12.3. Avtomobil va aviatsiya benzinlari
Tovar benzinlari neftni qayta ishlashning har xil jarayonlaridan olingan
benzin
fraksiyalarini
kompaundirlash
bilan
olinadi.
Komponentlarni
aralashtirish benzin fraksiyalari resurslari va har bir komponentning
xossalaridan ratsional foydalanish va talab qilingan sifatli tovar mahsulot olish
imkonini beradi.
Tovar avtomobil benzinlarini tayyorlashda qo‘llaniladigan komponentlar
sifati va miqdori bilan bir – biridan farq qiladi. Hozirgi vaqtda neftni qayta
ishlash zavodlarida quyidagi markadagi avtomobil benzinlari ishlab chiqariladi:
A-80, AI-93 va AI-98 (12.2-jadval). Undan tashqari kam miqdorda maxsus
texnik shartlarda “ekstra” benzini ham ishlab chiqariladi. Termik kreking,
katalitik kreking, katalitik riforming, kokslash, gidrokreking, alkillash,
polimerlash, izomerlash va boshqa neftni qayta ishlash jarayonlaridan to‘g‘ri
haydash bilan olingan komponentlarni aralashtirish yo‘li bilan zamonaviy
benzinlar tayyorlanadi. Ko‘p hollarda tovar benzinlaridagi komponentlarning
nisbati uning detonatsion mustahkamligini, fraktsion tarkibiga qo‘yiladigan
talablarni oltingugurt miqdorini va kimyoviy barqarorligini aniqlab beradi.
12.2-jadval
Tovar benzinlarining xarakteristikasi
A-80
AI-93
AI-
98
ekstra
AI-95
Oktan soni, laboratoriya usulida
-
93
98
95
Oktan soni motor usulida
80
85
89
87
TES miqdori
Yo‘q
yo‘q
yo‘q
yo‘q
Frakstion tarkibi,
0
C b.q.harorati
35
35
35
30
10%, yuqori emas
79/65
70/55
70
68
50%, yuqori emas
115/100 115/100
115
115
90%, yuqori emas
180/160 180/160
180
140
Oxirgi qaynash harorati, yuqori emas
195/185 195/185
195
185
5 soatda filtrdagi bosimlar farqi, MPa
0,083
0,01 0,01 0,01
Isitgichdagi qoldiqlar, ball
2
2
0
-
Lyuminometrik soni
55
55
45
45
Yopiq tigelda chaqnash harorati,
0
S
28
28
62
45
159
Tarkibidagi smola miqdori, mg/100 ml
ishlab chiqarish joyida
5
5
5
3
Iste’mol joyida
10
7
7
3
Oksidlanishning induktsion davri, min
900
900
900
600
Oltingugurt miqdori, %
0,10
0,10
0,10
0,05
Rangi
yashil
Ko‘k
sariq rangsiz
To‘g‘ridan - to‘g‘ri haydalgan benzinlarda ko‘p miqdorda smola hosil
qiluvchi parafin uglevodorodlari bo‘lib ularning detonatsiyaga barqarorligi past
va oktan soni ham kichikdir. Faqat saralangan neftlardan to‘g‘ri haydalgan oktan
soni 70 ga yaqin benzinlar olish mumkin. Biroq bunday neftlarning resursi kam
hisoblanib ularni alohida zavodlarda qayta ishlash qiyinchiliklarga olib keladi.
To‘g‘ri haydalgan benzinlarning oxirgi qaynash harorati pasayishi bilan ularning
detonatsion barqarorligi ortadi. Masalan 28-200
0
S dagi fraksiyaning oktan soni
41, 28-180
0
S dagi fraksiya – 46, 28-120
0
S dagi fraksiya – 58, 28-85
0
S -68, 28-
62
0
S – 75 oktan soniga teng. Termik kreking benzinlarida to‘yinmagan
uglevodorodlarning miqdori ko‘p bo‘lgani uchun ularning detonatsion
barqarorligi yuqori, shuning uchun termik krekingdan olingan benzinlarning
oktan soni to‘g‘ri haydashdan olingan
benzinlarning oktan soniga nisbatan
yuqori hisoblanadi. Katalitik kreking benzin tarkibida aromatik va
izotuzilishdagi parafin uglevodorodlarining ko‘pligi sababli termik kreking
benzinlaridan detonatsion barqarorligi yuqori bo‘ladi. Katalitik riforming
jarayoni to‘g‘ri haydalgan benzinlarni detonatsion barqarorligini oshirish
maqsadida olib boriladi. Riforming benzinlari tarkibida 70% gacha aromatik
uglevodorodlari bo‘lganligi sababli, yuqori oktan soniga ega bo‘ladi. Tovar
benzinlarining komponenti sifatida riforming benzinlari to‘liq holda va alohida
fraksiyalari ishlatiladi. Yengil xom – ashyodan olingan katalitik kreking benzini
oktan soni motor usulida 75 ga teng, odiy rejimdagi platforming benzini oktan
soni – 77, rejimda – 86, toluolsiz
oddiy rejimdagi riforming benzini – 70 ga
teng. Tovar benzinlarini detonatsion barqarorligini oshirish uchun maxsus
tayyorlangan yuqori oktanli komponentlardan ham foydalaniladi (12.3-jadval).
160
Benzinlarni har xil komponentlar aralashmasi detonatsion barqarorligi har doim
ham additivlik qonuniga bo‘ysunmaydi.
|