Jihozlarni hisoblashning tartibi va usullari




Download 1,33 Mb.
bet4/55
Sana15.11.2023
Hajmi1,33 Mb.
#99030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish
7-sinf NI va Lab Dildoraxon 2022, Mamayusupova Shaxzoda, 4.Sertifikatlastiriw sxemalarin úyreniw, Axborot texnalogiyalari, 2-тема таза, REJA, 19-MAVZU, Ariza, шартнома lotin, Ш А Р Т Н О М А LOTIN, Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” Oʻquv ishlari boʻ-fayllar.org, “O`zbek adabiyoti tarixi”-www.hozir.org, O`zbekiston respublikasi-fayllar.org, Uyushgan gapning badiiy matnda qo llanishi mundarija Kirish I b

Jihozlarni hisoblashning tartibi va usullari


Har bir jihozni tayyorlashdan oldin uning loyihasi tuziladi. Jihozni ahamiyatiga qarab, uni o‘rganilganligiga, o‘xshash (òèïîâîé) loyihalarning borligiga yoki sinab ko‘rilganligiga qarab


uni bir yoki ikki bosqichda loyihalanadi. Ko‘pgina hollarda jihozlarni bir bosqichda loyihalanadi, bunda loyihalovchi tashkilot buyurtmachiga texnologik-ishchi loyihani beradi. Bu loyihada hamma (shu jihozni yasashga) kerakli hujjatlar (chizmalar, smetalar) bo‘ladi. Aniqlangan va tasdiqlangan texnologik loyiha asosida ishchi chizma (eskiz) tayyorlanadi.
Loyihalash uchun asosiy ko‘rsatkichlar bo‘lib: jihozning mahsuldorligi, ishlash rejimi (tartibi), sarflash me’yoriy ishlash sharoiti, xomashyoni va tayyor mahsulotni korroziyalanish qobiliyati va zaharlilik darajasi, shuningdek, shu jarayonni olib borishdagi texnika xavfsizligi hisoblanadi.
Neftni qayta ishlash korxonalarida olib boriladigan jarayonlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Gidromexanik jarayonlar (suyuqlik va gazlarni aralashtirish, ajratish va suyuqliklarni aralashtirish).

  2. Massa almashuv jarayonlari (massa almashuv qonunlari bilan bog‘langan jarayonlar: haydash, rektifikatsiya, absorbsiya, ekstraksiya, kristallizatsiya va quritish).

  3. Issiqlik jarayonlari (isitish, sovitish va kondensatsiya, bug‘latish).

  4. Mexanik jarayonlar (maydalash, tashish va yuklash-tushirish, qattiq moddalarni aralashtirish va klassifikatsiyalash – saralash).

  5. Kimyoviy jarayonlar har xil kimyoviy reaksiyalarning borishi.

Yuqorida keltirilgan jarayonlar ma’lum jihoz va mashinalarda olib boriladi. Jihozlarning konstruksiyalari maqsadga muvofiq usulda va shu jarayonlarni aniq borish shartlari bilan mutanosib bo‘lishi kerak.
Bir turdagi fizik, fizik-kimyoviy va kimyoviy jarayonlar umumiy qonuniyatlarga bo‘ysunishi bilan xarakterlanadi va har xil ishlab chiqarish korxonalarida bir xil prinsiðda ishlovchi mashina va jihozlarda olib boriladi.
Òexnologik jarayonlarni ularda olib boriladigan jarayonlar bo‘yicha sinflash ularni o‘rganish bilan birga har bir jihozni kompleks texnologik va mexanik hisoblash uchun kerak bo‘ladi.

  1. Gidromexanik jarayonlar nasoslar, sentrifuga, ara- lashtirgich, kompressorlar, tindirgichlar, filtrlar yordamida olib boriladi.

  2. Issiqlik jarayonlari olib borishi uchun quvurli pechlar, olovli isitkichlar, issiqlik almashtirgichlar, kondensatorlar kerak.

  3. Massa almashuv jarayonlarida, asosan, kolonna turidagi jihozlarda: rektifikatsiya kolonnalarida, absorber, adsorber, desorber, ekstraktorda olib boriladi.

  4. Mexanik jarayonlar maydalagichlarda, tegirmonlarda, qattiq moddalarni elaklarda saralash (klassifikatorlarda) va dozatorlarida olib boriladi.

  5. Kimyoviy jarayonlar konstruksiyalari har xil bo‘lgan reaksion jihozlar – reaktorlarda olib boriladi. Òexnologik jarayonni tashkil qilish usuliga qarab jihozlar to‘xtab va to‘xtovsiz ishlaydigan bo‘ladi.

Òo‘xtab ishlaydigan jihoz ma’lum vaqt ishlagandan keyin mahsulot tushirib olinadi va yangi miqdor xomashyo bilan to‘ldiriladi hamda bu jarayon texnologik jarayon tugaguncha davom etaveradi.
Òo‘xtovsiz ishlaydigan jihozlarning farqi shuki, bu jihozlarga xomashyo to‘xtovsiz kelib tushadi va hosil bo‘lgan mahsulot chiqarib olinadi. Bu ikki jarayon bir vaqtda uzluksiz bajariladi.

Download 1,33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Download 1,33 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jihozlarni hisoblashning tartibi va usullari

Download 1,33 Mb.