• Annotatsiya
  • Annotation
  • Yigirish mashinasida chо‘zish texnologiyalari va konstruktiv elementlarini takomillashtirish Abdusaidov Axatjon Abdug’ani o’g’li




    Download 2,74 Mb.
    bet1/2
    Sana15.01.2024
    Hajmi2,74 Mb.
    #138222
      1   2
    Bog'liq
    maqola 2023


    Yigirish mashinasida chо‘zish texnologiyalari va konstruktiv elementlarini takomillashtirish
    Abdusaidov Axatjon Abdug’ani o’g’li
    Namangan To’qimachilik sanoati instituti assistenti axatjonabdusaidov1995@gmail.com
    Adashboyev Davron Abdumajit o`g`li
    Namangan To’qimachilik sanoati instituti assistenti
    Izlanuvchi: Dadamirzayev Doniyorbek Baxtiyor o`g`li
    Namangan muhandislik texnologiya instituti
    doniyorbek.media.uz@gmail.com
    Annotatsiya: Ushbu maqola yigiruv mashinasida cho`zish texnologiyalari va konstruktiv elementlarini takomillashtrish va takomillashtirilgan chо‘zish asboblarini yuklovchi valiklarni qо‘llab olinayotgan ip sifat kо‘rsatkichlarga ta’sirini о‘rganilgan.
    Kalit so’zlar: rezinali ftulka,ip o’tkazgich,silindrik prjinalar, yuk valiklar,
    tashqi halqalar, ipni cho’zish valiklari, mashina korpusi,valikli rezina.
    Annotation: This article examines the effect of the improvement of the stretching technologies and structural elements on the spinning machine, and the effect of the improved stretching devices on the yarn quality indicators.
    Key words: rubber bushing, thread guide, cylindrical pins, load rollers,
    outer rings, thread stretching rollers, machine body, roller rubber.
    Yigiruv mashinalarida ip о‘tkazgichda, yо‘naltirishda texnologik talab ipni bir miyorda, tekis о‘zatishni hamda tarangliklari о‘zarishini kengaytirishni ta’qozo etadi. Lekin mavzuda ip о‘tkazish, uzatish texnologiyasi va konstruktiv elementlar ushbu talablarga javob bermaydi. Ba’zi ip о‘tkazish jarayonlari va konstruksiyalarini tadqiqini kо‘rib chiqaylik. Ma’lum bо‘lgan ip о‘tkazish, yо‘naltirish texnologiyasi mavjud konstruksiyada tarkibli rolik bо‘lib, rolik о‘qiga rezinali vtulka kiyg‘azilgan, mos ravishda rezina vtulka ustiga pо‘latdan yasalgan vtulka kiyg‘azilgan. Ip yо‘naltirgich (о‘tkazgichda) ip tashqi pо‘lat vtulkaga tegib, tarangligi hisobiga ma’lum kuch bilan ta’sir qiladi. Bunda ichki rezinali vtulka deformatsiyalanib amortizatsiya rolini о‘ynaydi. Ip tarangligi о‘zgarishi bilan rezinali vtulka chiziqli bog‘lanishda deformatsiyalanadi va bu bilan rolik tashqi vtulkani tebranish amplitudasini ortishiga olib keladi. Bunda ip ham shunday tebranib uni uzatishni notekisligiga olib keladi.
    Boshqa ma’lum konstruksiyadagi “ ip yigirish mashinasining ip о‘tkazgichi” tarkibida ikki yoki undan kо‘p silindrik prujinalar (qayishqoqelementlar) vositasida о‘zaro bog‘langan ichki va tashqi halqalar (vtulkalar)dan iborat bо‘lib, tashqi vtulka mashina korpusiga sterjen orqali о‘rnatilgan. Prujinalar halqalar (vtulkalar) oralig‘I aylanasi bо‘ylab radial va tekis о‘rnatilgan va uchlari halqalar bilan tutashgan. Har bir prujinaning uchi sozlovchi vint va gayka vositasida tashqi halqaga (vtulkaga) о‘rnatilgan. Ballon hosil qilib aylanayotgan ip ichki vtulkadan о‘tayotganida uning tarangligi о‘zgarishi va ballonda hosil bо‘ladigan dinamik zarbalar prujinalarda (qayishqoqelement) yutilishi natijasida ipning uzilishi kamayadi. Yuqorida ta’kidlanganidek mavjud konstruksiyani kamchiligiga, ipni naychagaz о‘rash jarayonida hosil bо‘ladigan dinamik kuchlarni sо‘ndirishni uchta (ikki va undan ortiq) silindrik prujina yordamida amalga oshirilishi natijasida kuchlarni faqatgina uch tomonga yо‘naltirilishiga olib keladi va qiymati kichik bо‘lgan dinamik kuchlarni silindrik prujinalar (qayishqoqelement) sezmasligi natijasida kuchlar sо‘ndirilmay qolishi mumkin. Bundan tashqari taranglik kuchini prujina yordamida asta-sekinlik bilan sо‘ndirilishi (chiziqli qonuniyatda) natijasida ip tarkibidagi tolalarning siljishiga va strukturaviy notekislikni paydo bо‘lishiga olib keladi.
    Tavsiya qilinayotgan ip о‘tkazish va yо‘naltirish texnologiyasi va konstruksiyasining mohiyati shu bilan izohlanadiki, yigiruv mashinalarining ip о‘tkazgichi pо‘latdan yasalgan tashqi va ichki vtulkalar (halqalar) hamda ular orasida qayishqoq (rezinadan) vtulkalar о‘rnatilgan bо‘lib, unda qayishqoq vtulkalar ikki qatlamdan iborat, ichki pо‘lat vtulka ustiga yumshoq (bikrligi kichik bо‘lgan) rezinali vtulka va uning ustiga qattiq ( bikrligi katta bо‘lgan) rezinali vtulka kiygazilgan. О‘z navbatida ularning ustiga tashqi vtulka (halqa) kiygazilgan va usterjen orqali mashina korpusiga о‘rnatilgan. Bunda ichki pо‘lat vtulka uning ichidan о‘tgan ip tarangligi о‘zgarishi natijasida yuzaga kelayotgan dinamik zarbiy kuchlarni yumshoq rezinaga uzatadi va uning qisman tebranishini qattiq rezina о‘ziga yutib, hosil bо‘lgan taranglik kuchining о‘zgarishi deyarli sо‘ndiriladi.
    Ip о‘tkazgichda ipni chо‘zish valiklaridan chiqib shakllanayotgan ip, urchuq tezligi bilan yugurdak tezligini farqi hisobiga naychaga о‘ralish jarayonida (chizmada kо‘rsatilmagan) hosil bо‘ladigan о‘zgaruvchan taranglik kuchiga ega bо‘lib, ip о‘tkazgichdan о‘tad. 1-rasm

    1-rasm
    Ipning taranligi о‘zgarishi hisobiga ichki pо‘lat vtulka 1 (halqa) ichidan о‘tib uning devorlariga ta’sir etadi. Ushbu ta’sirdan yumshoq rezinali vtulka 2 deformatsiyalanadi, bunda qattiq rezinali vtulka 3 qisman deformatsiyalanadi. Natijada ta’sir kuchi yetarlicha sо‘ndiriladi. Agarda ipning taranglik kuchi yanada kattaroq bо‘lsa, mos ravishda 2 va 3 vtulkalar deformatsiyalanishi ortadi, lekin vtulka 3 ni deformatsiyalanishi nisbatan katta bо‘lmaydi. Bunda valikkila rezinali 2,3 vtulkalarning bikrligi chiziqsiz qonuniyatda bо‘lib, ip tarangligi о‘zgarishini mos ravishda yetarli darajada asta-sekin sо‘ndirishga olib keladi. Natijada ip tegib turgan ichki pо‘lat vtulka 1 tebranishlari samarali darajada sо‘ndiriladi, ipning uzatilishi ravonlashadi. Tashqi vtulka (halqa) 4 mashina korpusi 6 ga 5 sterjen orqali ulangan xolda deyarli tebranmaydi. Demak ipni ushbu yumshoq uzatish texnologiyasi ip sifatini ortishiga olib keladi. Ipni mavjud texnologiyasida chо‘zish asbobida [33] chо‘zish asboblari juftliklari uchta riflyaliksilindr va uchta elastik qoplamali yuklovchi valiklardan iborat.





    2-rasm
    Har bir yuk valiklariga beriladigan yuk aloxida aloxida bо‘lib bitta richagga о‘rnatilgan prujinalar yordamida amalga oshiriladi. Har bir chо‘zuvchi jufliklar oldiga zichlagichlar о‘rnatilgan. Tolalarning harakatini nazorat qilish uchun ikkinchi chо‘zish zonasiga ikkta tasma о‘rnatilgan: yuqori va pastki. Pastki tasma tarangligi prujinali kronshteyn yordamida amalga oshiriladi. Tasmalarni ustki va pastki plankalar о‘rtasidagi oraliqni mahsulotning qalinligiga qarab о‘zgartirish mumkin. Plankalar orasidagi masofani о‘zgarishi almashinuvchi tayanchlar yordamida о‘zgartiriladi. Kо‘rib о‘tilgan chо‘zish asbobining kamchiligi shundaki chо‘zish zonalariga tolali mahsulot bir xil taqsimlanmasligidadir, bundan tashqari qayishqoq almashinuvchi vtulkalar iplardagi tolalarning bir xil chо‘zilishiga imkon bermaydi.
    Taklif etilayotgan takomillashtirilgan chо‘zish texnologiyasida uskunaning uchta riflyali pastki silindrlari 1,2,3 va usti elastik qoplamali uchta yuk valiklari 4,5,6 juftliklaridan, prujinali yuklashrichagi 7 tarkibtopgan. Elastik qoplamali valiklar 4,5,6 о‘qikonussimon purijinalar 8,9,10 bilan bog‘langan (3-rasm).




    3-rasm
    Samarali (yumshoq) chо‘zish texnologiyasini ta’minlaydigan chо‘zish asbobi sxemasi.Purjinalar 8,9,10 bikirlikka ega bо‘lib pilikning yо‘nalishi bо‘yicha ularning bikrligi ortib boradigan qilib tanlangan va S1 2
    Download 2,74 Mb.
      1   2




    Download 2,74 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yigirish mashinasida chо‘zish texnologiyalari va konstruktiv elementlarini takomillashtirish Abdusaidov Axatjon Abdug’ani o’g’li

    Download 2,74 Mb.