• Yengil benzin fraksiyasi va suyultirilgan gazlar saqlaydigan jihozlar
  • Neft va gaz1




    Download 1,33 Mb.
    bet19/55
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,33 Mb.
    #99030
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish

    III BOB.


    NEFÒ, GAZ VA ULARNING MAHSULOÒLARINI SAQLASH UCHUN REZERVUARLAR

    Neft, gaz va neft mahsulotlarini saqlash uchun neftni qayta ishlash korxonalarida juda ko‘p katta hajmdagi idishlar ishlatiladi va ular rezervuar parklarda joylashtiriladi.


    Saqlanadigan mahsulotning turiga qarab xomashyo, oraliq mahsulot va mahsulot rezervuarlar parki tashkil qilinadi. Xomashyo va tovar mahsulotlari parki texnologik qurilmalardan, sanoat binolaridan va odamlar yashaydigan joydan uzoqda joylashtiriladi. Oraliq mahsulotlarni rezervuar parki shu oraliq mahsulotlar ishlatiladigan qurilmalar yaqinida joylashtiriladi. Xomashyoni katta yer osti yoki yarim yer osti temir-beton rezervuarlarda saqlanadi. Xuddi shunday rezervuarlarda tayyor rangsiz neft mahsulotlari ham saqlanadi. Yer osti temir-beton rezervuarlaridan foydalanish metallni tejaydi, quyosh nurlari ta’sirida yengil fraksiyalarning uchib ketishini kamaytiradi va yong‘inga qarshi maskirovka talablariga javob beradi. Metalldan yasalgan rezervuarlar, odatda, yerning yuzasida joylashtiriladi, bu esa ularni ekspluatatsiya qilishni yengillashtiradi.
    O‘rnatiladigan rezervuarlarning soni va hajmi korxonani xomashyo va har bir mahsulotlarning sutkalik quvvatiga qarab, bir vaqtning o‘zida saqlanadigan mahsulotlarning soniga qarab, shuningdek, neft va neft mahsulotlarining saqlanish muddatiga qarab belgilanadi.
    Xomashyo rezervuarlarining soni xomashyoning 5 – 7 sutkalik zaxira miqdoriga qarab aniqlanadi. Oraliq mahsulotlari rezervuarlari soni esa 16 – 48 soatlik zaxira hisobida aniqlanadi, tovar parkining rezervuarlari esa tayyor mahsulotning 15 – 20 sutkalik zaxirasi hisobida aniqlanadi.
    Sanoat maydonlarini, materiallarni, mehnat resurslarini tejash maqsadida ularning sonini har bir rezervuarning hajmini ko‘paytirishga harakat qilinadi. Òanlab olingan rezervuarlarning
    o‘lchamlari normalarda ko‘rsatilgan: to‘la va foydali hajmlari, ularning ichki diametrlari, maksimal ishchi bosimi va harorati, quyishning maksimal balandligi va boshqa o‘lchamlarga to‘g‘ri kelishi kerak.
    Rezervuarlarning konstruksiyasi ko‘pgina omillarni hisobga olgan holda yasaladi. Lekin asosiy omil – bu suyuqlik va gazlarni fizik-kimyoviy xususiyatlari, bosimi va harorati.
    Suyultirilgan gazlar (propan, butan va boshqalar) va benzinning yengil fraksiyalari gorizontal yoki vertikal silindrik ichi bo‘sh idishlarda (fundament yoki postamentlarga qo‘yilgan) saqlanadi (1- rasm).
    Xuddi shunga o‘xshash ko‘ðincha monjus deb ataladigan rezervuarlarda kimyoviy faol moddalar saqlanadi. Bu holda rezervuarning ichki qismi devorlari korroziyaga chidamli material bilan qoplanadi.
    Gorizontal holidagi rezervuarlarning diametri 1,4 metrdan ortiq bo‘lsa, lyukning ichki qismiga narvon qo‘yiladi. Bu rezervuarlar, shuningdek, o‘lchovchi, boshqaruvchi asboblar bilan jihozlangan bo‘lib, harorat, bosim va quyiladigan mahsulotning balandligi, ortib ketishining oldini oladi.





      1. b)



    1- rasm. Yengil benzin fraksiyasi va suyultirilgan gazlar saqlaydigan jihozlar:
    a – vertikal; b – gorizontal; 1 – korpus; 2 poydevor;
    3 – lyuk; 4 – shtuser.
    Bu qo‘yilgan narvonlar, maydonchalar xizmat ko‘rsatadigan ishchilarni armaturaga, KIÐ va kimyo qurilmalarini qiynalmasdan tayyorlashga imkon berishi kerak. Quyosh nurida qizib ketishining oldini olish uchun rezervuarlar oq rangga bo‘yaladi, kerak bo‘lsa soyabon quriladi.



      1. Download 1,33 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   55




    Download 1,33 Mb.