- gil; 2 - ekskovator; 3 - gil zaxirasi; 4 - va-goncha; 5 - yashikli uzatgich; 6 -




Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana17.12.2023
Hajmi1,21 Mb.
#121823
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ochilova Nurzoda Tursunovna

1 - gil; 2 - ekskovator; 3 - gil zaxirasi; 4 - va-goncha; 5 - yashikli uzatgich; 6 - 


O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
13-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.11.2022
335 
qo’shilmalar; 7 - begunlar; 8 - may-dalagichlar; 9 - tasmali press; 10 - keskich; 11 - 
taxlovchi mos-lama; 12 - telejka; 13 - kuritish kamerasi; 14 - tunnelsimon xumdon; 
15 - uziyurar telejka; 16 - ombor. 
Plastik usulda qoliplash, ya’ni, buyumlarni plastik gil massalardan presslarda 
tayyorlash qurilishbop sopol buyumlar ishlab chiqarishda eng samarali usuldir. 
Namligi 18-23% qilib tayyorlangan gil massasi tasmali pressning qabul qilish 
bunkeriga yo’naltiriladi. Massa shnek yordamida qo’shimcha aralashtiriladi, zichlanadi 
va almashinuvchi mushtuk bilan jihozlangan pressning chikish teshigi orqali brus 
kurinishida sikib chiqariladi. Mushtukni almashtirib, shakli va o’lchamlari turlicha 
bo’lgan brus olish mumkin. Pressdan to’xtovsiz chiqayotgan brusni tayyorlanayotgan 
buyumlarning o’lchamiga muvofiq avtomatik kesish qurilmasi alohida qismlarga 
qirqib ajratadi [5]. 
Zamonaviy tasmali presslar vakuum kamera bilan jihozlangan bo’lib, ularda gil 
massasidan qisman havo chiqarib yuboriladi. Massa vakuumlanganda uning plastikligi 
ortadi va qoliplanish namligi kamayadi, xom ashyoni quritish vaqti qiskaradi va bir 
yo’la mustahkam bo’ladi.
Bikr usulda qoliplash plastik usulning takomillashgan zamonaviy usuli bo’lib, xom 
ashyo (gil) namligi 13–18% atrofida bo’ladi. Buyum vakuum yoki gidravlik press 
yordamida 10–20 MPa bosim ostida qoliplanadi. Bu usulda buyumni quritishga 
energiya sarfi kamayadi, yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan xom qoliplangan buyum 
olinadi. 
Yarim quruq usulda xom ashyo materiallar quritiladi, bo’laklanadi, maydalanadi 
va sinchiklab aralashtiriladi. Gil odatda, quritish barabanlarida quritiladi, quruqlayin 
tuyish mashinasida, dezintegratorlar yoki sharli tegirmonlarda maydalanadi, kurakli 
aralashtirgichlarda aralashtiriladi. Gil kukunning namligi 9–11% ga teng bo’lib, u to 
kerakli namlikka ega bo’lmaguncha suv yoki bug’ bilan namlanadi [6]. 
Bunday usulda har bir buyum alohida yuqori unumli maxsus presslarda 
qoliplanadi. Bunda gilli aralashmalar qoliplarda 15 MPa gacha bosim ostida ikki 
tomonlama presslanadi. Ushbu usulda plastikligi past, kam gilli xom ashyolardan g’isht 
va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Yarim quruq usulda qoliplashning plastik usulda 
qoliplashga nisbatan muhim afzalligi namligi kam (8–12%) gil massasi ishlatiladi, bu 
esa xom ashyoning qurish vaqtini ancha kiskartiradi. Bu usulda qoplama plitkalar, pol 
plitkalari va boshqa yupqa, sirti tekis sopol buyumlar ishlab chiqariladi. 
Quruq usul yarim quruq usulning takomillashgan usuli bo’lib, presslangan gil 2–
6% namlikka ega bo’ladi. Bunda gil massasidan tayyorlangan buyumni quritishga 
zarurat bulmaydi. Bu usulda zich sopol plitkalar, yo’lak g’ishtlari va sh. k. tayyorlanadi.
Shliker (quyma) usulda gil oldindan maydalab kukun qilinadi, so’ngra esa suv 
quyib yaxshilab aralashtiriladi, bunda bir jinsli eritma (shliker) hosil bo’lishi kerak. 
Quyish usuli sanitariya-texnika fayans buyumlari (quvurlar, vannalar, issiqlik 
radiatorlari, alohida biriktirish detallari va x.k.) va kattaroq o’lchamli qoplama 
buyumlar (cherepitsa, plita va sh. k.) tayyorlash uchun qo’llaniladi. Bu usulda namligi 



Download 1,21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- gil; 2 - ekskovator; 3 - gil zaxirasi; 4 - va-goncha; 5 - yashikli uzatgich; 6 -

Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish