Neft va gaz1




Download 1,33 Mb.
bet3/55
Sana15.11.2023
Hajmi1,33 Mb.
#99030
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining jihozlarini tamirlash va ularga texnik xizmat korsatish
7-sinf NI va Lab Dildoraxon 2022, Mamayusupova Shaxzoda, 4.Sertifikatlastiriw sxemalarin úyreniw, Axborot texnalogiyalari, 2-тема таза, REJA, 19-MAVZU, Ariza, шартнома lotin, Ш А Р Т Н О М А LOTIN, Oʻzbek tilshunosligi” kafedrasi “tasdiqlayman” Oʻquv ishlari boʻ-fayllar.org, “O`zbek adabiyoti tarixi”-www.hozir.org, O`zbekiston respublikasi-fayllar.org, Uyushgan gapning badiiy matnda qo llanishi mundarija Kirish I b

I BOB.


NEFÒ VA GAZNI QAYÒA ISHLASH KORXONALARINING JIHOZLARINI SINFLASH HAMDA HISOBLASH USULLARI



    1. Jihozlarni sinflash




Neft va gazni qayta ishlash korxonalarining barcha jarayonlari ularni birlashtiradigan asosiy qonunlariga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  1. Gidromexanik jarayonlar (gaz va suyuqliklarni boshqa jihozlarga o‘tkazish, bir xil tarkibli bo‘lmagan suyuq va gaz sistemalarini ajratish, suyuqliklarni ajratish).

  2. Massa almashish jarayonlari (massa almashuv qonuniga binoan birga haydash, rektifikatsiya, absorbsiya, adsorbsiya, ekstraksiya, kristallizatsiya va quritish).

  3. Issiqlik jarayonlari (issiqlik berish qonunlariga muvofiq isitish, sovitish, kondensatsiya va bug‘latish).

  4. Mexanik jarayonlar (maydalash, tushirish va yuklash, sinflash va qattiq moddalarni aralashtirish).

  5. Kimyoviy jarayonlar (kimyoviy kinetika qonunlariga birlashtirilgan har xil kimyoviy reaksiyalar).

Barcha sanab o‘tilgan jarayonlar, shu jarayonlarni olib boriladigan aniq sharoitlarini hisobga olgan holda aniqlangan konstruksiyali jihoz va mashinalarda olib boriladi.
Bir turda fizik, fizik-kimyoviy va kimyoviy jarayonlar umumiy qonuniyatlar bilan tavsiflanadi va turli ishlab chiqarishlarda bir xil prinsiðda ishlovchi jihoz va mashinalarda olib boriladi.
Òexnologik jihozlarni ularda boradigan jarayonlarga qarab sinflash ularni o‘rganibgina qolmay balki har bir mashina va jihozni kompleks texnologik hamda mexanik hisoblash uchun kerakdir.

  1. Gidromexanik jarayonlarni bajarish, nasoslar bilan (suyuqliklarni uzatish), kompressor mashinalar bilan suyuq- liklarni uzatishda va gazlarni siqishda, tindirgichlar yordamida (qattiq jismlarni og‘irligi ta’sirida va suyuq fazada tarqalgan suv tomchilarini cho‘ktirish bilan), filtrlar bilan (mayda zarra-

chalardan tashkil topgan suspenziyalarni ajratishda), sentro- fugalar bilan (markazdan qochma kuch ta’sirida emulsiya va suspenziyalarni ajratishda), aralashtirgichlar bilan (bir xil tarkibli eritmalar, emulsiyali suspenziyalar, issiqlik va diffuzion jarayonlarni tezlatish uchun) hamda boshqa mashina va jihozlar yordamida olib boriladi.

  1. Issiqlik jarayonlarini amalga oshirish uchun quvurli pechlar, olovli isitkichlar qo‘llaniladi. Ularda yoqilayotgan yoqilg‘ining issiqligi xomashyoga beriladi. Neftni qayta ishlash korxonalarining issiqlik almashuvchi jihozlarida issiqlik regeneratsiya qilinadi yoki bug‘lar kondensirlanadi va shu qurilmalardan chiqayotgan distillyatlar sovitiladi.

  2. Massa almashinuvchi jihozlar sifatida asosan kolonna turdagi jihozlar ishlatiladi; bularga rektifikatsiya kolonnalari, absorberlar, adsorberlar, desorberlar va ekstraktorlar kiradi.

  3. Mexanik jarayonlar maydalovchi jihozlarda, tegirmonlarda, klassifikatorlarda va qattiq materiallarning dozatorlarida amalga oshiriladi.

  4. Kimyoviy jarayonlar har xil konstruktiv tuzilishga ega bo‘lgan reaktorlarda olib boriladi.

Asosiy texnologik jarayonni tashkil qilish usuliga qarab jihozlar to‘xtab (uzlukli) va uzluksiz (to‘xtovsiz) ishlaydigan jihozlarga bo‘linadi.
Òo‘xtab (uzlukli) ishlaydigan jihozlarga ma’lum vaqt oralig‘ida avval xomashyo va boshlang‘ich materiallar solinadi (katalizator) va jarayon to‘xtagandan so‘ng hosil bo‘lgan mahsulot tushirib olinadi.
Bunday sikl texnologik jarayonni olib borish vaqtining boshidan oxirigacha qaytariladi (takrorlanadi).
Òo‘xtovsiz ishlaydigan jihozlarning alohida ko‘rsatkichi – bu xomashyo, boshlang‘ich materiallar va tayyor bo‘lgan mahsulot to‘xtovsiz berib-olinib turiladi, sikl bo‘lmaydi, jarayon uzluksiz davom etadi.



    1. Download 1,33 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Download 1,33 Mb.