158
Interpretatsiya va translyasiya maqsadga muvofiq bo‘lishi uchun T.0 va T.1
tillar bir biridan keskin farqlanmasligi kerak. Bu degani T.1 til T.0 tilga nisbatan bir
muncha yaxshiroq bo‘ladi, lekin undan ko‘p farqlanmaydi.
Bu bir tomondan dasturlashni inson uchun qulayroq shaklga keltirish, kkinchi
tomondan dasturni M.0 bajarilishini ta’minlash muammosini xosil qiladi. Buning
echimini ko‘p sathli tillar ierarxiyasini xosil qilish orqali xal qilish mumkin.
Dasturlashni insonga qulaylashtirish uchun endi T.2 tilni yaratish kerak. T.2
tilda ishlaydigan virtual mashina endi M.2 bo‘ladi. T.2 til T.1 ga nisbatan insonga
qulaylik jihatidan ancha yaqinroq bo‘ladi. Lekin mashina bari bir T.0 tilida ishlaydi.
Bunda esa qo‘yidagi almashtirish jarayoni T.2 T.1 T.0 amalga oshishi zarur bo‘ladi.
Biri ikkinchisidan insonga qulayroq bo‘lgan tillarni yaratish jarayoni eng
maqbul tilni xosil qilgunimizcha davom etishi mumkin. Har bir bunday til o‘zidan
oldingi tilni asos sifatida ishlatadi. SHuning uchun kompyuterni bir necha virtual
mashinalar sathlaridan iborat deb qarashimiz mumkin. Bu tasavvur 1 rasmda
keltirilgan edi.