|
O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 13- son ilmiy tadqiqotlar jurnaliBog'liq Ochilova Nurzoda TursunovnaO‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
13-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.11.2022
336
40% gacha bo’lgan, oldindan maydalangan gil massasi (shliker) maxsus qoliplarga
quyiladi [1,7].
Qoliplangan buyumlarning namligini kamaytirish uchun ularni kuritish zarur,
masalan xom g’isht 8–10% namlikkacha quritiladi. Qurishi hisobiga xom ashyoning
mustahkamligi oshadi, pishirish jarayonida darzlar hosil bo’lishi va shakli
o’zgarishining oldi olinadi. Sopol buyumlar tabiiy va sun’iy usullarda quritiladi.
Tabiiy usulda quritish ayvonlarda amalga oshirilganda yokilgi sarflash talab
qilinmaydi, ammo uzoq vaqt (10–15 kun) davom etadi va havoning harorati hamda
namligiga bog’liq bo’ladi. Bundan tashqari, tabiiy usulda quritish uchun keng xonalar
talab qilinadi.
Hozirgi vaqtda yirik korxonalarda, odatda, buyumlar vaqti-vaqti bilan ishlaydigan
kamerali quritgichlarda va uzluksiz ishlaydigan tunnelli quritgichlarda sun’iy usulda
quritiladi. Quritish tartibi buyum turiga qarab tanlanadi. Bunda pishirish
xumdonlarining tutun gazlari va maxsus utxonalarda hosil bo’ladigan gazlardan
foydalaniladi. Buyumni quritish muddati 1 kundan 3 kungacha davom etadi. Yupqa
buyumlar esa bir necha soatda quritilishi mumkin.
Sopol buyumlar ishlab chiqarish texnologik jarayonining hal qiluvchi bosqichi bu
buyumlarni pishirishdir. Pishirish jarayonini shartli ravishda uch bosqichga bo’lish
mumkin: buyumni qizdirish, pishirish va sovitish. Buyumni qizdirishda harorat asta-
sekin 100–120
0
C gacha ko’tariladi, bunda undan erkin suv chiqarib yuboriladi.
Shundan keyin harorat 500–750
0
C gacha ko’tariladi, gilli mineraldagi va xom ashyo
aralashmasining boshqa birikmalaridagi organik aralashmalar yonib bitadi va
kimyoviy bog’langan suv chiqib ketadi.
Harorat ko’tarilgan sari giltuproq minerallari parchalanib, kristalli tuzilishi
o’zgaradi va amorf shaklidagi A1
2
O
3
va SiO
2
hosil bo’ladi. Harorat 900–1000
0
C ga
etganda oson eriydigan birikmalar eriydi va erimagan zarrachalarni o’rab oladi, bunda
buyumning chiziqli o’lchamlari kichrayadi va zichlanadi. Yangi kristall moddalar,
masalan silimanit (A1
2
O
3
SiO
2
) hosil bo’ladi. Keyinchalik harorat 1200–1300
0
C ga
etganda gil massasi qovushadi, ya’ni u “mullet”ga (3A1
2
O
3
2SiO
2
) aylanadi. Shu bilan
bir qatorda sopol massa tarkibidagi tez eriydigan birikma va qo’shilmalar ham erib,
ma’lum miqdorda suyuq faza hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan eritma sopol massa zarralarini
biriktirib, ular orasidagi g’ovaklarni to’ldiradi, zarralar bir biriga jipslashib zichligi
ortadi. Bu jarayon pishirish deyiladi.
Sopol buyumlar xalqasimon, tunnelsimon, tirqishli, rolikli va boshqa
xumdonlarda pishiriladi. Halkasimon xumdonlarda asosan g’isht va cherepitsa
pishiriladi. Pishirish harorati 900–1100
0
C ga teng. Xumdonda to’liq pishirish jarayoni
3–4 kun davom etadi. Bunday xumdonlarda buyumlarni pishirishda harorat kanal
kesimi bo’ylab bir tekis taqsimlanmaydi, natijada buyumlarning qandaydir miqdori
o’ta pishib ketadi (ayniqsa g’ishtlarda).
Tunnelsimon xumdon uzunligi 100 m gacha bo’lgan, boshi va oxiri ochiq kanaldan
iborat bo’lib, unda pishiriladigan buyumlar joylangan vagonchalar temir izlarda
|
| |