• Bu jarayon unumdorligiga ta`sir etuvchi omillar
  • Tomchilarning qo‘shilishi




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/115
    Sana06.06.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #260912
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   115
    Bog'liq
    Axrorovga

    Tomchilarning qo‘shilishi: 
    -suv tomchilarining o‘zgaruvchan tok ta’sirida batartib joylashuvi va harakati; 
    -suv tomchilarining o‘zaro tortishuvi tufayli birlashuvi osonlashadi va birikish
    yuz beradi. Neft tarkibida suvning foiz miqdori yuqoriligi va elektr maydoni 
    kuchining kattaligi deminerallashgan suv miqdorini oshiradi.
    Deminerallashgandan keyingi qo‘shimcha neytrallash. 
    Bu jarayonning vazifasi: deminerallangan neftga soda (NaHCO
    3

    eritmasini yuborishdan maqsad qolgan tuzlar (Mg Cl
    2
    , Ca Cl

    ) ni Mg (OH)

    va
    CaCO
    3
    holida ajratib olish va chiqarib tashlash. Neftda qoladigan NaCl 
    atmosferali haydash cho‘kmasi bilan chiqarib yuboriladi.
    Bu jarayon unumdorligiga ta`sir etuvchi omillar: 
    - “neft-suv” muhitida kam miqdordagi tuzlar bilan neytrallovchi reagent 
    o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashuvning qiyinligi; 
    - ortiqcha olinishi mumkin bo‘lgan soda ta’sirida jihozlarning emirilishini oldini 
    olish uchun zarur bo‘lgan soda miqdorini aniqlash. Optimal soda miqdori 1tonna 
    neftga 5-10 gramni tashkil qiladi. 
    Yuqorida aytib o‘tilgan tadbirlar amalga oshirilgandan so‘ng deminerallangan 
    neftni atmosferali haydash kolonnasi boshidagi kondensatorda yig‘iladi. Uning 
    tarkibi uglevodorod va oz miqdordagi suv aralashmasidan iborat bo‘lib, oson 
    kondensatsiyalanadi. Kondensatsiyalanish “neft-suv” nisbatiga (ularning partsial 
    bosimiga) bog‘liq.


    32 
    Uning oldini olish uchun kondensatsiyalanishning quyidagi ikki usulidan 
    foydalaniladi:
    1. Suvli muhitdagi HCl ni neytrallash; 
    2. Metall sirtida himoya pardasi hosil qiluvchi aminobirikmalarni purkash. 
    HCl ni neytrallash barcha komponentlar kondensatsiyalanishidan avval ikki 
    usulda neytrallanadi: 
    a) Ammiak (NH
    3
    ) bilan neytrallash. 
    Bu usulda sistemaga gaz holidagi ammiak yuboriladi va HCl gazsimon holdagi 
    ammoniy xlorid (NH

    Cl) tuziga aylantiriladi. Bu tuz kondensatsiyalangan suvda 
    erib HCl hosil qiladi va uning miqdorini pH-metr bilan aniqlab, neytrallangan 
    HCl miqdori aniqlanadi. 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   115




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish