|
O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 13- son ilmiy tadqiqotlar jurnaliBog'liq Ochilova Nurzoda TursunovnaO‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
13-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.11.2022
337
xarakatlanadi. Bunday xumdonda xalqasimon xumdondagi kabi alohida bo’lmalar
bo’lib, ularda yuklash, qizdirish, pishirish, sovitish va o’chokdan chiqarib olish
jarayonlari bajariladi [4,6].
Tunnelsimon xumdonlar gaz yoki ko’mir bilan isitiladi. Bunday xumdonlarda
mahsulotni yuklash va tushirish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, shuningdek,
pishirish jarayonini avtomatlashtirish oson bo’ladi. Pishirish jarayoni 18–38 soat
davom etadi. Tunnelsimon xumdonlar xalqasimon xumdonlarga nisbatan ancha
unumli va tejamli hisoblanadi.
Sopol materiallar, jumladan sirlangan qoplama fayans plitkalar ikki marotaba
pishiriladi. Birinchi bosqichda pishirishda maxsus qolipga joylashtirilgan plitkalar
tunnel o’choqlarda 1240–1250
0
C haroratda pishiriladi. So’ngra sovutilganidan keyin
navlarga ajratiladi, sirlanadi, qolipga joylashtiriladi va ikkinchi marta xumdonda
1140
0
C haroratda pishiriladi.
Sopol buyumlarni navlash va saqlash. Sopol buyumlar xumdondan chiqarib
olingach (pishirib bulingach) navlarga ajratiladi. Buyumlar sifati pishirilish darajasi,
tashqi ko’rinishi, shakli va o’lchamlari, shuningdek, turli xil nuqsonlari bor-yo’qligiga
qarab aniqlanadi. Buyumlarning navi tashqi ko’rinishi, shakli va o’lchamlarining davlat
standarti talablariga mos kelishi bo’yicha belgilanadi.
Buyumlar navlarga ajratilganidan keyin omborga yuboriladi va omborda
iste’molchiga junatilgunga qadar saqlanadi. G’isht va sopol toshlar archa shaklida yoki
maxsus tagliklarga terib qo’yiladi va yarim ochiq yoki ochiq omborlarda saqlanadi.
Sanitariya-texnika buyumlari maxsus yashiklarga joylanib, berk omborlarda saqlanadi.
|
| |