Jahon neftni qayta ishlash sanoati rivojlanisi va uning hozirgi holati




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/113
Sana18.02.2024
Hajmi3,46 Mb.
#158424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113
Bog'liq
Toshkent farmatseftika institute farmatsiya fakulteti 111 b guruh, 1-Маъруза. Биоорганик кимёга кириш, Taqdimot (5), The independant work-WPS Office, 1-ОН, axborot, 12-ameliy, 10-lab, 9-lab, 10-мавзу, O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b-fayllar.org, signallar va tizimlar 2-mustaqil ish, 1 ж, Select rpadoyinchi, 11, \' \' from func; So`rov natijasini tanla fayllar (3), Kompyuter modellashtirish 2 mustaqil ishi
Jahon neftni qayta ishlash sanoati rivojlanisi va uning hozirgi holati 
 
Hozirgi kunda neftni qayta ishlash - bu iqtisodiyotning butunjahon yuqori 
texnologik, sarmoya talab qiluvchi sohasi bo`lib, chuqur tarixga va uzoq muddatli 
rejalariga ega. So`nggi yillarda jahon neftni qayta ishlash sanoatida sezilarli 
kontseptual, territorial, strukturaviy siljishlar kuzatilmoqda. 
Hozirgi paytda neftni qayta ishlash sohasi rivojlanishining asosiy faktorlari 
bo`lib dunyoning turli mintaqalaridagi iqtisodiyot o`sishi, ekologik xarakterdagi 
talablar, etkazib berishlar hajmlari va boshlang’ich xom-ashyo - xom neftning sifat 
xarakteristikalari hisoblanadi. Zamonaviy neftni qayta ishlash sanoati uchun 
xarakterli jihatlar bo`lib umumiy quvvatlar va qayta ishlash hajmlari oshishi, 
rentabellik ko`rsatkichining nisbatan yuqori bo`lmagan darajasi, atrof-muhitni 
muhofaza qilishga qo`yilgan sabablar bilan ifodalangan solishtirma sarmoyalar 
kiritilishi oshishi va past sifat ko`rsatkichlariga ega xom-ashyoni qayta ishlash 
zaruriyati hisoblan.adi. 
So`ngi yillarda neftni qayta ishlashda Yaqin sharq va Osiyo, Tinch Okeani 
mintaqasi, ayniqsa Xitoy, Hindiston, Koreya mamlakatlari tomon sezilarli hududiy 
siljishlar kuzatildi. Neftni qayta ishlash asosiy markazlari neft' mahsulotlari intensiv 
iste`moli va portlar yaqinidagi hududlarda joylashgan. 1995-2000 yillardan so`ng, 
ya`ni Yaqin SHarq va Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi mamlakatlarida yangi 
korxonalar joriy qilingani hisobidan ko`p sonli NQIZ tashkil etilganidan so`ng NQIZ 
soni asta-sekin kamayib bordi. Buning asosiy sabablari bo`lib ekologik (o`z vaqtida 
shahar chetida qurilgan zavodlar shaharning kengayib borishi sababli shahar ichida 
bo`lib qoldi) va iqtisodiy (murakkab bo`lmagan texnologik sxemaga ega kichik NQIZ 
yirik va texnik ta`minlangan korxonalar bilan raqobatbardosh bo`la olmadi) jihatlar 
hisoblanadi. 


13 
Jahon neftni qayta ishlash sanoati rivojlanishi sezilarli darajada neft' 
mahsulotlariga bo`lgan talab tendentsiyalari bilan belgilanadi. So`nggi yillarda asosan 
transport yoqilg’ilariga bo`lgan talab o`sishi kuzatildi. Transport yoqilg’ilari iste`moli 
strukturasida dizel' yoqilg’isiga bo`lgan talab avtobenzinga bo`lgan talabga nisbatan 
avtoparklarning dizel' yoqilg’iga o`tkazilishi sababli yuqoriroq bo`ldi. Shу qatorda 
aviatashishlar miqyosi ortgani sababli reaktiv yoqilg’iga bo`lgan talab ham oshdi. 
Oqir neft' mahsulotlari, birinchi navbatda qozon yoqilg’ilariga bo`lgan talab uning 
energetikada tabiiy gaz, ko`mir, yadro yoqilg’isi bilan almashtirib borganligi sababli 
tushib bordi. Neft' mahsulotlariga talabning oshishi sezilarli faktori bo`lib uning 
Xitoy, Hindiston va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarda talab oshishi bilan 
belgilandi.
Amerika bozorida asosan benzin dvigatellari bilan jihozlangan juda yirik 
avtopark (100 kishiga 790 ta avtomobil') sababli avtobenzinga bo`lgan talab 
belgilovchi hisoblanadi. 1990-yilarda AQSH da motor yoqilg’isiga yangi standartlar 
kiritildi. Yirik shahar markazlarida va butun Kaliforniya shtatida ekologiк toza 
reformulirovkalangan benzin, 2005 yildan boshlab esa - ul'trakam oltingugrt saqlagan 
dizel' yoqilg’ilar joriy etildi. 
Bioyoqilg’i (bioetanol va biodizel') iste`moli sezilarli oshdi. Bioyoqilg’i 
iste`moli AQSH da 2010 yilda 20 mln tonna atrofida edi, 2020 yilga kelib esa 47 mln 
tonnaga etishi taxmin qilinmoqda. 
Yevropa neft mahsulotlari bozorida asosiy mahsulot - dizel' yoqilg’isi. 
Yevropa neft' qayta ishlash sоhasining mazkur yoqilg’iga bo`lgan talabning oshib 
borishiga adaptatsiyasi NQIZ da gidrokreking va gidrooltingugurtsizlantirish 
qurilmalarining o`rnatilishi yo`li bilan amalga oshirilib, bu oltingugurt miqdori 
yuqoriroq bo`lgan neftning oshib borayotgan miqdoriga moslashish va o`rtacha 
distillyatlarning chiqishini oshirish imkonini beradi. Bu muammo shuningdek import 
dizel' yoqilg’isi hisobidan echilmoqda.
Yevropa NQIZ da neft mahsulotlari ishlab chiqarish strukturasida deyarli 50 
% ulushni transmilliy neft kompaniyalari egallaydi. So`nggi yillarda Yevropa neft 
mahsulotlari bozorida Yevropada bir qator neftni qayta ishlash aktivlarini sotib olgan 


14 
neftni qazib oluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt, Aljir) kompaniyalari 
katta rol o`ynamoqda. 
Yevropa mamlakatlarida shuningdek, yoqilg’i samaradorligini oshirish (100 
km yo`lda benzinning o`rtacha sarfini 6,12 l gacha pasaytirish), shuningdek motor 
yoqilg’ilari strukturasida bioyoqilg’i ulushini oshirish hisobidan an`anaviy benzinga 
bo`lgan talabni pasaytirish dasturi ishga tushirilgan. 
Osiyo neft mahsulotlari bozori Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Indoneziya, 
Tailand va boshqа mamlakatlarda talabning keskin oshib borayotgani bilan 
xarakterlanib, bu neft mahsulotlariga bo`lgan talabning nafaqat hududiy, balki butun 
jahon miqyosda o`zgarishini taqozo qiladi. Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi 
mamlakatlarining neft' mahsulotlariga bo`lgan butun jahondagi talabi miqyosidagi 
ulushi kun sayin oshib bormoqda. Bundan tashqari, Xitoy - neftni qayta ishlash 
sanoati eng yirik vakillaridandir. 
Yaponiyada energiya tejami va bioyoqilg’ilar qo`llanilishi hisobidan neft' 
mahsulotlari iste`moli pasayishi kutilmoqda. Ishlab chiqarish va logistikani 
optimallashtirish, innovatsion yo`naltirilganlik, tijorat raqobatning oshishi - bu 
Yaponiya neftni qayta ishlash sohasini rivojlantirish yo`llaridir. Hozircha sanoat 
quvvatning ortiqcha miqdorini sezmoqda.
Shunday qilib, jahon neftni qayta ishlash rivojlanishi qo`yidagi faktorlar ta`siri 
ostida amalga oshmoqda: 
neft mahsulotlariga bo`lgan talabning dinamikasi va strukturasi; 
qayta ishlashga kelib tushayotgan neftning hajmida va tarkibidagi o`zgarishlar; 
neft' mahsulotlari sifat xarakteristikalariga talablarning kuchayotganligi; 
raqobatning oshishi. 
Neft mahsulotlariga bo`lgan talab strukturasining asosiy faktorlari bo`lib 
ravshan neft' mahsulotlari (avtobenzin, dizel' va reaktiv yoqilg’i) iste`moli oshishi, 
og’ir 
qozon 
yoqilg’ilarining 
boshqa 
energiya 
tashuvchilari 
bilan 
almashtirilayotganligi sababli unga bo`lgan talabning pasayishi, avtoparklarning dizel 
qurilmalari bilan jihozlanishi oshishi hisoblanadi. 
.


15 

Download 3,46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   113




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jahon neftni qayta ishlash sanoati rivojlanisi va uning hozirgi holati

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish