Neft va gaz1




Download 1,33 Mb.
bet7/55
Sana15.11.2023
Hajmi1,33 Mb.
#99030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish
7-sinf NI va Lab Dildoraxon 2022, Mamayusupova Shaxzoda, 4.Sertifikatlastiriw sxemalarin úyreniw, Axborot texnalogiyalari, 2-тема таза, REJA, 19-MAVZU, Ariza, шартнома lotin, Ш А Р Т Н О М А LOTIN, Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” Oʻquv ishlari boʻ-fayllar.org, “O`zbek adabiyoti tarixi”-www.hozir.org, O`zbekiston respublikasi-fayllar.org, Uyushgan gapning badiiy matnda qo llanishi mundarija Kirish I b

Mexanik hisoblash


Neftni qayta ishlash korxonalarining qurilmalarida boradigan jarayonlarning parametrlari turlichadir. Asosiy ekspluatatsiya parametrlariga harorat, bosim va muhitning kimyoviy xossalari kiradi. Shuni hisobga olish kerakki, texnologik jihozlar ishchi muhit bilan kontaktda bo‘ladi. Jarayonning keng interval oralig‘idagi parametrlarida muhitning fizik-kimyoviy xusu-


siyatiga bog‘liq bo‘lgan holda kuchli agressiv ta’siri ko‘zga tashlanadi.
Jihozlar ekspluatatsiya davomi (vaqti)da mustahkam va ishonchli bo‘lishi kerak, portlash hamda o‘tga nisbatan xavfsizliligi, uzoq vaqt to‘xtovsiz ishlashi va yuqori mahsuldorligini ta’minlash kerak. Bular neftni qayta ishlash (NQI) korxonalarining jihozlariga qo‘yiladigan talablarni yanada ko‘paytiradi. Jihozlarning ishonchli (aniq) hisoblanishi quyidagi shartlar asosida bajariladi: 1) u to‘laligicha texnologiyaga mos kelsa; 2) ishchi parametrlariga to‘g‘ri kelsa; 3) konstruksiyaning butunligini, uning uzel va qismlarini yaroqliligiga muvofiqligi; 4) avariyasiz ishlashni ta’minlasa.
Jihozning ishini ma’lum aniq parametrlar chegarasida bajarilishini avtomatik boshqarish va texnologik jarayonni berilgan parametri (ish tartibi), signalizatsiya, himoya klapanlari o‘rnatilishi yordami bilan amalga oshiriladi. Shuning uchun jihozning ishonchliligi uning konstruksiyasi va ekspluatatsiya jarayoni davomida unga ko‘rsatiladigan xizmat bilan belgilanadi. Konstruksiyaning ishonchliligi mexanik hisob yordamida amalga oshiriladi. Jihozni tayyorlash uchun shunday konstruksion materiallar olinadiki, to‘xtovsiz ishlash (ekspluatatsiya) muddati davomida sifati buzilmaydi va shu aniq jarayon normalariga muvofiq
bo‘ladi.
Konstruksiya jihozning uzoq vaqt ishlashini ta’minlash kerak, ya’ni ekspluatatsiya davomida va qabul qilingan xizmat ko‘rsatish sistemasida (ta’mirlash), minimal darajada mumkin bo‘lgan ishonchliligini saqlash kerak. Lekin jihozning mustahkamligini konstruktiv usul bilan (devorining qalinligini oshirish, mashina va valning diametrini oshirish) yoki yuqori sifatli konstruktiv material qo‘llash bilan amalga oshirilsa, uning tannarxi ortib ketadi, bu esa hamma vaqt o‘zini oqlamaydi. Shuni esda tutish kerakki, neftni qayta ishlash texnologiyasi takomillashib turganligi sababli texnologik qurilmalar va butun komplekslarni qayta jihozlash kerak bo‘ladi. Bu holda jihozlarning ishonchini yo‘qotganligi uchun yaroqsiz deb toðilmaydi, balki u ma’naviy eskirgan deb hisoblanadi.
Shuning uchun jihozlarning loyihaviy uzoq muddat ishlash
shartlari belgilanganda har bir jihozning texnologik va konstruktiv kelajak talabiga javob berishi (ustuvorligi) hisobga olinadi.

13
Jihozning konstruksiyasi uni tayyorlashda oson bo‘lishi, transportirovka (tashish-tushirish) qilishda, montajda va ta’mirlashda qulay bo‘lishi kerak.
Shuningdek, qimmatbaho va kamyob materiallar konst- ruksiyada iloji boricha kam ishlatilishi, iqtisodiy tejamli bo‘lishi kerak. Jihozga qo‘yiladigan talablarga mustahkamlikka va qattiqlikka to‘g‘ri olib borilgan hisoblar to‘liq javob bera oladi.
Mashina va jihozlarning barcha konstruktiv o‘lchamlari aniqlab bo‘lingandan so‘ng ishchi chizma chiziladi va shu chizma asosida mashina-uskunalar korxonalarida ko‘rsatilgan jihozlar tay- yorlanadi.
Ko‘pgina mashina va jihozlarga GOSÒ, OSÒ va tarmoqlararo me’yoriy (ON) hujjatlar tasdiqlangan.



Download 1,33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   55




Download 1,33 Mb.