104
sonni ikkilik ko‘rinishdan, ikkilik-o‘nlik ko‘rinishga o‘tkazish kerak bo‘lsa, o‘nlik
korreksiyalash sxemasidan foydalaniladi.
Har bir amalning bajarilishi natijasida, dastur buyruqlarini bajarilish ketma-
ketligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan turli xil belgilar shakllanadi. Bunday belgilar
qatoriga - natijaning ishorasi, natijani nolga teng bo‘lib qolishi, xosil bo‘lgan
natijadagi 1-lar sonini juft yoki toqligi va shularga o‘xshash boshqa belgilarni
kiritish mumkin. K580BM80 protsessorida bu belgilar -
belgilar registriga
yozib qo‘yiladi. Belgilar registri (rus tilida – registr priznakov) 3.6-rasmning
yukori qismida tasvirlangan. Keyinchalik ishlab chiqilgan Intel protsessorlarida,
jumladan Intel 8088 va Pentium 4 protsessorlarida ushbu registr -
bayroqlar registri
deb atalgan.
Buyruqlar registri
(Instruction Register
- IR
)
va buyruq deshifratori, buyruqni
qabul qilish va deshifratsiyalash uchun ishlatiladi. Buyruq xotiradan o‘qilganida,
uning buyruq kodidan iborat bo‘lgan birinchi bayti buyruqlar registriga kelib
tushadi. Keyin esa bu kod deshifratorga uzatiladi. Deshifrator - boshqarish sxemasi
va φ
1
, φ
2
sinxrosignallari bilan birgalikda, protsessorning ichki qismlariga tegishli
boshqarish signallarini, hamda protsessordan tashqariga chiquvchi boshqarish
signallarini shakllantiradi. Har qanday kompyuterda dastur buyruqlarini bajarilishini
fizik jihatdan ta’minlash
, uning shinalari orqali uzatiladigan
boshqarish signallari
yordamida amalga oshiriladi.
Boshqarish sxemasida protsessorga kiruvchi 6-ta va undan chiquvchi 6-ta
boshqarish signallari mavjud.
Protsessorga kiruvchi boshqarish signallari:
-