AXBOROTLARNI SAQLOVCHI-TASHUVCHI QURILMALAR




Download 8.97 Mb.
bet6/49
Sana16.01.2023
Hajmi8.97 Mb.
#38353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
523933cb17de0c259e334105409c3eff Kompyuter arxitekturasi
5-amaliy, IDROK PSIXOLOGIYA, 7- sinf o\'zbekiston tarixi, 86768, yuldashov askar algaritm asoslari va algaritmik tillar, iiiiiiiiiiii, Reja Dvigatelning sovutish tizimi tuzulishi, 25-Maktabgacha yoshdagi bolalarni geometric shakllari bilan tanishtirish, 2 илова, Xusni Obyektivka, 3d studio max dasturi, Ызбекистон республикаси олий ва ырта, БИЛЕТЛАР IQTISODIY MATEMATIKA SIRTQI, 24-MAKTAB тавсиянома

AXBOROTLARNI SAQLOVCHI-TASHUVCHI QURILMALAR


Axborotlarni saqlovchi-tashuvchi qurilmalar o‘zining xususiyatlariga ko‘ra:

  • Magnit-lentali;

  • Diskli;

  • Fleshlar va xotira kartalari;

  • Tashqi qattiq disklarga bo‘linadi.




Magnit-lentali axborot saqlovchi-tashuvchi qurilma bugungi kunda ishlab chiqarilmaydi. Shuning uchun bu to‘g‘risida to‘xtab malumot berib utirmaymiz.


Diskli axborot saqlovchi-tashuvchi qurilmalar bugungi kunda juda ko‘p qo‘llaniladigan qurilmalarga kiradi.
Diskli axborot saqlovchi-tashuvchi qurilmalar o‘z vaqtida:

  • Magnitli disklarga;

  • Optikaviy disklariga;

  • Magnitli-optikaviy dislarga bo‘linadi.

Magnitli disklar (ingliz. floppy disk, diskette) - egiluvchan magnitli disketalar. Disketalar 1970 yilar perfokarta va magnitli lentalarni bozordan siqib chiqargan bo‘lib, axborotlarni va ma’lumotlarni ko‘p martta qayta yozish va saqlash imkoniyatini beruvchi, mashxur qurilma bo‘lib hisoblangan.
Dastlabki disketlarning xotirasiga 110, 360, 720 ili 1200 Kb ma’lumot yozish imkoniyati bo‘lgan bo‘lsa, 1985 yillrda 1,44-2,8 Mb, 1995 yillarga kelib esa 3,5″ dyumli disketalar Iomega Zip ishlab chiqarildi. Bu disketalarning xotirasi dastlabki vaqtda 100, 250, va keyinchalik 750 Mb gacha tashkil qilgan.
Optikaviy disklar - kompak disklar (ingl. optical disc) - axborot - ma’lumot saqlovchi-tashuvchi qurilma disk shaklida bo‘lib, optikaviy nurlar yordamida ma’lumotlar yoziladi va o‘qiladi. Birinchi optikaviy disklarni 1979 yillarda “Philips” firsami ovozni yozish va o‘qish uchun ishlab chiqqan edi.
Optikaviy disk - (1) asoslari odatda polikor-bonatdan yasalgan bo‘lib, uning ustiga ma’lumot-larni saqlash uchun mahsus qoplama - (3) bilan qoplangan. Bu
ma’lumotlarni yozish va o‘qish uchun lazer nurlaridan foydalaniladi - (9). Lazer nurlari

  • (6) mahsus qoplamali qatlamga

  • (3) yuboriladi va undan qaytadi. Qaytgan nurlarni singal tariqasida fotodetektor - (8) qayd qiladi va uni modulyatsiya qilish uchun modulyatorga uzatatadi.

Optikaviy disklar xotirasiga ma’luot xajmi bilan va ma’lumotlaning yozilish farmati
biln farq qiladi va quydagi tiplari mavjud:

  • CD, bir qatlamli CD disklar xotirasida 700-750 Mb ma’lumot saqlash mumkin.

  • DVD, bir qatlamli DVD disklar xotirasiga 7 dan 8.5 Gb ma’lumot saqlash mumkin.

  • va Bly-ray, bir qatlamli Bly-ray disklar xotirasiga 25 dan 300 Gb gacha ma’lumot saqlash mumkin.

Magnitli-optikaviy disklar (MOD) - magnitli disklardagi va optikaviy disklardagi xusisiyatlar jamlagan diklarga aytiladi. Bunday disklarda o‘qish vaqtida optikaviy sistemadagidek disklarni o‘qidi, yozganda esa birdaniga optikaviy sistema va magnitlik sistemani qo‘llaydi.
1980 yilarda jahon bozorlarida birinchi MOD paydo buldi. Uning xotirasiga 256 Mb ma’lumot yozsa bo‘ladigan edi. Shuning uchun usha vaqtda ishlab chiqaruvchilar MODlarni Operatsion sistema bilan bog‘lab qattiq diskdek
ishlatishar edi. 1990 yillarda Jahon bozorida MOD ishlab chiqaruvchi Sony, Fujitsu, Hitachi Maxell, Mitsubishi, Nikon, Sanyo firmalari etakchilik qiladigan edi.
MODnig ishlash printsipi. MOD odatda ferromagnetiklarjan tayyorlanadi,
masalan, Tbx(FeyCo1-y)1-x (x -
0.2 atrof-ida, y esa 0.9 atrofida) bo‘ladi. Birinchi MODnig o‘lchamlari 130 mm (5,25 dyuym), keyingisi esa 90 mm (3,5 dyuym) bo‘lgan. Bunday disklarga ma’lumot yozish quidagicha bo‘lgan:

    • Diskning ma’lumot yozish kerak bo‘lgan bo‘lagi lazer yordamida Kyuri nuqtasigacha qizdirilgan.

Qo‘llanilayotgan material uchun bu 150 gradus selsini tashkil qiladi.

  • Shu vaqtda diskning boshqa tarafidan magnit kallakisi (golovkasi) elektromagnit impulsini yuboradi va usha joyning magnit xususiyatini o‘zgartiradi. Bu o‘zgarish o‘sha yerda o‘zining tamg‘asini qoldiradi. Bu esa optikaviy disklardagidayek pitlarga ekvivalent.

Fleshlar va xotira kartalari. Bugungi kunda ma’lumotlarni bir kompyuterdan ikkinchisiga o‘tkazish, saqlash, bir qurilmadan ikkinchi qurilmaga olib o‘tish kabi, va ma’lumotlarni chuntakda o‘zi bilan olib yurish uchun qulay bo‘lgan qurilma - bu USB fleshlar hisoblanadi.
Fleshlar:

  • o‘zining o‘lchamlarining kichikligi bilan;

  • ma’lumotlarni yozib olish yoki o‘qish uchun magnitli disklar yoki SD-DVD disklar kabi mahsus qurilma (diskovod) talab qilmasligi;

  • 2, 4 Gb va 32 Gb undan katta xotiraga ega bo‘lganligi;

  • ishlatilishi oddiy bo‘lganligi sababli bugungi kunda eng ko‘p tarqalgan va qo‘llaniladigan qurilma hisoblanadi.


Xotira kartalari - ma’lumotlarni elektrona ko‘rinishida saqlashda kompakt elektron qurilma hisoblanadi va bugungi kunda juda ko‘p qo‘llaniladigan qurilma hisoblaniladi. Xotira kartalari foto-video kameralarda va mobil telefonlarda keng qo‘llaniladi.
Xotira kartalari xotira xajmi bugungi kunda 2, 4 Gb dan 128 Gb gacha va undan yuqori xotiraga ega bo‘lganligi, adaptor yordamida elektron ko‘rinishdagi ma’lumotlarni kompyuterga tushirish imkoniyati bo‘lganligi sababli juda ko‘p ishlatiladi ommabop qurilma.

    1. Download 8.97 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Download 8.97 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



AXBOROTLARNI SAQLOVCHI-TASHUVCHI QURILMALAR

Download 8.97 Mb.