O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
13-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.11.2022
331
SOPOL MATERIALLAR TURLARI VA XUSUSIYATLARI TYPES AND
CHARACTERISTICS OF CERAMIC MATERIALS
Ochilova Nurzoda Tursunovna
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Ochilova Nurzoda Tursunovna
Bukhara engineering and technology institute
Аnnotasiya: Ushbu maqolada qurilish sanoatida ishlatiladigan sopol materiallar
turlari va ularning xususiyatlari bayon etilgan.
Kalit so’zlar: sopol, tuproq, kaolinit, kvarts, bentonit turpog’i, o’tga chidamli loy,
chinni va fayans, gil, qo’shilmalar.
Annotation: this article describes the types of ceramic materials used in the
construction industry and their characteristics.
Keywords: ceramic, Earth, kaolinite, Quartz, bentonite soil, refractory clay,
porcelain and faience, clay, inclusions.
Qurilishda ishlatiladigan sopol ashyolarni tayyorlash uchun asosan xom ashyo
sifatida eng ko’p tarkalgan tuproqlar qo’llaniladi.
Sopolbop (kulolchilik) tuproq tarkibida kaolinit, gidroslyuda va ozgina kvarts,
dala shpati, temir oksidi, karbonatlar bo’lgan mayda zarrachali cho’kindi tog’ jinsidir.
Tuproq zarrachalarining diametri 0,005 mm dan kam bo’lganda loy plastik (mayin)
bo’ladi. Undan tayyorlangan buyum quriganda o’z shaklini o’zgartirmaydi,
pishirgandan keyin mustahkam va chidamli bo’ladi. Shuningdek, tuproqda 0,005-0,16
mm li chang zarrachalari va 0,16-2 mm li qum donalari ham aralashgan bo’ladi. Loy
tarkibi va undagi zarrachalar mayda-yirikligiga qarab yuqori plastik, qoniqarli
|