Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/115
Sana06.06.2024
Hajmi3,46 Mb.
#260912
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115
Bog'liq
Axrorovga

Transmission moylar 
Bu guruhdagi moylar avtomobillar, traktorlar, transmissiya agregatlari va 
har xil reduktorlarni, tishli uzatmalarini moylash uchun ishlatiladi. Transmissiya 
moylarini asosiy xususiyatlaridan biri shundaki ularni uzoq vaqt davomida 50-


115 
150
0
C harorat oralig‘ida almashtirmasdan foydalanish mumkin. Transmissiya 
moylari tishli uzatmalarda kontaktlashish joylarida yuqori kuchlanishda 
yemirilishini oldini oladi. Moylar moylash xossalarini yuqoriligi bilan birga 
harorat – qovushqoqli xossalari ham yaxshi bo‘lishi kerak ya’ni, ular 
yemirilishni oldini olishi, issiqlikni chiqarishi, shesternyalarni shovqini va 
vibratsiyasini pasaytirishi, ularni urinishdagi kuchlanishlardan himoya qilishi 
kerak. 
Mexanik transmissiyali uzatish korobkasi moylari va gidromexanik 
korobkali moylar farqlanadi. Mexanik transmissiyada moylarni asosiy 
funkstiyasi moylashdir, gidromexanikada esa bundan tashqari asosan gidravlik
muhit sifatida xizmat qiladi. Zamonaviy avtomobil transmissiyalarida moyning 
harorati qoidaga ko‘ra 100
0
C dan oshmasligi kerak, ammo kontaktlashish 
nuqtalarida harorat 800-1000
0
C ga yetishi mumkin. 15 xil markadagi 
transmission moylari ishlab chiqariladi, ular shartli ravishda uch guruhga 
bo‘linadi: Qo`ndirmasiz yoki kimyoviy kam aktivli qo`ndirmali (73-2, EFO, 
DF-11). O‘rta aktivlikdagi qo`ndirmali (LZ-23k, OTP, LZ-619 va boshqalar). 
Yuqori aktivli yemirilishga qarshi qo`ndirmali moylar (LZ-30912, xloref-40). 
Klimatik sharoitlarga bog‘liq holda yozgi (TAP-15 V), qishgi (TS-10-OTP), 
arktik (TS
3
-9-shp) va barcha fasllarga mos (TE-15-780) transmission moylari 
farqlanadi. Transmissiya moylarni katta qismi ekstraktlar yoki qoldiq moylarni 
distilyatlar bilan aralashtirish yo‘li bilan tayyorlanadi. TAP – 15 V moyi qoldiq 
ekstrakt 
va 
distillyat 
moylari 
aralashmasiga 
(AZNII-SIATIM-1,OTP) 
qo`ndirmalar qo‘shib tayyorlanadi.
 
Umumiy foydalanishda ishlatiladigan bu 
moy past haroratlardagi xossalari yaxshi bo‘lmasada ko‘proq ishlatiladi. Bir xil 
va issiq klimatik zonalarda TAp-15V moyini hamma fasllarda ishlatish mumkin.

Download 3,46 Mb.
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   115




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish