• Neytrallovchi aminobirikmalardan foydalanish.
  • Bu usulning kamchiliklari




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/115
    Sana06.06.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #260912
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115
    Bog'liq
    Axrorovga

    Bu usulning kamchiliklari: 
    1. Sistemadagi HCl miqdori ko‘p bo‘lsa, ko‘p miqdorda tuz hosil bo‘lib, gaz 
    holidan kristall holidagi moddaga aylanadi va kondensatsiyalanishdan avval tuz 
    cho‘kindisi kolonna tubida cho‘kadi, natijada “cho‘kindi ta’siridagi” juda xavfli 
    korroziya turini keltirib chiqaradi. Bu “boshak”dagi xloridlar miqdori 50 ppm 
    bo‘lganda sodir bo‘ladi.
    2. Ammiak sistemaga kiritilganda pH ning ortishi oqibatida gaz holidagi H
    2

    ning suvda eruvchanligi ortadi. Bu qo‘shimcha H
    2
    S li korroziya jarayonini yuz 
    berishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun deminerallash suvini qizdirib
    erigan ammiakni bug‘latib turish kerak.
    Neytrallovchi aminobirikmalardan foydalanish. 
    Atmosferali haydash kolonnasida vodorod xloridni neytrallash uchun 
    morfolik geterostiklik aminobirikma O(CH
    2
    -CH
    2
    )
    2
    NH dan foydalaniladi. Uning 
    ta’sirida O(CH
    2
    -CH
    2
    )
    2
    NH+HCl = O(CH
    2
    SH
    2
    ) NH
    +
    2
    Cl
    -
    suvda eruvchan
    barqaror tuz hosil bo‘ladi. Deemulgatorlar adsorbsiya qavatini buzib mayda suv 
    tomchilarini bir-biriga qo‘shilishidan yirik tomchilar hosil qiladi va emulsiyani 
    tindirish orqali ajralishi tezlashadi. Bu jarayon yuqori haroratda ( odatda 80-120
    0
    C) 
    tez boradi. Shuni e’tiborga olish kerakki, 120
    0
    S dan yuqori haroratda neft 
    qovushqoqligi kam o‘zgaradi, shuning uchun deemulgatorlar ta’sir samarasi 


    33 
    sezilarli darajada ko‘tarilmaydi. Neftni qayta ishlash zavodlarida uch turdagi 
    elektrodegidratorlar 
    ishlatiladi 

    vertikal, 
    gorizontal 
    va 
    sharsimon. 
    Elektrodegidratorlar tavsiflari quyidagi jadvalda keltirilgan: 
    3.1-jadval
    Ko‘rsatgichlari 
    Verti 
    kal 
    Sharsimon 
    ED Sh-600 
    Gorizontal 
    1EG-160 2EG-160 
    Diametr, m 

    10,5 
    3,4 
    3,4 
    Hajmi, m
    3
    30 
    600 
    160 
    160 
    Ruxsat etilgan
    harorat, 
    0

    70-80 
    100 
    110 
    160 
    Me’yoriy bosim, 
    0,34 
    0,69 
    0,98 
    1,76 
    Quvvati, t/soat 
    10-12 
    230-205 
    180-190 
    200-250 
    Elektrodlar orasidagi kuchlanish, kV 
    27-33 
    32-33 
    22-44 
    22-44 
    Elektr tuzsizlantirish qurilmalari ikki bosqichda ajratuvchi, ya’ni 1-
    bosqichda sho‘r suvlarni 70-80 % (massa) ni va tuzlarni 95-98% (massa) ni 
    ajratadi. 
    2-bosqichda esa qolgan emulsiya suvlarini 60-65 % (mass)ni va tuzlarni 
    taxminan 92% (mass) ni ajratadi. Zamonaviy elektrtuzsizlantirish qurilmalari 
    orasida gorizontal elektrodegidratorlar imkoniyatlari yuqoriligi va ko‘pgina 
    qulayliklarga egaligi bilan ajralib turadi, ya’ni uning elektrodlar yuzasi kattaligi, 
    ishlab chiqarish quvvati yuqoriligi, shuningdek, neftning vertikal harakat 
    tezligini past bo‘lishidadir. Bu esa jarayonni ancha yuqori harorat va bosimlarda 
    o‘tkazish imkonini berib, suvni yaxshi cho‘kishini ta’minlaydi. Elektrodlar 
    orasidagi ruxsat etilgan kuchlanishni (22-44 kV) oshirish samarasizdir, ya’ni suv 
    tomchilari ajralishi qaytar holatga o‘tib, emulsiya mustahkamligini oshishiga 
    olib keladi.

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   115




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish