107
ma’lumotlar (adres) yozilgan bo‘ladi. Bunda ma’lumotlarning (adresning)
kichik bayti, buyruqning ikkinchi baytga, ma’lumotlarning katta bayti esa
buyruqning uchinchi baytiga yoziladi.
Protsessorda xotira yoki registrlarni adreslashning
to‘rtta xili
mavjud:
1.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri adreslash
– buruqning ikkinchi va uchinchi baytlari
xotira adresidan iborat bo‘ladi. Bunda adresning kichik bayti buyruqning
ikkinchi baytiga, katta bayti esa buyruqning uchinchi baytiga yozilgan
bo‘ladi.
2.
Murojaat qilinadigan registrni ko‘rsatib adreslash
. Buyruqning o‘zida
ma’lumot yozilgan registrning yoki bir juft registrlarning adreslari yozilgan
bo‘ladi.
3.
Registrlar yordamida bilvosita adreslash
. Buyruqda, xotira adresi yoki
ma’lumotlar yozilgan bir juft registr ko‘rsatiladi.
4.
Bevosita adreslash
. Ma’lumot buyruqning o‘ziga yozilgan bo‘ladi.
Uzilishlar, shartli yoki shartsiz o‘tish buyruqlari bo‘lmagan taqdirda,
protsessor buyruqlarni – xotiraning ketma-ket joylashgan yacheykalaridan
o‘qib olish bilan dasturni bajarishni yo‘lga qo‘yadi.