatning og’irligi va gazning hajmi resusrlar deb yuritiladi. Baholangan resurslar 
zaxiralardan hamda bir-biridan nafaqat turli o’rganilganlik darajasi, balki turli 
asoslanganlik darajasi bilan ham farq qiladi. Konlarning zaxiralari va neft va gazning 
istiqbolli resurslari geologik qidiruv ishlari va konlarni ishlatish natijalari bo’yicha 
hisoblanadi. Konlarning zaxiralari va neft va gazning istiqbolli resurslari haqidagi 
ma’lumotlardan halq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlanish va joylashtirish sxemalarini 
ishlab chiqish, geologik qidiruv ishlarini rejalashtirishda foydalaniladi, konlar bo’yicha 
zaxiralar haqidagi ma’lumotlar esa qazib chiqarish tashkilotlarini, neft va gazni tashish 
va kompleks qayta ishlash korxonalarini loyihalashda foydalaniladi. Neft va gaz 
resurslarining mavjudligi umumiy geologik tuzilmalar, ilmiy izlanishlar, geologik, 
geofizik va geokimyoviy tadqiqotlar natijalari asosida yirik regionlar, neftgazli 
hududlar, viloyatlar, tumanlar, maydonlar chegarasida taxmin qilinadi. Konlarning 
zaxiralarini aniqlashda neft, gaz, kondensat va ularning tarkibidagi ajratib olish 
texnologik va texnik iqtisodiy hisoblashlar bilan asoslangan komponentlar (etan, 
propan, butan, oltingugurt, geley, metallar) alohida hisoblanadi va qayd etiladi. Neft, 
gaz, kondensat va ularning tarkibidagi sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan 
komponentlarning zaxiralarini hisoblash har bir uyum bo’yicha alohida va butun kon 
bo’yicha amalga oshiriladi. Istiqbolli resurslar hisoblanadi va qayd qilinadi, 
bashoratlangan resurslar esa neft, gaz va kondensat bo’yicha alohida baholanadi. Neft, 
gaz va kondensat sifati ulardan kompleks foydalanishni ta’minlovchi davlat talablari
tarmoq standartlari va qazib chiqarish hamda qayta ishlash texnologiyasini hisobga 
olgan texnik sharoitlarga muvofiq baholanadi. Neft, gaz, kondensat va ular tarkibidagi 
sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan komponentlar zaxiralari o’rganilganlik darajasiga ko’ra 
qidirilgan – A, В, С1 toifalar va birlamchi baholangan – С2 toifa turlarga bo’linadi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 431.07 Kb.
1   2   3   4   5




Download 431.07 Kb.
Pdf ko'rish