• Mazut fraksiyasi. (350 0 S dan yuqorida). Uni tеrmik krеkinglab, qo’shimcha miqdorda yoqilg’i va moylar olish mumkin. Gudron fraksiyasi.
  • 2.2. Neft, gaz kondensati va mazutni birlamchi qayta ishlash sanoati qurilmalari
  • Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/115
    Sana06.06.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #260912
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115
    Bog'liq
    Axrorovga

    Bеnzin fraksiyasi.
    (70-180°S). Turli xil avtomobil yoqilg’isini olish uchun 
    komponеnt sifatida qo`llanadi. Ikkilamchi qayta ishlash natijasida hosil bo’luvchi 
    oraliq qismlari asosida aromatik uglеvodorodlar (bеnzol, toluol, ksilol) olinadi. 
    Kеrosin fraksiyasi.
    (120-315°S). Bu fraksiyadan rеaktiv aviatsiya, traktor va 
    boshqa dvigatеllar uchun yoqilg’i olinadi. 
    Dizеl fraksiyasi.
    (180-350
    0
    S). Uni gazoyl dеb ataladi. Undan dizеl dvigatеllari 
    tеplovoz, suv kеmalari uchun yoqilg’i olinadi. 
    Mazut fraksiyasi.
    (350
    0
    S dan yuqorida). Uni tеrmik krеkinglab, qo’shimcha 
    miqdorda yoqilg’i va moylar olish mumkin. 
    Gudron fraksiyasi.
    (500°S dan yuqorida). Bu fraksiya juda yopishqoq bo’lib, 30-
    40°C da qotadi. Koks bitum va boshqa yopishqoq matеriallar olish uchun ishlatiladi. 
    2.2. Neft, gaz kondensati va mazutni birlamchi qayta ishlash sanoati qurilmalari
    Neftni fizik barqarorlashtirish jarayoni gaz komponentlarini siqib chiqarish 
    uchun mo‘ljallangan. Neft uzatilayotganda atrof muhit harorati va yuqori bosim 


    26 
    ta’sirida gazning to‘yingan bug‘lari o‘zi bilan birga benzin fraksiyasidagi kerakli 
    komponentlarni olib chiqadi. Bunday bug‘lanishlar rezervuarlarda neft va neft 
    mahsulotlarini quyish va bo‘shatishda kuzatiladi. Shuning uchun yo‘qotishlar 5% 
    (massa) gacha bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari neft tarkibida gazlarning bo‘lishi 
    quvurlarda bug‘ tiqinlarini hosil qilish xususiyatiga ega bo‘lib, uzatishni 
    qiyinlashtiradi. Neftni barqarorlashtirish qurilmasi konlarda quriladi va ishlatiladi. 
    Faqat neftni barqarorlashtirish uchun bir kolonkali qurilma qo‘llaniladi. Ikki 
    kolonnali qurilmada esa birida neftni ikkinchisida gazli benzinni barqarorlashtirish 
    o‘tkaziladi. Ikki kolonnali qurilmalar asosan tarkibi 1,5 % (massa) dan yuqori bo‘lgan 
    erigan gaz tarkibli neftlar uchun foydalaniladi. 
    Ikki kolonnali neftni barqarorlashtirish qurilmasining texnologik sxemasi 2.1-
    rasmda keltirigan. Kondagi ETYOTS (elektr toki yordamida tuzsizlantirish va 
    suvsizlantirish) qurilmasi rezervuarlaridan xom-ashyo neft 5 - nasos yordamida 6 - 
    issiqlik almashtirgich orqali haydalib 7 - bug‘li qizdirgichda qizdirilib, 60 
    0

    atrofidagi haroratda birinchi barqarorlashtirish 2 - kolonnaning yuqori tarelkasi 
    ostidan beriladi. Bu kolonna qalpoqchasimon tipidagi tarelkalar bilan jihozlangan 
    bo‘lib, ularning soni 16 dan 26 tagacha bo‘ladi. 
    Kolonnadagi ortiqcha bosim 0,2 
    - 0,4 MPa bo‘lishi 8 - suvli sovutgich-kondensatorda benzin bug‘larini 
    kondensatsiyalanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Neft tarelkadan tarelkaga 
    quyilishida yuqoriga ko‘tarilayotgan qizigan bug‘lar bilan to‘qnashadi va engil 
    fraksiyalari ajrala boradi. Kolonna pastki qismida harorat 1- pech orqali 
    sirkulyatsiyalanayotgan barqarorlashgan neft issiqligi hisobidan 105 - 130 
    0
    S da 
    ushlab turiladi. Barqarorlashgan neft kolonna pastidan 4 - nasos yordamida 6-issiqlik 
    almashtirgich orqali haydaladi va u o‘z issiqligini kirib kelayotgan xom-ashyo neftga 
    beradi. So‘ngra barqaror neft 19-havoli sovutgichdan o‘tib rezervuarga va neftni 
    qayta ishlash zavodlariga jo‘natiladi. 2 - kolonna yuqorisidan chiqayotgan gazlar va 
    bug‘lar aralashmasi 8-sovutgich-kondensatorda sovutiladi. Gazlar hosil bo‘lgan 
    kondensat bilan birgalikda 9 - gaz - suv ajratgichga tushadi. 9 - gaz-suv ajratgichning 
    yuqorisidan kondensatsiyalanmagan quruq (metan, etan) gazlar qurilmadan 
    chiqariladi. Gaz chiqarish quvuriga 10 - reduktsion klapan o‘rnatish orqali 2 - 


    27 
    kolonnada va 9 - gaz-suv ajratgichda bosim barqarorligi ta’minlanadi. 9 - gaz-suv 
    ajratgich vertikal ustunlarga bo‘lingan bo‘lib, qurilmaning pastki qismidan suv 
    chiqariladi. Ikkinchi yarmidan uglevodorodlar aralashmasidan iborat kondensat 11 - 
    nasos yordamida 17 - issiqlik almashgichga uzatiladi. Bu erda aralashma taxminan 
    70
    0
    S gacha qizdiriladi va shu haroratda 13 - barqarorlashtiruvchi kolonnaning 
    bug‘latish qismiga kiritiladi. Kolonna 30-32 ta yo‘laksimon tarelkaga ega bo‘lib, 
    undagi bosim 1,3-1,5 MPa da tutib turiladi.13 - kolonnani yuqori qismidan 
    chiqayotgan gazlar yengil gazlar (metan CH

    va etan C
    2
    H
    6
    ) og‘ir gazlarga (propan 
    C
    3
    H

    va butan C
    4
    H
    10
    ) 14 - suvli sovutgichda sovutilgandan keyin 15 - gaz separatorda 
    ajratiladi.
    Kondensatsiyalanmagan yengil gazlar 15 - gaz-separator yuqorisidan chiqishda 
    16 -reduktsion klapandan o‘tadi va 9 - gaz-suv ajratgichdan kelayotgan gazlar oqimi 
    bilan birlashadi. 13 - kolonnadagi bosim 16 - reduktsion klapan yordamida 1,2-1,5 
    MPa bosimda ushlab turiladi. 15 - gaz-ajratgichning pastidan ajraladigan 
    suyultirilgan gaz 20 - nasos orqali olinib bir qismi 13 – kolonna yuqori tarelkasidan 
    sovuq sug‘orish hosil qilish uchun beriladi. Qolgan qismi qurilmadan chiqariladi. 
    Kolonna yuqorisidagi harorat 40 - 50
    0
    S da ushlanadi. Erigan gazlarni to‘la ajratishiga 
    erishish uchun kolonna pastidagi harorat 120 - 130
    0
    S bo‘lishi kerak. Bunday 
    haroratni ta’minlash maqsadida barqaror benzin 13 – kolonna pastidan olinib, 12-
    qaynatgichda bug‘ yordamida qizdirilib kolonnaga qaytib beriladi. 
    Qaynatgichda 
    benzin 160 – 180 
    0
    S gacha suv bug‘i bilan qizdiriladi (0,3 - 0,5 MPa bosimda). 
    Qaynatgichda hosil bo‘lgan bug‘lar 13 -kolonnaga, suyuq barqaror qismi esa 12 - 
    qaynatgichning ichki to‘siqlari orqali sizib o‘tib, tizimning bosimi ostida 17 - issiqlik 
    almashgichdan o‘tib, 18-sovutgichda sovutiladi. So‘ngra barqaror benzin 
    saqlanadigan rezervuarga jo‘natiladi. Yengil neftni barqarorlashtirish natijasida uning 
    tarkibidan metan, etan va propan 95% gacha ajratiladi. Neftni 40
    0
    S dagi to‘yingan 
    bug‘lar bosimi 0,55 dan 0,03 MPa gacha pasayadi, bu esa neftni tashish va saqlashda 
    uning doimiy fraktsion tarkibda qolishini kafolatlaydi.


    28 
    2.
    1

    ra
    sm.
    Ne
    ftni
    ba
    rqa
    ro
    rlas
    hti
    ris

    qur
    il
    mas
    ini
    ng 
    texnologi

    sxe
    mas
    i. 
    1
    -quvur
    li
    pe
    ch; 
    2

    13
    -kolonnala


    3,
    4,
    5,
    11

    20
    -na
    sos
    lar

    6,
    17
    -is
    si
    q
    li

    alm
    as
    hti
    rgichla
    r; 
    7
    -qizd
    ir
    gich

    8,
    14
    -s
    ovutgi
    ch 
    k
    onde
    ns
    ator
    lar

    9
    -ga
    z
    -s
    uv 
    ajr
    atg
    ich; 
    10,
    16
    -r
    eduk
    ts
    ion 
    klap
    anlar
    ;12
    -qa
    yna
    tgi
    ch

    15
    -ga

    se
    pa
    ra
    tor
    i; 
    18
    -s
    ovutgi
    ch; 
    19
    -ha
    voli
    s
    ovutgi
    c
    h.


    29 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi

    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish