Qopqog‘i suzadigan rezervuarlar




Download 1,33 Mb.
bet21/55
Sana15.11.2023
Hajmi1,33 Mb.
#99030
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish

Qopqog‘i suzadigan rezervuarlar


Bu jihoz vertikal silindrik rezervuar bo‘lib, devorlari uchma-uch qilib payvandlangan va uning ichida mahsulot yuzasida metall disk – ponton suzib yuradi (4- rasm). Ponton esa suyuqlik yuzasidagi hajmni bir xil qilib ushlab turadi. Pontonning suzuvchanligi ikki usul bilan amalga oshiriladi: birinchisi, u ikki devorli qilib yasaladi, ikkinchisida esa kam metall sarf qilib, kichkina disklar yasaladi. Ko‘pgina mamlakatlarda katta hajmdagi rezervuarlarda bir dechli (îäíaäå÷íaÿ kðûøa) qopqoq rezervuarning perimetri bo‘yicha qo‘yiladi. Suzayotgan tomning mustahkamligini orttirish uchun katta rezervuarlarda radial yo‘nalishda bo‘lgan korobka shaklida g‘o‘zalar bilan ta’minlanadi.


Ponton qopqoqning 22 – 25% maydonini tashkil qiladi. U uzuk shaklida ishlangan bo‘lib, qopqoqning perimetri bo‘yicha joylashtiriladi yoki alohida ðiromida turidagi seksiya shaklida bo‘ladi. Qopqoqning vakuum ostida buzilishining oldini olish (mahsulotni to‘la chiqarib olinganda) maqsadida unga vakuum klapanlari o‘rnatiladi. Bu esa rezervuarga havoning kirishini ta’minlaydi. Agar


4- rasm. Rezervuarning suzuvchi qopqoqlarining chizmasi:
a – 2x deolnaya, b – odnodechnaya perimetri bo‘yicha ponton bilan;
d – odnodechnaya perimetri bo‘yicha pontonli va radial qattiqlik balkalari bilan; 1rezervuar korpusi; 2 – ponton;
3 – suzuvchi qopqoq; 4 – o‘rta tayanchli radial balkali qattiqlik uzugi; 5 – radial korobkasimon qattiqlik balkasi.

rezervuarning suzuvchi qopqog‘ini quyosh nurlaridan saqlovchi statsionar tomi bo‘lmasa, pontonning barcha holatida drenaks sistemasiga yuboriladi. Suzadigan qopqoqning suzuvchanligini avariya sharoitida vujudga kelgan holatda yoki drenaks sistemasi ishdan chiqqan vaziyatdagi sharoitga moslab tekshiriladi.


Rezervuar devori bilan disk o‘rtasidagi oraliq barcha perimetr bo‘yicha maxsus qattiq (mexanik) yoki yumshoq (elastik) zichlashtirgichlar yordamida germetik holiga keltiriladi. Mexanik zichlashtirgichlarning konstruksiyalarining turlari ko‘p, ishlab chiqarish juda murakkab. Ularning yumshoq zichlashtirgichlari muhitda chidamsiz bo‘lganda ishlatiladi. Yumshoq zatvorlar gubkali, suyuqlik va havoli bo‘lishi mumkin. Ularni rezinalashtirilgan materiallardan penopoliuretan va boshqa shu muhitga chidamli materiallardan tayyorlanadi. Gubkali zatvorlardan zichlik gubkali materialning eziluvchanligiga, har doim rezervuar devoriga siqilib turishiga asoslangan. Suyuqlik zatvorlarida idishga yengil suyuqlik to‘ldiriladi va rezervuar devoriga siqib qo‘yiladi. Havo zatvorlariga esa idishlar havo bilan to‘ldirilgan bo‘ladi.



    1. Download 1,33 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   55




Download 1,33 Mb.