• Metall bo‘lmagan materiallar
  • Neft va gaz1




    Download 1,33 Mb.
    bet15/55
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,33 Mb.
    #99030
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish

    Latunlar – misning rux bilan qotishmasi issiqlik almashinuv jihozlarini yasashda keng miqyosda ishlatiladi. Latun toza kislorod muhitiga barqaror, lekin kislotalar eritmasida tez parchalanadi. Latun jihozlarini ammiakli eritmalari, mis va temir xlorid eritmalari bilan kontaktda bo‘ladigan jarayonlarda ishlatib bo‘lmaydi.
    Latunlarning mexanik xususiyatlari ularning kimyoviy tarkibi va strukturasiga bog‘liq. Alyuminiy qalay bilan legirlanganda latunlar zanglashga barqaror va issiqqa chidamli bo‘ladi.
    Latunning yemirilish (korroziya)ga chidamliligi misdan yuqori. Ularga azot va xlorid kislotalar qattiq ta’sir qiladi. Sulfat kislotasi sustroq. Latunning tarkibida ruxni ortishi bilan uni vodorod sulfid muhitiga barqaror qiladi.
    Bronza – misning qalay bilan qotishmasi. Qalay qotishmaning mustahkamligi va qattiqligini ta’minlaydi, lekin plastiklik xususiyatini keskin pasaytiradi. Bronzadan jihozlarning alohida qismlari tayyorlanadi.


      1. Metall bo‘lmagan materiallar




    Neft korxonalarining jihozlari tayyorlanganda ko‘ðincha metall bo‘lmagan materiallar ishlatiladi. Ko‘pgina hollarda ular kamyob, yuqori legirlangan po‘lat va rangli metallarni tejaydi. Bu ularni yaxshi ekspluatatsiya xususiyatlari, agressiv muhitlarda korroziyaga
    chidamliligi bilan tavsiflanadi. Bunday materiallardan sof holatda jihozlar tayyorlashda juda kam foydalaniladi, ular, asosan, metalldan yasalgan jihozlarning yuzasini qoplash uchun ishlatiladi. Hozir sanoatda organik va noorganik (metall bo‘lmagan) materiallar va ularning kombinatsiyalaridan keng foydalaniladi. Noorganik materiallarga andezit, beshtaunit, kislotaga chidamli keramika, quyilgan tosh, farfor kiradi. Bulardan konstruksiya materiallari yasaladi. Andezit va beshtaunit – vulqonlar vaqtida hosil bo‘lgan tog‘ jinslari. Ularni kislotaga chidamli beton va zamazkalar ishlab chiqarishda mayda tosh yoki un holida qo‘shib ishlatiladi. Ulardan konstruksiya materiallari sifatida, elektrfiltrlarning korpusi, absorbsiya jihozlarining kolosnik
    qismini tayyorlashda ishlatiladi.

    Download 1,33 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   55




    Download 1,33 Mb.