Innovasion va Hi-tech texnologiyalar. Sanoatning xom-ashyo va




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/113
Sana18.02.2024
Hajmi3,46 Mb.
#158424
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113
Bog'liq
Toshkent farmatseftika institute farmatsiya fakulteti 111 b guruh, 1-Маъруза. Биоорганик кимёга кириш, Taqdimot (5), The independant work-WPS Office, 1-ОН, axborot, 12-ameliy, 10-lab, 9-lab, 10-мавзу, O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b-fayllar.org, signallar va tizimlar 2-mustaqil ish, 1 ж, Select rpadoyinchi, 11, \' \' from func; So`rov natijasini tanla fayllar (3), Kompyuter modellashtirish 2 mustaqil ishi
1.3. Innovasion va Hi-tech texnologiyalar. Sanoatning xom-ashyo va 
 mahsulotlar assortimenti
 
"O`zbekneftgaz" MXK tomonidan 2015-2019 yillar davomida jami 54 ta 
investitsion loyihalarni amalga oshirish ko`zda tutilgan. Shu bois respublikada xorijiy 
sarmoyadorlarni jalb qilishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Eng ahamiyatli 
investitsion loyihalar qatorida Gazprom va Lukoyl (Rossiya), CNODC (KNR), 
Petrovetnam (Vetnam), KNOC (Koreya), SASOL (JAR), Orol loyihasi bo`yicha 
kompaniyalar Konsortsiumi va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda loyihalar 
amalga oshirilmoqda. 
Frantsiyaning "TECHNIP" kompaniyasi loyihasi asosida qurilgan Buxoro 
neftni qayta ishlash zavodning texnologik jarayonini shakllantirishda Frantsiyaning 
neft 
instituti, 
Amerikaning 
"Merikem" 
va 
Gollandiyaning 
"Komprimo" 
kompaniyalari litsenziyalaridan foydalanildi. Zavod bir yilda 2,5 million tonna neft 
va gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega. Uning avtobenzin, aviakerosin, dizel 
yoqilg’isi, uglevodorod eritgichi, mazut, suyultirilgan gaz, oltingugurt kabi 
mahsulotlari xaridorgir. Bu erda mahsulot sifatini yaxshilash, uni xalqaro 
standartlarga moslash dasturlari bo`yicha yuqori oktanli "AI-91", "AI-95" rusumli 
avtobenzinlar ishlab chiqarish texnologiyasi o`zlashtirildi. 2008 yil noyabr oyidan 
boshlab ekologik jihatdan toza va sovuq haroratga chidamli dizel yoqilqilari ishlab 
chiqarish yo`lga qo`yilgani yana bir yangilik bo`ldi. Bundan tashqari, "Boing" va 
"Aerobus" rusumli havo laynerlariga mo`ljallangan "Djet-A-1" rusumli aviatsiya 
yoqilg’isi ishlab chiqarila boshlandi. Xorijlik ekspertlar sinovidan a`lo darajada 
o`tgan bu mahsulot "O`zbekiston havo yo`llari" Milliy aviakompaniyasiga muntazam 
ravishda etkazib berilmoqda. Shuningdek, BNQIZda "Sanoat kooperatsiyasi asosida 
tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni 
mahalliylashtirish dasturi"ga ko`ra, respublikamizda faoliyat yuritayotgan lok-bo`yoq 
ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun zaruriy xomashyo-uglevodorod eritgichi ishlab 
chiqarilmoqda. BNQIZda to`rtta xalqaro standart sertifikatiga ega bo`lgan Markaziy 
Osiyodagi 
yagona 
korxona 
hisoblanadi. 
Bu 
erda 
ishlab 
chiqarishni 
modernizatsiyalash, xalqaro andozalarga moslashtirish ishlari muntazam olib 


16 
boriladi. Masalan, Buyuk Britaniyaning "UNIX TECHNO PLUS LTD" kompaniyasi 
bilan shartnoma tuzilib, dunyoning etakchi "UOP" va "HONEYWELL" 
kompaniyalari bilan hamkorlikda qurilmalarni audit qilish, dastlabki iqtisodiy-texnik 
asoslarni yaratish bo`yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan maqsad 
mahsulot sifatini "Evro-4,5" darajasiga olib chiqish, qolaversa, ikkinchi bosqichda 
mahsulot qayta ishlanish darajasini 95 foizga etkazishdir. 

Download 3,46 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Innovasion va Hi-tech texnologiyalar. Sanoatning xom-ashyo va

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish