|
Neft va gaz1
|
bet | 39/55 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #99030 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatishNasadkali absorberlar. Òurli shaklli
qattiq nasadkalar bilan to‘ldirilgan
vertikal silindrsimon kolonnalarning tuzilishi sodda, ixcham va yuqori samarador bo‘lgani uchun sanoatda ko‘p ishlatiladi. Odatda, nasadkalar qatlami
rasm. Yupqa qatlamli absorber:
1 – quvur; 2 – taqsimlash moslamasi; 3 – tekis parallel nasadka.
rasm. Nasadkali absorber.
1 – taqsimlagich;
2 – nasadka;
3 – suyuqlikni qayta taqsimlash moslamasi; 4 – teshikli panjara.
teshikli panjaralarga joylashtiriladi. Gaz faza teshikli panjara ostiga yuboriladi va undan o‘tib, qatlam orqali yuqoriga qarab harakatlanadi (19- rasm).
Suyuq faza absorberning yuqori qismidan taqsimlash moslamasi (1) yordamida purkaladi va nasadka qatlamida gaz fazasi bilan o‘zaro ta’sir etadi. Quril- ma samarali ishlashi uchun suyuq faza bir tekisda purkalishi va taqsimlanishi zarur. Bu turdagi absorberlarda nasadka- lar ham suyuqlikni bir me’yorda taqsim- lashga salmoqli hissa qo‘shadi. Nasadkalar quyidagi talablarga javob berishi kerak: katta solishtirma yuzaga ega bo‘lishi; gaz oqimiga ko‘rsatadigan gidravlik qarshiligi kichik bo‘lishi; ishchi suyuqlik bilan yaxshi ho‘llanilishi; absorber ko‘ndalang kesim yuzasi bo‘ylab suyuqlikni bir tekisda taqsimlashi; ikkala faza ta’siri ostida
yemirilmaydigan; yengil va arzon bo‘lishi kerak.
rasmda sanoatda ishlatiladigan nasadkalarning ba’zi bir turlari va ularni qurilmada joylash usullari keltirilgan. Bu nasadkalarning ichida eng keng tarqalgan nasadka – Rashig halqalaridir. Undan tashqari, keramik jism, koks, maydalangan kvars, polimer halqa, metall to‘r va panjara, shar, propeller va parrak, egarsimon element va boshqa jismlar ishlatiladi.
Rashig halqalari 15½15½2,5; 25½25½3; 50½50½5 mm o‘lchamli qilib yasaladi. Nasadkalarning geometrik xarakteristikasi bo‘lib, ekvivalent diametr hisoblanadi:
d 4vbx .
e a
Bunda: vbx
– bo‘sh hajm, m3/m3; a – solishtirma yuza, m2/m3.
Rashig halqalarining o‘lchamlari kattalashishi bilan solishtirma
yuzasi 300; 204; 87,5 m 2/m 3 va bo‘sh hajmi 0,7; 0,74; 0,785; m 3/m 3 miqdorlarga teng bo‘ladi.
Nasadkali absorberlarda taqsimlovchi moslama orqali purkalayotgan suyuqlik gazning kichik tezliklarida, nasadka ustida
20- rasm. Nasadka turlari:
a – yassi parallel; b – keramik fasonli va ularni joylanish usullari;
d – betartib; e – tartibli.
yupqa qatlam ko‘rinishida oqadi. Nasadkaning ho‘llangan yuzasi fazalarda to‘qnashish yuza vazifasini bajaradi. Shuning uchun nasadkali absorberlarni yupqa qatlamli qurilmalar deb qarash mumkin. Suyuq faza qurilmalar devori atrofida yiqilib qolmasligi uchun nasadka bir necha seksiyaga yuklanadi. Suyuqlikni bir tekisda taqsimlash uchun seksiyalar orasida qayta taqsimlash moslamalari o‘rnatiladi. Nasadkali kolonnalarda gaz va suyuqlik qarama-qarshi harakat qiladi.
Nasadkalarni tanlashda ularning o‘lchamlariga katta ahamiyat berish kerak. Agar nasadka elementlari qanchalik kichik bo‘lsa, gidravlik qarshilik shunchalik kam va gazning tezligi yuqori bo‘ladi. Bunday nasadkali absorberlar narxi nisbatan arzon bo‘ladi.
Agar absorber yuqori bosim ostida ishlaydigan bo‘lsa, kichik o‘lchamli nasadkalar ishlatiladi. Chunki bu turdagi qurilmalarda gidravlik qarshilikning ahamiyati yo‘q. Undan tashqari nasadkalarning o‘lchami kichik bo‘lganda, uning solishtirma yuzasi nisbatan katta bo‘ladi va absorbsiya jarayonida bir fazadan ikkinchisiga o‘tganda massa miqdori ko‘p bo‘ladi.
Absorberlarda gazlar yutilishi paytida ajralib chiqadigan issiqlikni neytrallash qiyin. Bunday qurilmalardagi issiqlikni
kamaytirish va nasadkalar ho‘llanishini oshirish maqsadida suyuqlikni nasos yordamida resirkulyatsiya qilish zarur. Bu usulda ishlaydigan absorberlar tuzilishi murakkablashadi va narxi ortadi. Undan tashqari, ifloslangan suyuqliklarni ajratish uchun qaynovchi absorberlarda plastmassadan yasalgan sharlar ishlatilib, gaz tezligi ortishi bilan mavhum qaynay boshlaydi. Odatda, qaynovchi absorberlarda gazning tezligi juda katta bo‘ladi, ammo qatlamning gidravlik qarshiligi juda oz miqdorga ortadi.
Òarelkali absorberlar samarali va eng keng tarqalgan qurilmalardan bo‘lib, uning ichida butun balandligi bo‘yicha bir xil masofada bir nechta tarelkalar o‘rnatilgan. Òeshikli tarelkalar orqali ham gaz, ham suyuqlik harakatlanadi va undan o‘tish paytida bir fazadan ikkinchisiga massa o‘tadi. Gaz fazaning suyuqlik qatlamidan o‘tishi davrida pufakcha va ko‘ðiklarning hosil bo‘lish jarayoni barbotaj deb nomlanadi. Suyuqlik va gaz (yoki bug‘) ni bir-biri bilan to‘qnashishi zarur bo‘lgan hollarda barbotaj qo‘llaniladi. 21- rasmda qalpoqchali nasadkadan gaz yoki bug‘ning o‘tishi tasvirlangan.
Barbotaj asosan ikki rejimda kechishi mumkin: pufakchali va oqimchali. Gaz yoki bug‘ning sarfi kichik bo‘lsa, pufakchali rejimni kuzatish mumkin. Bunda gaz pufakchalari suyuqlik qatlamini bitta- bitta bo‘lib yorib chiqadi. Pufakchalar o‘lchami barbotyor tuzilishiga, suyuqlik va gaz xossalariga bog‘liq.
Agar gaz tezligi ortib borsa, oqimchali rejim paydo bo‘ladi. Barbotyordan chiqayotgan gaz oqimi shakli va o‘lchami o‘zgarmaydigan «mash’ala» hosil bo‘ladi. Odatda, mash’ala balandligi 30 – 40 mm dan ortmaydi.
rasm. Barbotaj jarayoni chizmalari:
a – kichik tezlikda qalpoqchali nasadkadan gazning chiqishi;
b – katta tezlikda qalpoqchali nasadkadan gazning chiqishi.
Òarelkali kolonnalar qalpoqchali, klapanli, plastinali va elaksimon tarelkali bo‘ladi. Fazalarning bir tarelkadan ikkinchisiga o‘tishiga qarab quyilish moslamali va quyilish moslamasiz absorberlarga bo‘linadi.
rasmda quyilish moslamali, tarelkali absorber konstruksiyasi tasvir- langan.
Ko‘rinib turibdiki, quyilish quvu- rining pastki qismi quyida joylashgan tarelka ustidagi ostonaga tushib turadi va gidravlik tamba vazifasini bajaradi. Odatda, suyuq faza qurilmaning tepa qismidan tarelkaga uzatiladi va uning pastki qismidan chiqariladi. Gaz faza esa qurilmaning pastidan uzatilib, tarelkalar
orqali pufakchalar ko‘rinishida chiqib ketadi. Òarelkada hosil bo‘ladigan gaz – suyuqlik ko‘ðik qatlamida asosiy issiqlik va massa berish jarayonlari yuz beradi. Absorbsiya jarayonida tozalangan gaz
rasm. Quyilish moslamali, tarelkali absorber.
1– g‘alvirsimon tarelka;
2– quyilish quviri.
qurilmaning tepa qismidan chiqib ketadi. Òarelka, quyilish quvuri va ostona shunday joylashtiriladiki, suyuq faza, albatta, qarama- qarshi yo‘nalishda harakat qiladi.
|
| |