|
Neft va gaz1
|
bet | 22/55 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #99030 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish
Òomchisimon rezervuarlar suyuqlik tomchisini namlan- magan tekislikdagi F shakliga o‘xshaganligi uchun shunday deb nomlangan va neft mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan. Bu neft mahsulotlarining bosimi 0,2 MPa gacha bo‘lishi mumkin.
Bunday rezervuarlarning umumiy ko‘rinishi quyidagi 5- rasmda keltirilgan:
rasm. Tomchisimon rezervuar. 1 – korpus; 2 – xavfsizlik klapani;
3 – poydevor; 4 – narvon.
Òomchisimon rezervuarning qobig‘ining shakli cho‘ziluv- chanlikka kuchlanishi barcha uzuksimon va meridional kesmalarda bir xil bo‘lib, bu esa konstruksiyaning tejamkorligini ko‘rsatadi. Lekin bunday rezervuarni tayyorlash murakkab bo‘lganligi uchun ishlab chiqarishda keng ishlatilmaydi.
Sharsimon rezervuarlar
Sharsimon rezervuarlar 1 MPa gacha bo‘lgan bosimda va yuqori vakuumda (500 mm suv ust) ishlay oladi. Ularning diametrlari deyarli cheklanmagan, masalan: Yaponiyada diametri
33 metr bo‘lgan 3,0 MPa bosimda ishlaydigan rezervuarlar qurilgan.
Neftni qayta ishlash korxonalarida sharsimon rezervuarlarda metan, etilen, propan-butan fraksiyasi va boshqa gazlar saqlanadi. Bir xil sharoitda ekspluatatsiya qilinganda sharsimon rezervuarlarga sarflanadigan metall miqdori silindrik rezervuarga nisbatan kam. Lekin sharsimon rezervuarlarni tayyorlash bir oz murakkab, shunga qaramay hozirgi vaqtda ularni ishlab chiqarish yaxshi o‘zlashtirilgan. Mahalliy egiluvchanlik va kuchlanishning
konsentratsiyasini rezervuarni markaziy tayanch oldida va rezervuar qobig‘ining qalinligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
.
S pD
4 rux C
Bunda: p – muhitning umumiy va suyuqlikning gidrostatik bosimi;
D – rezervuarning ichki diametri;
trux – kuchlanish;
C – korroziyaga qo‘shimcha.
|
| |