O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 13- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana17.12.2023
Hajmi1,21 Mb.
#121823
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ochilova Nurzoda Tursunovna

Bentonit turpog’i montmorillonit guruhiga kiruvchi (kvarts, gips, biotit, 
gidroslyuda va temir oksidi aralashmalari) tuproq minerallaridan tashkil topgan 
vulqon kuli, tuf va lavalarning kimyoviy buzilishi jarayonida hosil bo’lgan cho’kindi 
tog’ jinsidir. Bentonit turpog’i qurilishda suv ta’sirilan saqlovchi sifatida buyumlar 
choklarini to’lg’izishda, er osti inshootlari, aerodrom va zovur chekkalarini 
mahkamlashda, keramzit va agloporit olishda, chinni, fayans sopol qorishmalarning 
plastikligini yaxshilashda ishlatiladi [2]. 
O’tga chidamli loy asosan kaolindan, ozgina kvarts, dala shpati, gidroslyuda, 
karbonat va boshqa aralashmalardan tashkil topgan mayda zarrachali, sochiluvchan 
cho’kindi tog’ jinsidir. Asosan konstruktsiey (shamotli) va termoizolyatsiya (yengil) 
ashyolari, shuningdek, yuqori harorat ta’sirida bo’ladigan devorbop g’ishtlarni 
terishda, suvok, qorishmalari sifatida hamda chinni, fayans, sopol va boshqa olovga 
chidamli o’choqlar ko’rishda keng ishlatiladi. Umuman, sopol buyumlar sifatini 
yaxshilash maqsadida xom ashyo qorishmasiga kvarts qumi, shamot, toshqol, 
kuydirganda yonib ketadigan organik qo’shilmalar (qirindi, ko’mir changi va h.q) 
qo’shiladi. Shamot g’isht - bu olovga chidamli va kiyin eruvchan alyumosilikatli 
tuproqni pishirib olingan devorbop ashyo. 
Chinni va fayans (xom ashyo-chang aralashgan tuproq) qorishmasini 
tayyorlashda tarkibida asosan kaolinit minerali bo’lgan tog’ jinsi – kaolin ishlatiladi. 
Barcha nozik sopol ashyolari tarkibini asosan dala shpati (mikrolin va boshqalar) bilan 
kvarts tashkil etadi. Qo’shimcha xom ashyolardan kvarts qumi, shamot, toshqol kabilar 
loyning plastikligini pasaytiradi. Kirishishini pasaytirish va qoliplashga qulay loy olish 
uchun yuqori plastik tuproq qo’shiladi. Sopol buyumlardan har xil qoplama taxtachalar 
va kislotaga chidamli ashyolar olish uchun suyuq shisha yoki ishqor qumga 
qog’ishtirilib asosiy qorishmaga qo’shiladi. 
Tabiatda juda ko’p tarqalgan soz tuproq (gil) sopol materiallari va buyumlar 
ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Gil suv bilan aralashtirilganda u oson 
qoliplanuvchan plastik loyga aylanadi. Keyin uni qoliplab yuqori haroratda kuydiriladi 
(pishiriladi) va turli qurilish buyumlari hamda me’morchilik qismlari tayyorlanadi. 
Gilning texnologik xossalarini yaxshilash, shuningdek, tayyorlangan buyumlar 
ma’lum fizik-mexanik xossalarga ega bo’lishini ta’minlashi uchun tarkibiga kuyib 
ketadigan va plastiklovchi qo’shilmalar qo’shiladi. 



Download 1,21 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 13- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

Download 1,21 Mb.
Pdf ko'rish