|
Neft va gaz1
|
bet | 10/55 | Sana | 15.11.2023 | Hajmi | 1,33 Mb. | | #99030 |
Bog'liq Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatishOquvchanlik shartli chegarasi deb, shunday kuchlanishga aytiladiki, bunda suriluvchanlik tezligi 10-6 yoki 10-7 mm/soatga teng bo‘ladi, ya’ni 100 soat davomida 1% suriluvchanlikni deformatsiyalaydi. Deformatsiyaning davomiyligiga qarab, suriluvchanlikning shartli chegarasi n-10-6 yoki n-10-7 bilan belgilanadi. Buni tajriba orqali aniqlanadi har bir po‘lat markasi uchun alohida toðiladi va detalning umumiy deformatsiyasini chegaralash kerak bo‘lganda qo‘llaniladi.
Po‘latning mumkin bo‘lgan kuchlanishini aniqlash uchun uzoq vaqt mustahkamlik chegarasi aniqlanadi. Bu qiymat tajriba asosida toðiladi.
Po‘latning «suriluvchanlik chegarasi» va «uzoq mustahkamlik chegarasi» unga molibden, volfram, vanadiy, nikel materiallari qo‘shilganda ortadi.
Yuqori haroratda ishlovchi har xil kuchlanish ostida bo‘lgan detallar – boltlar, prujinalar, birlamchi olgan deformatsiyalari o‘zgarmagan holda o‘z-o‘zidan kuchlanishi pasayib qoladi. Bu holga «relaksatsiya» hodisasi deyiladi.
Relaksatsiya – yuqori harorat ta’sirida egiluvchan defor- matsiyaning plastik deformatsiyaga aylanib qolishi. Birlamchi kuchlanishning kamayishi jihozlarning germetikligini yo‘qotadi yoki uning ishlashi buziladi. Relaksatsiya hodisasining oldini olish uchun birikish joylari – flyaneslarning boltlarini 2–3 marta ishchi haroratda boshlang‘ich kuchlanishdagidek tortib qo‘yiladi.
Ba’zi bir po‘latlar yuqori haroratda strukturasining stabilligini buzilishiga, asosan, «grafitlanishlikka» kristallitlar orasidagi korroziya va issiqlik mo‘rtligiga moyil bo‘ladi. Grafitlanishga moyillik
uglerodmolibdenli po‘latlar va kulrang cho‘yanda bo‘ladi. Grafitlanish jarayonini yo‘qotish uchun po‘latning tarkibiga oz miqdorda xrom qo‘shiladi.
Xromnikelli austenit po‘latlar 400°C dan yuqori haroratda kristallitlararo korroziyaga ta’sirchan bo‘ladi. Bu hodisa karbid zarralarining chegarasiga xromning tushishidir. Po‘lat zarralarida xromning kamayib qolishi natijasida korroziyaga uchraydi va mexanik xususiyati pasayadi. Kristallitlararo korroziyaga 1X18N9Ò markali po‘lat moyildir. Bu po‘latdan NQIK asosiy jihozlari tayyorlanadi. Agar apparatura yuqori haroratda ishlasa, u holda po‘latni stabillashtirish uchun yuqori haroratda qizdirish (kuydirish) kerak. Ba’zi bir po‘latlar 450°C da yuqori haroratda ishlaganda boshqa xususiyatlarini saqlagan holda «urishga cho‘ziluvchanligi»ni yo‘qotadi. Bunga «issiqlik mo‘rtligi» deyiladi va u past legirlangan po‘latlarda kuzatiladi. Ularni stabillash uchun molibden, volfram
va vanadiy metallari qo‘shiladi.
|
| |