12.3-jadval
Benzinga qo‘shiladigan yuqori oktanli komponentlar
Nomlanishi
Tajriba
usulida
oktan
soni
Motor
usulida
oktan
soni
Butan fraksiyasi
94
89
Izobutan fraksiyasi
101
97
Izopentan fraksiyasi
93
90
Pentamilyanovaya fraksiya
90
87
Gazli benzin (30
0
C.....103
0
C)
89
86
Izooktilen
100
88
Polimer benzin
100
85
Alkilat
92
90
Alkil benzin (alkilatning keng fraksiyasi)
90-94
88-92
Toluol
115
103
Piro benzol
102
88
Alkil benzol
107
100
Texnik izooktan
100
100
C
5
-C
6
fraksiyasi izomerlash mahsulotlari (izomerizat)
81-87
79-85
Bu
holni
bazaviy
benzinlarni
aromatik
uglevodorodlar
bilan
aralashtirganda hisobga olish kerak. Hozirgi vaqtda har xil markadagi tovar
benzinlarini olishda quyidagi retseptlar qo‘llaniladi:
Benzin A – 80. A-80 benzinini etillanmagan holda olishda uning tarkibi
o‘zgartiriladi, ya’ni katalitik jarayonlardan olingan komponentlar miqdori
oshiriladi yoki platforming benzinidan foydalaniladi.
Benzin AI-93 - qattiq rejimdagi platforming benzini bazasida olinadi.
Fraktsion tarkibiga qo‘yiladigan talabni bajarish uchun unga oz miqdorda
alkillash
va izomerlash mahsulotlari, to‘g‘ri haydalgan benzin fraksiyalari
qo‘shiladi.
AI-98 benzini. Etillanmagan AI-93 benziniga etil suyuqlini qo‘shish bilan
AI-98 benzini olinadi. AI-98 benzinini etillanmagan holda olish uchun ko‘p
161
miqdorda alkilat, izomerizat va boshqa yuqori oktanli komponentlar kerak
bo‘ladi.
Fraktsion tarkibi va to‘yingan bug‘ bosimiga ko‘ra barcha avtomobil
benzinlari yozgi va qishgiga bo‘linadi. Qishgi benzinlar 1 oktyabrdan 1
aprelgacha bo‘lgan vaqtda shimol va shimoliy sharqiy o‘rta klimatik zonalarda
ishlatishga mo‘ljallangan. Ular sovuq dvigatelni qizdirmasdan – 30
0
C gacha
bo‘lgan haroratda o‘t oldirish xossasiga ega va ta’minlash sistemasida 30
0
C
haroratgacha gazli tiqinlar hosil qilmaydi. Yozgi benzinlar 1 apreldan 1
oktyabrgacha bo‘lgan vaqtda janub va janubiy – g‘arbiy o‘rta klimatik zonalarda
qo‘llanishga mo‘ljallangan. Yozgi benzinlardan foydalanganda havo harorati 45
– 50
0
C dan oshgandagina ta’minlash sistemasida bug‘ tiqinlari hosil qilishi
mumkin, sovuq dvigatelni -10
0
C da o‘t oldirishi mumkin. Neftni qayta ishlash
zavodlarida qishgi benzin navlarini tayyorlash uchun maxsus engil qaynovchi
komponentlardan foydalaniladi (butan – butilen, gazli benzin, texnik izopentan).
O‘t oldirish xususiyatini yaxshilash uchun benzinga butan aralashmasini
qo‘shish yaxshi samara beradi, biroq bunda bug‘li tiqinlar hosil qilishi ortadi.
Shuning uchun tovar benzinlarini tayyorlashda butanlarning miqdori 10% dan
oshmasligi kerak. Qishgi tovar benzinlarga gazli benzinni qo‘shish uning o‘t
oldirish xususiyatini texnik izopentanga nisbatan yaxshiroq samara beradi.
Avtomobil benzinlarining barcha komponentlarining kislotaliligi odatda 0,1-
0,3 /10 mldan yuqori bo‘lmaydi. Bu tovar benzinlariga qo‘yilgan norma (3mg
/100 ml) dan past hisoblanadi. Benzinlarni neft bazalarida uzoq saqlaganda
ularni kislotaliligi ortadi, ammo ularni hatto uzoq saqlaganda ham ruxsat etilgan
me’yordan oshmaydi. Tovar benzinlarning kislotaliligi ularga kislotali
oksidlanishga qarshi qo`ndirmalarni (masalan daraxtdan olingan smolali
oksidlanishga qarshi) qo‘shganda ortadi. Korrozion agressivlik jihatdan
benzinga fenolli oksidlanishga qarshi qo`ndirmalar qo‘shilganda kislotalilikni
ortishi xavfli emas. Bu benzinlarning kislotaliligi saqlash vaqtida bir muncha
pasayadi. Tovar benzinlarini induktsion vaqtini talab darajasigacha etkazish
uchun termik va katalitik kreking komponentlarini oksidlanishga qarshi
162
qo`ndirmalar bilan barqarorlashtiriladi. Ular quyidagilar: 0,13% gacha daraxtli-
smolali oksidlanishga qarshi, FU-16 0,05% va p-oksidi fenilamin 0,01%
yordamida. Yuqorida sanalgan oksidlanishga qarshi qo`ndirmalarni benzinga
aromatik uglevodorodlardagi eritmalar ham kiritish kerak. Oksidlanishga qarshi
qo`ndirmalarni benzinga kiritish ularni saqlash muddatlarini o‘zgartirish
imkonini beradi. Benzin tarkibidagi oltingugurtning miqdori 0,1 – 0,05% dan
oshmasligi
kerak.
Kelajakda
tovar
benzinlari
tarkibida
platforming
komponentlari miqdori oshishi bilan oltingugurtning miqdori kamayishi
kutiladi.
Bu yoqilg‘ilar tovush tezligigacha va tovush tezligidan yuqori dvigatelar
yoqilg‘ilariga bo‘linadi. Yoqilg‘ilarni bunday bo‘lish ularni foydalanishdagi
harorat sharoitlarining farqiga bog‘liq, chunki bu dvigatellar har xil harorat
sharoitlarida ishlaydi. Tovush tezligidan yuqori uchuvchi samolyotlarda yoqilg‘i
samolyot konstruktsiyasining aerodinamik qizishi hisobiga qiziydi. Tovush
tezligidan 2 marta ortiq tezlikda uchadigan samolyotlarda yoqilg‘i 150-180
0
C
gacha qizishi mumkin.
Hozirgi vaqtda tovush tezligigacha bo‘lgan aviatsiya uchun uch markada
(T-1, TS-1 va RT) va tovush tezligidan yuqori bo‘lgan aviatsiya uchun ikki
markada (T-8 va T-6) gi yoqilg‘i ishlab chiqariladi.
T-1 yoqilg‘isi - kam oltingugurtli neftlardan olingan 150-280
0
C da
qaynovchi kerosin fraksiyasi. Bunday neftlardan kristallanish harorati - 60
0
C
bo‘lgan va oxirgi qaynash harorati 280
0
C bo‘lgan yoqilg‘i olish mumkin.
TS-1 yoqilg‘isi - oltingugurtli neftlardan olingan yoqilg‘i. T-1
yoqilg‘isidan fraktsion tarkibining engilligi bilan farq qiladi. Oltingugurtli
neftlar tarkibida, kam oltingugurtli neftlarga nisbatan parafin uglevodorodlari
miqdori ko‘p bo‘ladi. Oltingugurtli neftlardan olingan yoqilg‘ini kristalanish
haroratini -60
0
C ga tushirish uchun fraksiyani oxirgi qaynash haroratini 250
0
S
qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
RT-yoqilg‘isini barcha neftlardan gidrotozalash jarayonini qo‘llangan
holda olish mumkin. To‘g‘ri haydalgan va gidrotozalangan komponentlarni
163
aralashtirib ham olish mumkin. Yoqilg‘i yuqori termik barqarorligi, oltingugurt
miqdorini kamligi va tarkibida ekspluatatsion xossalarini yaxshilovchi
qo`ndirmalari borligi bilan ajralib turadi (12.4-jadval).
|