Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/115
Sana06.06.2024
Hajmi3,46 Mb.
#260912
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115
Bog'liq
Axrorovga

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


168 
 
 
XIII- BОB. KOKSLASH JARAYONI, ISITILMAYDIGAN 
KAMERALARDA SEKIN-ASTA KOKSLASH JARAYONI 
 
13.1.Kokslash jarayoni haqida umumiy tushuncha. Kokslash jarayonining 
maqsadi. Isitilmaydigan kameralarda sekin-asta kokslash jarayoni 
Og‘ir neft qoldiqlarini krekinglashda qattiq koks, suyuq mahsulotlar va 
uglevodorod gazlari hosil bo‘ladi. Kokslashni bir marta yoki suyuq mahsulotni 
reaktsiya zonasiga qaytarish bilan amalga oshirish mumkin. Bunda chiqadigan 
gaz, koks va engil distillyatlar miqdori xom-ashyoga ko‘ra hisoblanganda ortadi. 
Bosim ostida olib boriladigan termokreking jarayonidan kokslashni 
farqi, termokrekingda hosil bo‘lgan og‘ir suyuq kreking – qoldiq tizimdan 
chiqarilib turiladi, kokslashda esa retsirkulyat sifatida reaktsiyaning eng og‘ir 
mahsulotidan foydalaniladi. Sanoatda kokslash jarayoni 3 turga bo‘linadi: 
davriy; yarim uzluksiz; uzluksiz. 
Davriy kokslash jarayoni gorizontal ko‘rinishdagi uzunligi 10-12 m va 
diametri 2-4,5 m gacha bo‘lgan kokslash kublarida o‘tkaziladi. Xom-ashyo 
kubga yuklanadi va kub ostida joylashtirilgan forsunka moslamasi yordamida 
asta-sekin qizdiriladi. Taxminan 300
0
C haroratli distillyat bug‘lari aralashishi 
boshlanadi, ular kondensatsiya va sovutish tizimiga tushadi. Kubni qizdirish 
450
0
C dan yuqori issiqlik ta’sirida bug‘ fazada ajratish qisqaradi va to‘xtaydi. 
Jarayon tugashi va kub tubida hosil bo‘lgan koksni toblash uchun tubdagi 
harorat 700-750
0
C gacha ko‘tariladi va u 1-3 soat davomida saqlab turiladi. 
Kubni sovutishdan so‘ng koks tushirish lyuki orqali chiqariladi. Kubning ish 
sikli 21dan 33gacha soatni tashkil etadi. Bitta tubdan 3-5 tonna koks olish 
mumkin. Davriy kokslash jarayoni qurilmasining kamchiligi ishlab chiqarish 
quvvati pastligi va ko‘p metall sarfini talab etadi. 
Yarim uzluksiz kokslash jarayonlari keramik pechlar va qizdirilmaydigan 
kokslash kameralarida o‘tkaziladi. Kokslash kublaridan farqi quvurli pechda 


169 
ma’lum xom-ashyo to‘xtovsiz qizdirib turiladi. Kokslash mahsulotlari bug‘lari 
rektifikatsion 
kolonnaga 
kiritiladi. 
Kokslash 
harorati 
boshlanishida 
maksimumga (maxsimum 1300
0
C) etadi, so‘ngra xom-ashyo koks qatlami hosil 
bo‘lishga sarflanadi va kokslash harorati ancha pasayadi. Hosil qilinadigan koks 
pirogini ruxsat etilgan qalinligi 130dan 200mm gachani tashkil etadi. Xom-
ashyo uzatish davomiyligi 2-2,5 soat
-1
. So‘ngra koks pirogi 1,5-2 soat davomida 
quritiladi. Koks mexanik itargichlar yordamida bo‘shatiladi. Odatda 
qo‘llaniladigan pechlar uzunligi 9m, eni 3m va balandligi 1,65m. Bunda koks 
pirogi 4 tonna atrofidagi massaga ega bo‘ladi va xom-ashyoga nisbatan 15-
20%ni tashkil etadi. Kokslashning asosiy xom-ashyolari, bular, kam 
oltingugurtli atmosfera va vakuum qoldiqlari, slanetsli smola, og‘ir neftlar va 
gilsonitlar hisoblanadi. Bu turdagi xom-ashyolar egiluvchan koks beradilar. 

Download 3,46 Mb.
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   115




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish