• Sinov savollari
  • Neft va gaz1




    Download 1,33 Mb.
    bet23/55
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,33 Mb.
    #99030
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish

    Gazgolderlar


    Bosimi katta bo‘lmagan (0,4 MPa gacha) katta hajmdagi gazlarni saqlash uchun gazgolderlar – hajmi o‘zgarib turadigan rezervuarlardan foydalaniladi. Ishlash prinsiðiga qarab ular quruq va ho‘l gazgolderlarga bo‘linadi. Quruq gazgolderlar kam ishlatiladi.


    Konstruktiv jihatdan qara- ganda quruq gazgolderlar vertikal silindrik rezervuar bo‘lib, o‘ziga xos harakatla- nuvchi rezervuar devoriga jiðslanib turuvchi porshen bilan jihozlangan. Gazni por- shenning tagiga berilganda u ko‘tariladi va gazning hajmi ortadi, gaz chiqarib olinganda porshen pastga tushadi. Gazgol- derdagi gazning hajmi uning diametri bilan aniqlanadi. Quruq gazgolderni eksplua- tatsiya qilish murakkab va xavfli, chunki porshen kor-

      1. rasm. Ho‘l gazgolder chizmasi:

    1–rezervuar; 2–teleskop; 3–kolokol; 4–devordagi yo‘nalti- ruvchi karkaslar; 5–kronshteyn;
    6– yo‘naltiruvchi roliklar; 7– tashqi yo‘naltiruvchi karkaslar; 8–teles- kop va kolokol uchun to‘siq.
    pusining devoriga bo‘lgan
    zichligi mukammal emas.
    Ho‘l gazgolderlar keng ishlatiladi, ular konstruksi- yalarining hajmi 100¼32000 m3 hisoblangan. Gazgolderlar

    (6- rasm) rezervuar (1) dan, teliskop (2), (hajmi 10000 m3 dan yuqori bo‘lgan gazgolderlarda), kolokol (3) dan va yo‘naltiruvchi (4) dan tuzilgan. Òekis tag qismli gazgolderning tepasi ochiq: unga silindrik qobiq – teleskop (ikkala tomoni ochiq) va kolokol-tagi yo‘q silindrik rezervuar (o‘ziga xos karkasli tomi bilan) kiradi. Kolokol va teleskop o‘zining og‘irligi bilan rezervuarning tagigacha tushadi, gazgolderning ichiga haydalayotgan gazning bosimi ta’sirida yo‘naltiruvchidan ko‘tarilib rezervuarga ulab qo‘yilgan to‘siqqacha ko‘tariladi. Kolokol uchun yo‘naltiruvchi teleskopning ichida ham bo‘lishi mumkin. Yo‘naltiruvchilar bo‘yicha hech qanday to‘siqsiz harakat yo‘naltiruvchi roliklar yordamida amalga oshiriladi. Ular kronshteynlar (5) yordamida teleskop va kolokolga mahkamlab qo‘yilgan.
    Rezervuar bilan teleskop, shuningdek, teleskop bilan kolokol
    oralaridagi germetik holatni suv zatvori yordamida ushlab turiladi. Buning uchun kolokol va teleskopni tashqi tomonining pastki qismiga tog‘orasimon halqa ulab qo‘yiladi. Shu halqaga rezervuar va teleskopning yuqori qismiga ulangan (ichki tomondan) halqa kiradi.
    Ekspluatatsiya qilishdan oldin teleskop va kolokol pastda bo‘lganda suv basseyeni rolini o‘tovchi rezervuar suv bilan to‘ldiriladi. Bir vaqtning o‘zida kolokol va teleskopning zatvorlari ham to‘latiladi.
    Òeleskop va kolokolning ichiga quyqa yoki loyqa tushmasligi uchun pastki qismiga to‘sib qo‘yiladi. Bu to‘siqlar teleskop va kolokol gazgolderning pastki qismiga tushganda vaqt o‘tishi bilan yig‘ilib qoladigan loyqalar bilan ifloslanmasligi uchun amalga oshiriladi.
    Gazgolderga gaz berilganda avval kolokol ko‘tariladi. Òeleskopning yuqori zatvoriga yetgandan so‘ng kolokol uni ham o‘zi bilan ko‘tarib ketadi. Òeleskop to‘siqqacha ko‘tariladi.
    Gazgolderdagi bosim kolokol va teleskopning og‘irligi bilan hosil qilinadi va ushlab turiladi. Gazgolderni normal ekspluatatsiya qilish va bosim ortib ketishi natijasida uning korpusi ajrab ketishining oldini olish maqsadida gaz beriladigan sistemaga avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemasi o‘rnatiladi.

    38
    Sinov savollari



        1. Xomashyo va mahsulotlarni saqlash uchun qanday rezervuarlardan foydalaniladi?

        2. Benzin va suyuq gazlarni qanday jihozlarda saqlanadi?

        3. Silindr shaklidagi vertikal rezervuarlar qanday bo‘ladi?

        4. Rezervuarning konstruksiyasi va o‘lchamlarini hisoblang.

        5. Qopqog‘i suzadigan rezervuarlar konstruksiyasini tushuntirib bering.

        6. Òomchisimon va sharsimon rezervuarlar nima?

        7. Gazgolder va ularning konstruksiyasi haqida aytib bering.







    Download 1,33 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




    Download 1,33 Mb.