• 13.2. Uzluksiz kokslash jarayoni texnologiyasi
  • Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/115
    Sana06.06.2024
    Hajmi3,46 Mb.
    #260912
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   115
    Bog'liq
    Axrorovga

    13.1-jadval 
     Kokslash jarayoni xom-ashyo tavsifi va moddiy balansi.
    Ko‘rsatkichlar, xom-ashyo tavsifi 
    Gudron 
    Kreking qoldiq 
    Zichlik, kg/m
    3
    0,990 
    1,024 
    Kokslilik darajasi 
    16 
    23 
    Oltingugurt miqdori, % 
    2,8 
    3,3 
    Mahsulot chiqishi 
    Koks 
    24 
    35 
    C

    gacha bo‘lgan gazlar 
    11 
    11 
    Benzin 
    16 

    Engil va og‘ir gazoyl 
    49 
    47 
    Sirkulyatsiyalanish koeffistenti 
    0,3 
    0,3 


    173 
    13.2. Uzluksiz kokslash jarayoni texnologiyasi 
    Termo-kontaktli krekingning vazifasi miqdori 50% gacha bo’lgan 
    to’yinmagan uglevodorodli gazlar va aromatik uglevodorodli distilyatlarni 
    olishdan iboratdir. Xom ashyo sifatida yuqori oltingugurtli neft qoldiqlaridan 
    foydalalaniladi-vakuum haydalishdagi gudron yoki atmosfera haydashdagi 
    mazut. Uzluksiz kokslash jarayonining texnologik sxemasi 13.2-rasmda 
    keltirilgan. Ushbu jarayon neft kimyosi uchun mahsulotlar olishga 
    mo’ljallangandir: gazning yuqori miqdorda chiqishi, to’yingan uglevodorodlar 
    bilan boyligi, suyuq mahsulotlar tarkibidan benzol, toluyol va naftalin 
    mahsulotlari mavjud bo’lganda, og’ir fraksiyali texnik uglevodorodlarni ishlab 
    chiqarish uchun ashyo bo’lishi mumkin. Bu usulda jarayon rejimi nisbatan 
    yuqori, reaktordagi harorat 600
    0
    C va koks qizdirgichdagi harororat esa 670-
    700
    0
    C kokslashni gazoilda ayrim zavodlarda foydalaniladi (ayrim vaqtlarda 
    gidrotozalashdan so’ng). Katalitik kreking qurulmalarning ashyosidagi 
    komponentlar sifatida termokreking qurulma reaktor blokidan ( reaktor koks 
    qizdirgich, koksning separator muzlatkich, havo haydash moslamasi va h.k ) va
    ajratgich bloki kondensator, rektifikasion kolonna, bug’latish kolonnasi, 
    gazoseparator). Texnologik sxemasi quyida ko’rsatilgan. 
    Maxsulot - vakum kolonnaning pastki qismidan chiqadigan gudron yoki 
    atmosfera kolonnaning pastidan chiqadigan mazut. Nasos 14 yordamida 
    sepuvchi moslamalar 9 (forsunka tipi) orqali reaktor 11 ga yuboriladi, 
    reaktorning ichida to’xtovsiz serkulyatsiya qilib reaktorga bir xil miqdorida 
    harorat berish vazifasini bajaradi. Forsunkalar bir necha yarus balandlikda 
    o’rnatiladi katta qurulmalarda ularning soni 100 tagacha bo’ladi. Kreking 
    jarayoni koksning issiq molekulalari yuzasida amalga oshiriladi va uning 
    harorati 600-620

    C ga teng bo’ladi. Kokslanish mahsulotlari - gaz va bug’lar 
    qatlamdan chiqqandan so’ng koks changidan tozalanish uchun siklonli 
    separatorlar 12 tizimidan o’tib skrubber–porseal kondensator13 ga kelib tushadi. 


    174 
    Ushbu scrubber uzatuvchi liniyalarning kokslanib qolishini kamaytirish 
    maqsadida to’g’ridan to’g’ri reaktoga o’rnatilgan. Skrubberning ustiga sovutish 
    moslamasi sifatida sovutilgan og’ir gazoyl yuboriladi. Mahsulot bug’lari og’ir 
    gazoyl bilan kontakt natijasida bug’larning o’ta og’ir komponentlari 
    kondensatsiyalanadi. Kondensatsiyalangan aralashma skubber 13 ning pastki 
    qismidan olinadi, nasos 15 orqali reaktor 11 ga yuboriladi. Koks issiqlik 
    tashuvchi moddalari koks jarayonida mayin qatlam sifatida yig’ilgan qismlari 
    reaktorning bug’lanish sektsiyasiga tushiriladi, bu jarayonning o’zida ular suv 
    bug’ining qarama - qarshi harakatida yuviladi. Undan so’ng ular bukilgan
    quvur 8 (pnevmotransport) orqali koks qizdirgich 5 ga uzatiladi. Havoli isitgich 
    1 yordamida koks qizdirgichning taqsimlovchi chanbaragi 6 ostiga havo 
    haydaladi. Havoning hajmi serkulyatsiya qiladigan koksni yetarli haroratga 
    qizdirish uchun yetarli bo’lishi kerak. Koksni qizdirish jarayoni balansli 
    koksning ma’lum bir qismini yondirish natijasida amalga oshiriladi. Yonish 
    mahsulotlari (tutun gazlar ) ikki pog’onali siklonlardan 4 o’tib u yerda ulardan 
    koksning mayda qismlari ajratib olinadi va yo’qotilish uchun qozonga
    yuboriladi. Koks qizdirgich 5 da qizdirilgan koks bukilgan quvur 7 
    (pnevmotransport) orqali reaktor 11 ga qaytib keladi. Uzatuvchi muhit sifatida
    suv bug’i xizmat qiladi. Yoqilayotgan koksning hajmi yangi tashkil bo’lgan 
    koksning hajmidan kam bo’lganligi uchun uning ortiqchasi katta ko’rinish
    fraksiya elementlari sifatida separator muzlatgich 3 orqali tizimdan to’xtovsiz 
    chiqarilib turiladi. Nisbatan mayda qismlari esa separator muzlatgichdan koks 
    qizdirgich 5 ga qaytib keladi. Koksning mayda qismlarini katta qismlaridan 
    ajratish separatorning pastki qismiga yuborilgan suv bug’lari yordamida amalga 
    oshiriladi. Separatorning pastki qismidan kiritlgan koks suv bug’i yordamida 
    qabul qilgichga (pryomnik) o’tkaziladi. Reaktor blokida aylanayotgan koks 
    moddalarining o’lchamlari 0,075 dan 0,300 mm gacha bo’ladi, balansli 
    koksning moddalari esa 0,4 mm va undan yuqori. Koks qizdirgich 5 dan 
    reaktoning yuqori tubi 11 ga 10- chiziqli qism orqali issiq holda koks qismlari 
    uzatiladi. Shunday qilib bu yerda bug’larda bo’lgan koksning konsentratsiyasi 


    175 
    oshadi. Koksning qismlari siklon 12 ning kirish qismiga mexanik ta’siri 
    natijasida uning kokslanishining oldini oladi. 
    13.2-rasm. Uzluksiz kokslash jarayoni texnologik sxemasi. 
    1-kompressor, 2-yonish kamerasi, 3-separator-muzlatgich, 4, 12-siklonlar, 5-
    koksqizdirgich, 6-ajratuvchi panjara, 7, 8-pnevmotransport tarmog’i, 9-xom-
    ashyo taqsimlagichlar, 10-issiq bug` berish tarmog’i, 11-reaktor, 13-skrubber, 
    14, 16, 20, 21, 29-nasoslar, 17, 22, 26, 28-havoli sovutgichlar, 18-rektifikatsion 
    kolonna, 19-bug`latish kolonnasi, 23-muzlatgich, 24-suvgazajratgich, 25-issiqlik 
    almashtirgich, 27-bug` generator. 
    Benzin va suvning bug’lari hamda kokslanadigan gaz kolonna 18 ning 
    yuqorisidan chiqishida havoli sovutish qurulmalari 22 da va muzlatgich 23 da
    sovutiladi undan keyin gaz ajratgich 24 ga yuboriladi. Bu yerda yog’li gaz , 
    nostabil benzin va suvli kondensatga ajralish jarayoni yuz beradi. Benzin
    nasos 29 orqali qisman kolonna 18 ning yuqori tarelkasiga suvlash uchun
    yuboriladi, unung balansli miqdori esa issiqlik almashtirgich 25 dan so’ng
    stabillashtirishga yuboriladi. Bug’lanish kolonnasi 19 ning pastki qismidan 
    nasos 21 yordamida yengil gazoyl chiqariladi. Ko’p hollarda u issiqlik manbai 
    sifatida issiqlik almashtirgich 25 da nostabil benzinni qizdirish uchun
    foydalaniladi, ushbu benzin blokka fizik stabillash jarayoni uchun yuboriladi. 
    Undan so’ng yengil gazoyl havoli sovutgich muzlatgich 26 da qo’shimcha 


    176 
    sovutiladi va qurulmadan chiqariladi. Og’ir gazoyl kolonka 18 ning pastki 
    qismidan nasos 20 orqali so’rib olinadi va bug’ generator 27 hamda havoli 
    sovutish qurulmasi 28 ga yuboriladi. Qisman og’ir gazoyl suvlash maqsadida
    skubber 13 da foydalaniladi. Uning asosiy qismi esa qurulmaga o’tkaziladi. 
    Nasos 16 va havoli sovutgich 17 qurulmasi orqali isitish pechi 2 tizimni ishga 
    tushurishda bosim ostida qizdirish uchun xizmat qiladi. 

    Download 3,46 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   115




    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi

    Download 3,46 Mb.
    Pdf ko'rish