|
Neft va gaz1
|
bet | 47/55 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #99030 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish
Ma’lumki, adsorbsiya jarayoni aralashmalarni ajratish uchun qo‘llaniladi va har doim desorbsiya jarayoni bilan ketma-ket o‘tkaziladi.
Odatda, adsorbentni qayta ishlatish maqsadida unga yutilgan modda desorbsiya qilib ajratib olinadi. Buning uchun ko‘ðincha suv bug‘i ishlatiladi. Desorbsiya natijasida olingan adsorbtiv va suv bug‘i aralashmasi kondensatorga yo‘llaniladi. Unda mahsulot suvdan cho‘ktirish usulida ajratib olinadi.
Sanoatda desorbsiyaning bir necha usuli qo‘llaniladi.
adsorbentga yutilgan komponentlar yutiluvchi moddalarga nisbatan yuqori adsorbsion qobiliyatga ega bo‘lgan eltkichlar yordamida siqib chiqariladi;
adsorbent qatlamini qizdirish yo‘li bilan nisbatan yuqori uchuvchanlikka ega yutilgan komponentlarni bug‘latish bilan siqib chiqariladi.
Ayrim hollarda adsorbsiya jarayonida hosil bo‘lgan smola va boshqa mahsulotlarni tozalash uchun ushbu komponentlar kuydiriladi.
Desorbsiyaning u yoki bu usulini qo‘llash texnik-iqtisodiy maqsaddan kelib chiqqan holda tanlanadi. Ikkala usul ham amaliyotda keng va ko‘ðincha birgalikda qo‘llaniladi.
Adsorbsiya jarayoni tugagandan so‘ng adsorbent qatlamidan toza bug‘ yoki gaz o‘tkaziladi va yutilgan modda ajratib olinadi. Desorbsiya jarayonini jadallashtirish uchun yuqori haroratdagi desorblovchi eltkich adsorbent qatlamidan o‘tkaziladi.
Desorblovchi eltkich sifatida suv va organik moddalar bug‘lari hamda inert gazlarni qo‘llash mumkin. Desorbsiya jarayoni tugagandan so‘ng adsorbent qatlami, odatda, quritiladi va sovitiladi. Qayta tiklash jarayonida faollangan ko‘mirga yutilgan uchuvchan erituvchilar to‘yingan suv bug‘i yordamida desorbsiya qilinadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, yutilgan moddaning asosiy qismi desorbsiya jarayonining boshida ajratib olinadi. Jarayon oxiriga borib uning tezligi pasayadi, ammo yutilgan komponent birligiga suv bug‘ining sarfi juda ko‘payib ketadi. Shuning uchun suv yoki boshqa organik modda bug‘larini tejash maqsadida desorbsiya jarayoni oxirigacha olib borilmaydi. Shu sababli yutilgan komponentning bir qismi adsorbentda qolib ketadi.
Desorbsiya jarayoni davomida isituvchi bug‘ning bir qismi
butun sistemani isitishga, adsorbentda yutilgan moddani desorbsiyalash va atrof-muhitga yo‘qotilgan issiqlikni kom- pensatsiya qilishga sarflanadi. Lekin shuni nazarda tutish kerakki, isituvchi bug‘ning hammasi adsorbentda butunlay konden- satsiyalanadi.
Adsorbent qatlamidagi desorbsiyalangan moddalar dinamik bug‘ yordamida puflab chiqariladi. Dinamik bug‘ adsorbentda kondensatsiyalanmaydi va qurilmadan desorbsiyalangan moddalar bilan birga uchib chiqadi.
Òaxminiy hisoblarga ko‘ra, 1 kg moddani desorbsiyalash uchun 3¼4 kg dinamik bug‘ sarflanadi. Seolitlarni qayta tiklash uchun ko‘ðincha qizdirilgan quruq gaz ishlatiladi. Desorbsiya jarayoni adsorbsiya kabi qo‘zg‘almas, harakatchan va mavhum qaynash qatlamlarida olib boriladi.
82
Sinov savollari
Sanoatda absorbsiya jarayoni nimaga kerak?
Absorbsiyaning turlarini aytib bering.
Absorbsiyaning miqdorini hisoblang.
Absorberning turlari va ularning ishlash prinsiðini tushuntirib bering.
Yupqa qatlamli absorberlarning konstruksiyasi qanday?
Nasadkali absorber qayerda ishlatiladi?
Nasadkaning turlarini tushuntirib bering.
Òarelka absorberining tuzilishi va ishlatilishi.
Elaksimon absorberlarning tuzilishni aytib bering.
Qalpoqcha tarelkali absorberning tuzilishini aytib bering.
Kapsula va klapanli absorberlar tuzilishini aytib bering.
Oqimli absorberlarning tuzilishini aytib bering.
Adsorbsiya nima, uning absorberdan farqi qanday?
Adsorbentlarning turlari va xususiyatlari haqida aytib bering.
Adsorbsiyani sanoatda qo‘llash usullarini aytib bering.
Desorbsiya haqida ma’lumot bering.
Desorbsiyani borish sharoitlarini tushuntirib bering.
|
| |