|
Neft va gaz1
|
bet | 9/55 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #99030 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatishPo‘latning yuqori haroratdagi holati
Yuqori haroratda po‘latning oquvchanlik chegarasi pasayadi, shuning uchun mumkin bo‘lgan kuchlanish normal sharoitdagiga qaraganda kam bo‘lishi kerak.
Uglerodli po‘latga haroratning ta’siri 1- jadvalda keltirilgan (po‘latning mexanik xususiyatini bildiruvchi kattalik 200°C da 100% deb qabul qilingan).
1- jadval
Po‘latning mexanik xususiyatlari
|
Muhit harorati, °C.
|
20
|
100
|
200
|
300
|
400
|
500
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Mustahkamlik chegarasi,
B
|
100
|
100
|
120
|
150
|
90
|
60
|
Oquvchanlikchegarasi,
G
|
100
|
95
|
85
|
70
|
58
|
40
|
1- jadvalning davomi
Nisbiy uzayishi,
|
100
|
80
|
55
|
80
|
100
|
110
|
Cho‘ziluvchanlik E bo‘l- gandagi egiluvchanlik moduli
|
100
|
98
|
95
|
90
|
85
|
75
|
Urishga cho‘ziluv- chanligi,
K
|
100
|
110
|
115
|
110
|
85
|
60
|
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, haroratning ko‘tarilishi oquvchanlik chegarasiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun yuqori haroratda ishlaydigan jihozlarni hisoblaganda nisbiy uzayish shu haroratdagi oquvchanlikka qarab tanlanadi, mustahkamlik chegarasiga qarab emas. Kuchli kuchlanish holatida yuqori harorat po‘latga katta ta’sir ko‘rsatadi: oquvchanlik hodisasi paydo bo‘ladi, strukturasidagi barqarorlikning o‘zgarishi kuzatiladi. Bu o‘zgarishlarning intensivligi va xarakteri po‘latning kimyoviy tarkibi va strukturasiga, shuningdek, kuchlanishning ta’siri va haroratga bog‘liq. Chunki bu parametrlar
po‘latni ekspluatatsiya qilish davrida doimo o‘zgarib turadi.
Harorat ortishi bilan po‘latning egiluvchanligi plastik egiluv- chanlik holatiga o‘tadi va qo‘yilgan yuk ta’sirida to‘xtovsiz shaklni yo‘qotadi (deformatsiyalanadi). O‘zgarmagan yuk ta’sirida bo‘lgan bu hodisaga oquvchanlik deyiladi. Oquvchanlik asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, po‘latning issiqqa chidamliligini bildiradi.
Oddiy uglerodli po‘latlarda oquvchanlik 375°C dan yuqori haroratda paydo bo‘ladi. Past legirlangan konstruksiya po‘latlarda 420°C dan yuqori haroratda, zanglamaydigan austenit (a-Fe ni 910°C da g-Fe ga o‘tadi, unda uglerodning erishi ko‘proq bo‘ladi, a-Fe qaraganda va 723°C da – 0,8% gacha, 1130°C – 2% gacha, uni austenit deb ataladi.
g-Fe 1401°C da d-Fe ga o‘tadi, u 1510°C da o‘z strukturasini saqlaydi. Òoza temir kumushsimon oq rangda bo‘ladi, solishtirma zichligi 7890 kg/m3) qotishmalarda 525°C dan yuqorida paydo bo‘ladi. Po‘latning issiqqa chidamliligini oquvchanlikka qarshiligi bilan belgilanadi. 3000 soat va undan ham ko‘proq vaqt davomida sinov o‘tkazilib, namunaga olingan metallning vaqtga nisbatan absolyut deformatsiyasi toðiladi (shu yuk va harorat ta’sirida) va oquvchanlik tezligi aniqlanadi:
.
n l
(l )
Bunda: Jn – oquvchanlik tezligi;
Dl – namunaning absolyut deformatsiyalanishi, uzunlik;
l – namunaning boshlang‘ich uzunligi;
t – vaqt.
Katta bo‘lmagan kuchlanishda plastik deformatsiya ma’lum qiymatga yetib keyin o‘zgarmaydi, lekin kuchlanish ma’lum chegaradan ortib ketsa, unda deformatsiya to‘xtovsiz kattalashib, namuna material uzilib ketadi.
|
| |