• Adsorbsiya jarayonini tashkil etish usullari
  • Adsorbsiya jarayonining prinsipial chizmalari
  • Neft va gaz1




    Download 1,33 Mb.
    bet46/55
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,33 Mb.
    #99030
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish

    Òuproqlar va tabiiy tuproqsimon adsorbentlar qatoriga bentonit, diatomit, gumbrin, kaolin, askanit, murakkab kimyo-
    viy tarkibli yuqori dispersistemalar SiO2, Al2O3, CaO, Fe2O3, MgO va boshqa metall oksidlari kiradi. Òabiiy tuproqlar faolligini
    oshirish uchun ular sulfat va xlorid kislotalar bilan qayta ishlanadi. Natijada kalsiy, magniy, temir, alyuminiy va boshqa metall oksidlari chiqarib yuborilishi tufayli qo‘shimcha g‘ovaklar hosil bo‘ladi.
    Bu tuproqlar solishtirma yuzasi 20¼100 m2/g, g‘ovaklar o‘rtacha radiusi 3¼10 mkm bo‘ladi.
    Kation almashinish sig‘imi ortishi bilan tuproqlarning tozalash qobiliyati ko‘payadi. Odatda tuproqlar suyuqlik muhitlarni tozalash uchun ishlatiladi, masalan, rangli moddalarni qayta ishlash natijasida mahsulot oqaradi. Shuning uchun ayrim hollarda tuproqli adsorbentlar oqartiruvchi tuproq deb ham ataladi.



        1. Adsorbsiya jarayonini tashkil etish usullari

    Adsorbsiya jarayonini tashkil etish chizmalari 28- rasmda keltirilgan. Donador adsorbentlar uchun qo‘zg‘almas (a) va harakatchan (b, d) qatlamli chizmalar ishlatiladi.


    Birinchi holatda jarayon davriy bo‘ladi. Dastavval adsorbent qatlami L orqali bug‘-gaz aralashmasi G o‘tkaziladi va u yutilayotgan modda bilan to‘yintiriladi; undan so‘ng siqib chiqaruvchi modda B yuboriladi yoki adsorbent qizdiriladi. Ana shunday yo‘l bilan adsorbent qayta tiklanadi, ya’ni desorbsiya jarayoni sodir bo‘ladi.
    Ikkinchi holatda adsorbent L yoðiq sistemada sirkulyatsiya qiladi (28- b rasm); adsorbentning to‘yinishi qurilmaning yuqori – adsorbsion zonasida, qayta tiklanish esa pastki desorbsion zonasida yuz beradi.




        1. rasm. Adsorbsiya jarayonining prinsipial chizmalari:

    a – qo‘zg‘almas donador adsorbentli; b – harakatchan donador adsorbentli; d – sirkulyatsiyali, mavhum qaynash qatlami.

    Agar adsorbent kukun changsimon ko‘rinishda bo‘lsa, sirku- lyatsiyali, mavhum qaynash qatlamli chizma qo‘llaniladi (28- d rasm).





      1. Download 1,33 Mb.
    1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   55




    Download 1,33 Mb.