Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/113
Sana18.02.2024
Hajmi3,46 Mb.
#158424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Toshkent farmatseftika institute farmatsiya fakulteti 111 b guruh, 1-Маъруза. Биоорганик кимёга кириш, Taqdimot (5), The independant work-WPS Office, 1-ОН, axborot, 12-ameliy, 10-lab, 9-lab, 10-мавзу, O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b-fayllar.org, signallar va tizimlar 2-mustaqil ish, 1 ж, Select rpadoyinchi, 11, \' \' from func; So`rov natijasini tanla fayllar (3), Kompyuter modellashtirish 2 mustaqil ishi
 
 
 
 
 
 
 



KIRISH 
Hozirgi kunda dunyoning ko`plab mamlakatlari iqtisodiyotining neft 
sanoatidan bog’liqligi juda yuqoridir. Neft asosiy energiya manbai bo`lib qolgan 
sharoitda uning iqtisodiy va siyosiy ahamiyati oshdi. Mahalliy neft manbalari 
mavjudligi, neft va neft mahsulotlarini eksport qilishni tashkil qilish imkoniyati turli 
mamlakatlarga iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda o`sishini ta`minlay oladi. Jahonda 
neftga bo`lgan narxlarnig o`zgarib turishi, neft' bozoridagi kon`yuktura ham neft' 
qazib oluvchi mamlakatlar, ham sanoati neftni qayta ishlashga asoslangan 
mamlakatlar iqtisodiy siyosatida jiddiy o`zgarishlarga olib keladi.
Neft o`ziga xos tovar bo`lib, bir qator sifat ko`rsatkichlari (zichlik, kimyoviy 
va fraktsion tarkib, qo`shimchalar mavjudligi) bilan ajralib turadi.
Qazib olinadigan boshqa yoqilg’ilardan farqli ravishda, neft nisbatan osonroq 
qazib olinadi, tashiladi va turli xil maqsaddagi mahsulotlarning keng assortimentiga 
qayta ishlanadi, va shu vaqtning o`zidа: 
sintetik kauchuk, spirtlar, polietilen, polipropilen, turli xil plastmassalarni va 
ulardan tayyorlangan tayyor mahsulotlarni, sun`iy matolarni ishlab chiqarishda neft' 
kimyosi uchun xom-ashyo; 
motor yoqilg’ilar (benzin, kerosin, dizel va reaktiv yoqilg’ilar), moy va 
moylash mahsulotlari, qozon-pech yoqilg’isi (mazut), qurilish materiallari (bitum, 
gudron, asfalt) ishlab chiqarish uchun manbа; 
qoramol parvarishida uning yem-xashagiga qo`shimchalar sifatida 
ishlatiladigan bir qator oqsilli preparatlarni olish uchun xom-ashyo bo`lib 
hisoblanadi. 
Neftni qayta ishlash neftdan foydalanishning asosiy sohasi bo`lib hisoblanadi. 
Neftni qayta ishlash mahsulotlari - benzin, dizel yoqilg’i, kerosin, mazut, moylash 
materiallari, koks, parafinlar, bitum - iqtisodiyotning turli sohalarida, shu jumladan 
transport (benzin, dizeln yoqilg’i, kerosin, moylar) va energetika (yo`ldosh neft
gazi, neft zavodlari gazi, mazut) kabi strategik sohalarda qo`llanilishinи topmoqda. 
Neftdan olinadigan bir qator mahsulotlarni (moylash materiallari, bitum, parafin) 
o`rnini boshqa mahsulotlar bilan qoplab bo`lmaydi. Boshqa mahsulotlar, xususan 



motor yoqilg’ilar (benzin, kerosin, dizel yoqilg’i), alternativ yoqilg’i turlari bilan, 
masalan siqilgan yoki suyultirilgan tabiiy gaz bilan almashtirilishi mumkin. Biroq 
ichki yonish dvigatellari uchun yoqilg’ilar sifatida siqilgan yoki suyultirilgan tabiiy 
gazning bir qator afzalliklariga, shuningdek yoqilg’ilarning alternativ turlaridan 
foydalanishni rahbatlantirish choralariga qaramay, an`anaviy neft motor yoqilg’ilari 
avtomobillar, traktorlar, samoletlar, teplovozlar va hk. uchun asosiy yoqilg’ilar 
sifatida saqlanib kelmoqda. 

Download 3,46 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Neft va gazkondensatni qayta ishlash texnologiyasi

Download 3,46 Mb.
Pdf ko'rish