Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/113
Sana18.02.2024
Hajmi3,46 Mb.
#158424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Toshkent farmatseftika institute farmatsiya fakulteti 111 b guruh, 1-Маъруза. Биоорганик кимёга кириш, Taqdimot (5), The independant work-WPS Office, 1-ОН, axborot, 12-ameliy, 10-lab, 9-lab, 10-мавзу, O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b-fayllar.org, signallar va tizimlar 2-mustaqil ish, 1 ж, Select rpadoyinchi, 11, \' \' from func; So`rov natijasini tanla fayllar (3), Kompyuter modellashtirish 2 mustaqil ishi
 



SO’Z BOSHI 
«Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g`risida» gi 
O’zbekiston Respublikasi prezidentining 20.04.2017 yildagi PQ-2909 qarorida Oliy 
ta’lim tizimi professor-o’qituvchilari oldiga yangi avlod o’quv adabiyotlarini yaratish 
va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim 
muassasalarini zamonaviy o’quv, o’quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan 
ta’minlash, shu jumladan, eng yangi xorijiy adabiyotlar sotib olish va tarjima qilish, 
axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam yangilab borishdek mas’uliyatli 
vazifalar qo’yilgan.
Shuningdek, 
qarorda 
oliy 
ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta’minlash, talabalar, o’qituvchi va 
yosh tadqiqotchilarning jahondagi ilg`or ta’lim resurslari, ilmiy adabiyotlar va 
ma’lumotlar bazasi bo’yicha elektron kataloglarga kirish imkoniyatini kengaytirish 
dolzarb masala sifatida belgilangan. 
O’zbek tilida yozilgan o’quv adabiyotlarining taqchilligi, neft-gaz sohasi 
bo’yicha mutaxassislik fanlaridan ko’pgina nashrlarning chiqarilganiga 20-25 yil 
bo’lganligi va ma’nan eskirganligi sababli, shuningdek davlatimizning oliy ta’lim 
tizimi professor-o’qituvchilari oldiga qo’ygan vazifalarini hal etish maqsadida 
mualliflar mazkur o’quv qo’llanmani yozishga ahd qildilar. 
Neftni qayta ishlash va undan ko’p turdagi mahsulotlar olish sanoat 
miqyosidagi eng asosiy va murakkab jarayonlaridan biri hisoblanadi. Neftni qayta 
ishlash mahsulotlari - benzin, dizel’ yoqilg`i, kerosin, mazut, moylash materiallari,
koks, parafinlar, bitum - iqtisodiyotning turli sohalarida, shu jumladan transport 
(benzin, dizel’ yoqilg`i, kerosin, moylar) va energetika (yo’ldosh neft gazi, neft 
zavodlari gazi, mazut) kabi strategik sohalarda asosiy energiya tashuvchilar bo’lib 
hisoblanadi. 
Shuning uchun talabalar bo’lajak mutaxassislar sifatida korxonalardagi 
gidrogenizatsion jarayonlar, katalitik riforming va gidrotozalash qurilmalari, yoqilg`i va 
surkov moylarini olish va ularning sifatini yanada yaxshilash borasida aniq tasavvurga 
ega bo’lishlari lozim. 



«Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi» fanidan tayyorlangan 
mazkur o’quv-qo’llanma talabalarda neft va gazkondensatni qayta ishlash 
texnologiyalarini shuningdek, neft va gazkondensatni qayta ishlash natijasida 
olinadigan mahsulotlarni tozalash usullarini o’rganish, ularning tarkibi to’g`risida 
to’liq tushuncha, malaka va ko’nikmalar hosil qilish imkoniyatini yaratadi.
Ushbu o’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlarining “Neftni qayta ishlash 
texnologiyasi”, “Neft – gazkimyo sanoati texnologiyasi” ta’lim yo’nalishlarida tahsil 
oluvchi talabalarga mo’ljallangan. O’quv qo’llanma neft va gazkondensatni qayta 
ishlash texnologiyalarini o’rganishga bag`ishlangan bo’lib, zamonaviy texnologiyalar 
asosida mahsulot olishga mo’ljallangan nefni qayta ishlash qurilmalari hamda ulardan 
olinadigan avtomobil benzini, dizel va reaktiv dvigatellar yoqilg`isi, koks, bitum va 
boshqa mahsulotlar haqida ma’lumotlar berilgan. Bu mahsulotlarni olish yo’llari, 
tavsifi, olinish sxemasi va ularning sifatini oshirish bo’yicha amalga oshiriladigan 
jarayonlar tahlili bayon qilingan. Jumladan, neftni birlamchi haydash va neft 
mahsulotlari sifatini oshiruvchi katalitik riforming, gidrotozalash, gidrokreking, 
kokslash va boshqa jarayonlar keltirilgan. O’quv qo’llanma asosan o’n besh bobdan 
tarkib topgan. Har bir bobda neft va gazkondensatni qayta ishlash usullari nazariyasi 
bayon qilingan.
Mualliflar qo’lyozmani batafsil o’qib chiqib, uning mukammal bo’lishida 
o’zlarining qimmatli maslahatlarini bergan O’z FA Umumiy va noorganik kimyo 
instituti professori, kimyo fanlari doktori G.R.Narmetova va Buxoro NQIZ bosh 
muhandisi N.Sh.Muxtorovlarga o’zining chuqur minnatdorchiligini izhor qiladi.

Download 3,46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish