VIII. KOMPYUTERNING ASOSIY XOTIRASI




Download 9.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/57
Sana19.04.2022
Hajmi9.08 Mb.
#19982
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57
Bog'liq
c6a0026cad2c48e15947f151b862f2f7 Kompyuter arxitekturasi
1mus, ариза
 
VIII. KOMPYUTERNING ASOSIY XOTIRASI 
Asosiy xotira – kompyuterning dasturlar va ma’lumotlarni saqlash uchun 
mo‘ljallangan komponentidir. Xotira ma’lum bir uzunlikka ega bo‘lgan axborotlarni 
saqlovchi yacheykalardan iborat bo‘ladiHozirgi kompyuterlarning xotirasi 8-bitli
ya’ni bir baytli yacheykalardan iborat bo‘lib, xotiraga ana shu baytlarning adreslari 
orqali murojaat qilinadi. Baytlarni guruhlarga birlashtirilib so‘zlar (rus tilida – 
slovo) hosil qilinadi. 1, 2, 4 va 8 baytli, ya’ni 8, 16, 32 va 64-bitli yoki razryadli so‘z 
uzunliklariga ega kompyuterlar mavjud [1,5,11]. Ushbu qo‘llanmada kompyuter 
xotirasining so‘z uzunliklarini, protsessorlar ichki registrlarining uzunliklarini 
ifodalashda va boshqa holatlarda razryad iborasi qo‘llanilgan.
2.1-rasmda 8-razryadli so‘z uzunligiga ega asosiy xotira tasvirlangan.


51 
2.1-rasm. 8-razryadli so‘z uzunligiga ega 64 Kbaytli asosiy xotira. 
Ushbu asosiy xotirada yacheykalar adreslarining qiymati 0000 dan FFFF gacha 
o‘zgarishi mumkin. Asosiy xotiraning umumiy xajmi 64 Kbayt (FFFF – 16 bit, 
2
16
=65536 bayt). Hozirda bunday hajmli xotiralar – o‘rnatiladigan kompyuterlarda, 
ya’ni kontrollerlarda ishlatilmoqda. Odatda asosiy xotira adreslari 16-lik sanoq 
sistemasida ifodalanadi. 
2.2-rasmda so‘z uzunligi 32-razryadga teng bo‘lgan asosiy xotira 
tasvirlangan. Bunday so‘z uzunligiga ega xotiralar, Pentium protsessorlari 
o‘rnatilgan kompyuterlarda ishlatilmoqda. Ularda yacheykalarning adreslari 0000 
0000 dan FFFF FFFF gacha o‘zgarishi mumkin. Xotiraning umumiy xajmi 4 
Gbayt (FFFF FFFF – 32 bit, 2
32
= 4294967296 bayt). So‘z uzunligi 32-razryadli 
xotiralarda baytlar o‘ngdan chapga yoki chapdan o‘ngga qarab joylashtirilishi 
mumkin.


52 
2.2-rasm. 32-razryadga so‘z uzunligiga ega, baytlari teskari tartibda
joylashtirilgan 4 Gbaytli asosiy xotira. 
2.2-rasmda keltirilgan xotirada Pentium protsessorli kompyuterlardagi kabi, 
baytlar o‘ngdan chapga qarab joylashtirilgan. Bu baytlarni teskari tartibda 
joylashtirish deb ataladi (rus tilida – obratnыy poryadok sledovaniya baytov). 
2.3-rasmda esa baytlar to‘g‘ri tartibda joylashtirilgan xotira chizmasi 
keltirilgan. Bu xildagi xotira baytlar to‘g‘ri tartibda joylashtirilgan xotira deb 
ataladi (rus tilida – pryamoy poryadok sledovaniya baytov) va u SPARS oilasiga 
mansub protsessorlarga ega bo‘lgan serverlarda ishlatiladi.


53 
2.3-rasm. 32-razryadga so‘z uzunligiga ega, baytlari to‘g‘ri tartibda
joylashtirilgan 4 Gbaytli asosiy xotira. 
Buyruqlarni xotiradan o‘qish misolida, xotiraga murojaat qilish qanday 
amalga oshirilishini ko‘rib chiqamiz. 2.4-rasmda asosiy xotiraga murojaat qilish 
jarayoni ko‘rsatilgan. 
Protsessorning IP (Instruction Pointer) yoki PC (Program Counter) deb 
nomlanuvchi registri, tartib bo‘yicha bajarilishi kerak bo‘lgan buyruq adresini 
ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Ushbu registr buyruqlar sanagichi yoki buyruqlar 
ko‘rsatgichi deb nomlanadi. PC registrida yozilgan adres, ya’ni navbatdagi 
bajarilishi kerak bo‘lgan buyruqning adresi, protsessorning adres shinasi yordamida 
asosiy xotira bilan bog‘lanuvchi porti - adres registri orqali xotiraning, xotira adresi 
registriga uzatiladi. Shundan so‘ng xotiraning ma’lumotlar registriga ushbu adres 
bo‘yicha yozilgan ma’lumot chiqariladi. Bu ma’lumot, ma’lumotlar shinasi orqali 
protsessorning registrlaridan biriga, masalan akkumulyatorga, ya’ni A registriga 
kelib tushadi.


54 
2.4-rasm. Asosiy xotiraga murojaat qilish jarayoni. 
Zamonaviy kompyuterlarda asosiy xotiraga murojaat kilishning ikki xil rejimi 
mavjud (2.5-rasm): 
1. Real rejim – 1 Mbayt gacha bo‘lgan asosiy xotira uchun, bu rejim kompyuter 
MS DOS operatsion tizimida ishlagan paytida qo‘llanilagan. Hozirda bu, MS DOS 
operatsion tizimini emulyasiya qilishda ishlatiladi. 
2.Himoyalangan rejim – xotira xajmi 1 Mbaytdan ko‘p bo‘lgan xolda, ya’ni bu 
kompyuterlar Windows operatsion tizimida ishlay boshlagandan buyon qo‘llanilgan 
rejim hisoblanadi. 


55 
2.5-rasm. Real va himoyalangan rejimlarda asosiy xotiraning tuzilishi. 
Real rejimda xotiraga murojaat qilish segmentlarga murojaat qilish orqali, 
himoyalangan rejimda esa, sahifalarga murojaat qilish orqali amalga oshiriladi.
Bitta segmentning xajmi – 64 Kbayt, sahifaning xajmi esa – 4 Kbaytga ega bo‘ladi.

Download 9.08 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   57




Download 9.08 Mb.
Pdf ko'rish