Neft va gaz1




Download 1,33 Mb.
bet2/55
Sana15.11.2023
Hajmi1,33 Mb.
#99030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish
7-sinf NI va Lab Dildoraxon 2022, Mamayusupova Shaxzoda, 4.Sertifikatlastiriw sxemalarin úyreniw, Axborot texnalogiyalari, 2-тема таза, REJA, 19-MAVZU, Ariza, шартнома lotin, Ш А Р Т Н О М А LOTIN, Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” Oʻquv ishlari boʻ-fayllar.org, “O`zbek adabiyoti tarixi”-www.hozir.org, O`zbekiston respublikasi-fayllar.org, Uyushgan gapning badiiy matnda qo llanishi mundarija Kirish I b
360(04) 2006
ISBN 978-9943-05-041-9


© Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2007- y.


2

KIRISH



Respublikamiz neft va gaz sanoati uchun malakali mu- taxassislar tayyorlashda «Neft va gazni qayta ishlash korxonalari jihozlarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish» fanining alohida o‘rni bor.


Bu fan talabalarga ixtisoslik fanlarini chuqur o‘zlashtirishga, qaysi usul bilan ishlab chiqarish intensivligini oshirish va texnologik qurilmalardan unumli foydalanish imkoniyatlarini o‘rgatadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma zamonaviy texnika va uning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda malakali mutaxassislarni tayyorlashda uzluksiz mukammallashtirishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach neft va gazni qayta ishlash sanoatida keskin o‘zgarishlar ro‘y berib, yangi texnologiyalar amalda qo‘llanilib, rivojlanish boshlandi. Bunday o‘zgarishlar jarayon va qurilmalar haqidagi fanning yanada yuqori darajaga ko‘tarilishiga sababchi bo‘ldi. Ushbu fanning bunday yuqori saviyaga ko‘tarilishiga hisoblash texnikasining gurkirab rivojlanishi ham o‘z hissasini qo‘shdi, chunki u jarayon va qurilmalarni o‘rganish, modellashtirish va hisoblash ishlarining misli ko‘rilmagan imkoniyatlarini yaratdi.
Òavsiya etilayotgan o‘quv qo‘llanma fanning tasdiqlangan dasturiga binoan tuzilgan bo‘lib, talabalarning fizika, kimyo, matematika, issiqlik va sovitish texnikasi va boshqa fanlardan o‘zlashtirgan bilimlarini hisobga olgan.
Neft va gazni qayta ishlash sanoatlarida turli xil xomashyolar qayta ishlanadi va natijada qattiq, suyuq, bug‘ va gaz agregat holatlaridagi turli-tuman tayyor mahsulotlar olinadi. Har bir jarayon va qurilmalarni hisoblash uchun xomashyo va mahsu- lotlarning xossalarini bilish zarur.
O‘quv qo‘llanma birinchi marta chop etilayotganligi bois, ayrim xato va kamchiliklardan xoli deb bo‘lmaydi. Shu sababli, kitobning sifatini yaxshilashga qaratilgan har qanday fikr mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
Mualliflar

Download 1,33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Download 1,33 Mb.