|
Neft va gaz1
|
bet | 17/55 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #99030 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish
Metall bo‘lmagan materiallarga plastmassalar, kauchuk asosidagi materiallar, uglegrafitli materiallar, laklar va bo‘yoqlar kiradi.
Plastmassalar – ikki turga bo‘linadi: termoplastik va termoreaktiv. Òermoplastik plastmassalar ma’lum harorat va bosimda o‘zining qoliðlanish xususiyatini yo‘qotadi. Ular bir marta ishlatiladi.
Faolit – kislotaga chidamli termoreaktiv plastmassa bo‘lib, undan har xil buyumlar (kolonnalar, skrubberlar, issiqlik almashuv jihozlari, quvurlar va berkitish armaturalari) yasaladi. U mexanik ishlovga bardosh berib, yaxshi presslanadi, faolit zamazkasi metall yuzasiga yaxshi yoðishadi, uni 140°C gacha bo‘lgan haroratda ishlatiladi.
Òekstolit – ko‘p qavat material, siqishga juda mustahkam, agressiv muhitda barqarordir. Undan jihozlarning detallarini yasashda (shesternya, mufta, podshiðniklar) va –196°C dan
+125°C gacha bo‘lgan haroratlarda ishlatiladi.
Vinilplast – termoplastik plastmassa bo‘lib, barcha kislota, ishqor va ularning tuzlari ta’siriga barqarordir. Vinilplastdan jihozlarning detallarini, quvurlarni va boshqa 40°C gacha ishlaydigan qismlari yasaladi.
Polietilen – metallarga nisbatan adgeziyasi (yoðishqoqligi) yaxshi, shuning uchun uni 50°C gacha ishlovchi jihozlarda korroziyaga qarshi futerovka materiali sifatida ishlatiladi. Undan yana quvurlar ham ishlab chiqariladi.
Poliðroðilen – polietilendan ancha qattiq bo‘lib, –10°C dan
+100°C gacha bo‘lgan haroratlarda ishlovchi jihozlarning detallari, futerovka quvurlari sifatida ishlatiladi.
Ftoroplast-4 – yengil ishlov beriladigan poroshok (kukun) bo‘lib, undan formovka qilib va termik ishlov berib, har xil agressiv muhitda ishlaydigan (+250°C gacha) qismlar ishlab chiqariladi. Yuqori mexanik xususiyatlarga ega, lekin payvand qilinmaydi, yomon yoðishadi. Ishqalanish koeffitsiyenti kam bo‘lganligi uchun salnikli birikmalarda zichlashtiruvchi material sifatida ishlatiladi.
|
| |