• Òexnologik hisoblash
  • Jihozlarni hisoblash usullari va navbatlari (ketma-ketligi)




    Download 1,33 Mb.
    bet5/55
    Sana15.11.2023
    Hajmi1,33 Mb.
    #99030
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
    Bog'liq
    Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish
    7-sinf NI va Lab Dildoraxon 2022, Mamayusupova Shaxzoda, 4.Sertifikatlastiriw sxemalarin úyreniw, Axborot texnalogiyalari, 2-тема таза, REJA, 19-MAVZU, Ariza, шартнома lotin, Ш А Р Т Н О М А LOTIN, Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” Oʻquv ishlari boʻ-fayllar.org, “O`zbek adabiyoti tarixi”-www.hozir.org, O`zbekiston respublikasi-fayllar.org, Uyushgan gapning badiiy matnda qo llanishi mundarija Kirish I b
    Jihozlarni hisoblash usullari va navbatlari (ketma-ketligi). Har bir jihoz (yoki mashina)ni tayyorlash ularni avval loyihalashdan boshlanadi. Jihozlarni ahamiyatiga qarab, uning o‘rganilganligiga, namunali loyihalarning borligiga qarab, ularni bir yoki ikki bosqichda loyihalanadi.
    Ko‘pgina hollarda jihozlarni bir bosqichda loyihalanadi, bunda tashkilot buyurtmachiga texnologik-ishchi loyiha beradi. Bu loyihada hamma hujjatlar, chizmalar, hisoblar keltirilgan bo‘ladi.
    O‘xshashi yo‘q jihozlar kam o‘rganilgan lekin texnologik jarayonda asosiy rolni bajaradi, shuning uchun u ikki bosqichda loyihalanadi.
    Birinchi bosqichda – texnologik loyiha. Bu bosqichda asosiy hisoblar va asosiy masalalar hal qilinadi. Òexnologik loyihada jihozlar konstruksiyasining asosiy qiymatlari beriladi. Aniqlangan va tasdiqlangan texnologik loyiha asosida ishchi chizmalar (eskiz) tuziladi.
    Loyihalash uchun asosiy berilgan kerakli ma’lumotlar: jihozning mahsuldorligi, ish rejimi, normal ishlash tartibi, xomashyo va mahsulotning korroziya hamda toksikologik
    xususiyatlari, shu jarayonni olib borilayotgan vaqtidagi texnika xavfsizligi masalalari ko‘rsatilgan bo‘ladi.


      1. Òexnologik hisoblash




    Òexnologik hisoblash jihozlarni optimal sharoitda ishlaydigan optimal o‘lchamlarini aniqlash uchun zarurdir. Buning uchun qayta ishlanadigan materiallarning massa oqimi, energetik xarajatlar, jarayonni olib borish uchun kerak bo‘lgan hamma parametrlar hisoblanadi.
    Kinetik qonunlarni tahlil qilib, jarayonning optimal parametrlari toðiladi, bu holda jihozlarning o‘lchamlari minimal bo‘lishi kerak. Masalan, issiqlik almashuvchi jihozlar loyihalanganda issiqlik almashuv yuzasining turlicha bo‘lishiga qaramasdan issiqlik almashinuvchi muhitlarning tezligini o‘zgartirish natijasida issiqlik berishni bir xilda (me’yorda) ushlab turish mumkin.
    Bu tezliklar qancha katta bo‘lsa, issiqlik almashuv yuzasi shuncha kichik bo‘ladi, lekin tezlikning ortishi natijasida hosil bo‘ladigan gidravlik qarshilikni yengishga energiyaning sarfi shuncha yuqori bo‘ladi. Jihozlarni texnologik hisoblash ma’lum tartibda olib boriladi va material hamda energetik hisoblash (issiqlik) balansi quyidagi tenglamalar bilan aniqlanadi:

    GH
    QH
    GK G H n ; (1.1)
    QK Qn . (1.2)

    Bunda: GH – boshlang‘ich materiallarning massasi;
    GK – olingan mahsulotlarning massasi;
    GH·n – materialning qaytarilmaydigan yo‘qotilgan qismi;
    å QH – boshlang‘ich issiqlik;
    å QK – mahsulot bilan jihozdan chiqib ketadigan issiqlik;
    å Qn – atrof-muhitga sarflanadigan issiqlik.
    Uzluksiz jarayonlar uchun material balansi vaqt birligida, uzlukli jarayonlar uchun esa bir operatsiya uchun tuziladi. Kiritilayotgan issiqliklarga boshlang‘ich material (xomashyo) bilan kiritilayotgan issiqlik, tashqaridan berilayotgan issiqlik va fizik yoki kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo‘ladigan issiqliklar

    kiradi. Agar jarayon issiqlik chiqishi bilan borsa, issiqlik effekti musbat kattalik va issiqlik yutish bilan borsa, manfiy kattalik hisoblanadi.
    Material va issiqlik (energetik) balansining qulay bo‘lishi uchun chizma yoki jadval shaklida tuziladi hamda barcha kirim va chiqimlar ko‘rsatiladi. Ular jihozning alohida qismlari uchun tuziladi. Material va energetik (issiqlik) balansi tuzilgandan so‘ng jihozning ichida ketayotgan jarayonning tezligi hamda harakatlantiruvchi kuchlari toðiladi va hisoblardan jihozning asosiy o‘lchamlari aniqlanadi.
    Ma’lumki, har qanday jarayon sistema muvozanatga kelmaguncha davom etadi. Masalan, har xil haroratli ikki jism kontaktda bo‘lganida jarayon ikkala jismning harorati bir xil bo‘lganida to‘xtaydi, ya’ni muvozanat holati vujudga keladi. Issiqlik almashinuvchi jismlarning haroratlaridagi farq issiqlik almashinuv jarayonining yurituvchi (harakatlantiruvchi) kuchi hisoblanadi. Òemperaturalar farqi qancha katta bo‘lsa, ya’ni muvozanat sharoitidan katta farq qilsa, jarayon shuncha intensiv ketadi. Shunday qilib, jarayonni xarakterlantiruvchi bu sistemaning muvozanat holidagi vaziyatdan farq qiluvchi darajasini ko‘rsatadi. Har bir jihoz hisoblaganda muvozanat va ishchi holatlaridagi parametrlarining kattaliklarini hisobga olgan holda olib borish kerak. Jihoz o‘lchamlarining jarayonni harakatlantiruvchi kuchi va uning tezligi bilan bog‘liqligini quyidagi tenglama bilan ifodalash
    mumkin:


    Download 1,33 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




    Download 1,33 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jihozlarni hisoblash usullari va navbatlari (ketma-ketligi)

    Download 1,33 Mb.