• II BOB.
  • Po‘latlar
  • Neft va gaz1




    Download 1,33 Mb.
    bet8/55
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,33 Mb.
    #99030
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish
    7-sinf NI va Lab Dildoraxon 2022, Mamayusupova Shaxzoda, 4.Sertifikatlastiriw sxemalarin úyreniw, Axborot texnalogiyalari, 2-тема таза, REJA, 19-MAVZU, Ariza, шартнома lotin, Ш А Р Т Н О М А LOTIN, Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” Oʻquv ishlari boʻ-fayllar.org, “O`zbek adabiyoti tarixi”-www.hozir.org, O`zbekiston respublikasi-fayllar.org, Uyushgan gapning badiiy matnda qo llanishi mundarija Kirish I b
    Sinov savollari



    1. Neft va gazni qayta ishlash korxonalarida qo‘llaniladigan jihozlar qanday sinflanadi?

    2. Sinflangan jihozlarda bajariladigan jarayonlarni aytib bering.

    3. Sanoatda qanday jarayonlar mavjud?

    4. Nima uchun jihozlarni texnologik hisob qilinadi?

    5. Jihozlarning moddiy hisobi deyilganda nimani tushuniladi?

    6. Qanday jihozlar uchun issiqlik balansi (hisobi) qilinadi?

    7. Jihozning mexanik hisobi nimaga kerak?






    II BOB.


    NEFÒ KORXONALARINING JIHOZLARINI ÒAYYORLASHDA ISHLAÒILADIGAN ASOSIY MAÒERIALLAR

    Neftni qayta ishlash korxonalarining ish sharoitlarini hisobga olgan holda turli jihozlar va konstruksiyalarni tayyorlashda ishlatiladigan materiallarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi:



      1. Yuqori mexanik mustahkamligi.

      2. Yuqori daraja korroziyaga chidamliligi.

      3. Issiqqa barqarorligi.

      4. Yuqori va past haroratlarga chidamliligi.

      5. O‘zgaruvchan bosim (yuklar)ga chidamliligi.

    NQIK jihozlarini asosan payvandlash usuli bilan tayyorlanadi. Bundan istisno – yuqori bosimda ishlatiladigan jihozlar maxsus usulda presslab tayyorlanadi, shuning uchun konstruksiyada ishlatiladigan material yaxshi payvandlanish-ulanish (erish) qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak.
    NQIK jihozlarini yasashda asosiy konstruksiya materiali sifatida yuqori navli prokat, har xil qalinlikdagi listlar, quvurlar, quyilgan yoki mustahkamligi orttirilgan po‘latlar ishlatiladi. Ular, asosan, futerovka, oblisovkalashda va jihozlarning ba’zi bir qismlarini tayyorlashda ishlatiladi.


      1. Po‘latlar


    Po‘latlar quyidagicha sinflanadi; kimyoviy tarkibga ko‘ra (uglerodli va legirlangan), ishlatilishiga ko‘ra (konstruksiya, instrumental va alohida), ishlab chiqarish usuliga ko‘ra (oddiy, yuqori va oliy sifatli).


    Po‘latlarning xossalari va ularning strukturalariga qarab ularda tajriba o‘tkazilib, namunaga olingan metallning vaqtga nisbatan absolyut deformatsiyalanishi (yuk ta’sirida va yuqori haroratda) va oquvchanlik tezligi toðiladi.
    Po‘latning tarkibida qo‘shimcha sifatida har doim kremniy (0,1
    – 0,35%), marganes (0,35 – 0,7%), oltingugurt (0,08 – 0,05%), fosfor (0,03 – 0,05%) bo‘lib, ular po‘latning xususiyatiga har xil ta’sir ko‘rsatadi. Po‘latni eritish vaqtida unga oz miqdorda xrom, nikel, mis aralashib ketadi. Po‘latda bundan tashqari oz miqdorda vodorod (0,001%), azot (0,001%) va kislorod (0,01%) bo‘ladi. Bu gazlar ko‘rinmaydigan (yashirin) aralashmalar deb ataladi, ular po‘latning sifatini pasaytiradi.
    Xrom, nikel, molibden, vanadiy, volfram, alyuminiy, marganes, kremniy va boshqa elementlar har xil nisbatda va miqdorda po‘latning sifatini oshirish hamda legirlash uchun qo‘shiladi.
    Neftni qayta ishlash korxonalari jihozlarining konstruksiyalari uchun sifatli po‘latdan foydalaniladi. Ular, o‘z navbatida, uglerodli past legirlangan va legirlangan po‘lat deb ataladi. Po‘latning markasini tanlashda ko‘pgina omillarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Bularning orasida eng muhimlari, jihozning devorini ekspluatatsiya qilish davridagi maksimal va minimal haroratidir, chunki po‘latning mexanik xususiyatlari yuqori va past haroratda keng o‘lchamda o‘zgaradi.




        1. Download 1,33 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   55




    Download 1,33 Mb.