12.5. Bug‘ qozonlari uchun yoqilg‘ilar
Texnikaning ko‘plab sohalarida bug‘ turbinali qurilmalar kuch hosil hosil
qiluvchi agregatlar sifatida foydalaniladi. Kemalar va statsionar bug‘ qozonlari
qurilmalari yoqilg‘isi sifatida neftni qayta ishlash har xil jarayonlarining suyuq
qoldiq mahsulotlaridan foydalaniladi. Suyuq qozon yoqilg‘ilarining qattiq
yoqilg‘ilardan qator afzalliklari bor: yonish issiqligi katta, katta tezlik va to‘liq
yonishi, kam miqdorda suv va zolligi, tashish va saqlashning qulayligi. Suyuq
og‘ir neft yoqilg‘ilari (mazut) olti xil markada chiqariladi (12.5-jadval). flot
mazutlari F5 va F12, yoqish mazuti 40, 10, 200 va MP turidagi marten
pechkalari uchun F5 va F12 markadagi flot yoqilg‘ilari dengiz flotidagi
korabllarning bug‘ – qozon qurilmalari uchun mo‘ljallangan.
F-5 mazuti - oltingugurtli neftlardan to‘g‘ridan – to‘g‘ri haydash yo‘li
bilan olinadi (60-70% mazut va 30-40% gazoyl fraksiyasi), tarkibida 22%
gacha termik va katalitik kreking kerosin-gazoyl fraksiyasi bo‘lishi mumkin.
F-12 mazuti - kam oltingugurtli neftlarni qayta ishlash mahsulotlari
aralashmasi (60-70% mazut 10% gazoyl, 20-30% kreking qoldiq). 200-
markadagi mazutni olishda ba’zi holarda gudrondan foydalaniladi.
12.5-jadval
Mazutlarning xossalari
Ko`rsatgichlar
Flot mazutlari
Yonish mazuti
F5
F12
40
100
200
Shartli qovushqoqlik, 50
0
C da
5,0
12,0
-
-
-
80
0
C da neftli qovushqoqlik
-
-
8,0
15,5
-
100
0
C da shartli qovushqoqlik
-
-
-
-
0,5-
9,5
Zolligi, %
0,1
0,1
0,15
0,15
0,30
166
Mexanik aralashmalar miqdori, %
0,1
0,15
1,0
2,5
2,5
Suv miqdori, %
1,0
1,0
2,0
2,0
1,0
Oltingugurt miqdori,
2,0
0,8
-
-
-
Kam oltingugurtlida
-
-
0,5
0,5
0,5
Oltingugurtlida
-
-
2,0
2,0
2,0
Yuqori oltingugurtlida
-
-
3,5
3,5
3,5
Yopiq tigelda alangalanish
harorati,
0
C
80
90
-
-
-
ochiq tigelda alangalanish harorati,
0
C
-
-
90
110
140
qotish harorati,
0
C
-5
-8
10
25
36
yuqori parafinli neftlardan olingan
yoqilg‘i uchun qotish harorati,
0
C
-
-
25
42
42
40- yoqish
mazuti - kemalarning bug‘ – turbina qurilmalarida qo‘llaniladi.
100 va 200 esa ishlab chiqarish pechlarida statsionar qozon qurilmalarida
qo‘llaniladi. Yoqish mazutlari og‘ir kreking qoldiq va to‘g‘ri haydalgan
mazutlar aralashmasidan iborat.
Mazutning yonishi natijasida qozondevorlarida qiyin tozalanadigan
qurulmalar hosil bo‘ladi. Qurulmalarning ajralishi qozon qurilmalarining issiqlik
berishini buzadi, foydali ish koeffisiyenti (FIK) ni pasaytiradi. Undan tashqari
qozonmetal
devorida
yuqori
termik
kuchlanishni
keltirib
chiqaradi.
Qozonyoqilg‘isi tarkibida qurum hosil qiluvchi moddalar qancha ko‘p bo‘lsa
qozonqurilmalarining ishlashi buzilishi kuzatiladi. Flot mazutlarining zichligi
0,1%, yonish mazutlarining zichlig 0,15-0,30% dan oshmasligi kerak. Qozon
yoqilg‘ilarining korrozion agressivligi ular tarkibidagi oltingugurt va
vanadiyning umumiy miqdoriga bog‘liq. Mazut tarkibida oltingugurtli
moddalarning
yonish
mahsulotlari
yoqilg‘ini
yonish
mahsulotlari
kondensatsiyalanishi sovuq joyda korroziya keltirib chiqaradi. Vanadiyli
korroziya qozonllarning metallarini yuqori haroratda qiziydigan metall
yuzalarida kuzatishi mumkin. Qozon yoqilg‘ilarida vanadiyning miqdori 0,03-
0,02% ni tashkil etadi.
Qozon
yoqilg‘ilari tarkibida smolali moddalar miqdori
ko‘p, ular suv va mexanik aralashmalar bilan aralashganda turg‘un emulsiyalar
hosil qiladi. Bunday emulsiyalar yoqilg‘i ta’minlash tizimini to‘sib qo‘yib,
167
filtrlarni ishdan chiqaradi. Mazutni o‘tkir bug‘ bilan qizdirganda turg‘un
emulsiyalar hosil qiladi. Bunday emulsiyalarni barqarorlashtiruvchi sifatida
mazut tarkibida 10% gacha bo‘lgan asfaltenlar xizmat qiladi. Oltingugurtli
mazutlar asosan kreking mahsulotlarida turg‘un va qiyin eriydigan emulsiyalar
hosil bo‘ladi.
Qozon yoqilg‘ilaridan suvni ajratish uchun uni 100 -140
0
C gacha
qizdiriladi. Yoqilg‘idagi suvli emulsiyalarni buzishning yaxshi usuli
deemulgatorlarni qo‘llashdir. Qozon yoqilg‘ilari deemulgatorlari sifatida yog‘
kislotalari, fenollar (OP-7 va OP-10), natriy sulfokislotalaridan foydalaniladi.
Deemulgatorlarni zavodlarda qo‘llash yaxshi samara beradi.
|