• Statik TXQ (Static RAM - SRAM).
  • Dinamik TXQ (Dynamic RAM - DRAM).
  • IX. TEZKOR VA DOIMIY XOTIRA QURILMALARI




    Download 9.08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/57
    Sana19.04.2022
    Hajmi9.08 Mb.
    #19982
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57
    Bog'liq
    c6a0026cad2c48e15947f151b862f2f7 Kompyuter arxitekturasi
    1mus, ариза
     
    IX. TEZKOR VA DOIMIY XOTIRA QURILMALARI 
     
    Tezkor va doimiy xotira qurilmalari. Ko‘rib chiqilgan xotiralarning barcha 
    xillari bitta umumiy xususiyatga ega: ularda axborotni ham yozish, ham o‘qish 
    ikoniyatlarini mavjud. Bunday xotira tezkor xotira qurilmasi (TXQ) deb ataladi 


    56 
    (Random Access Memory – RAM, rus tilida - operativnoe zapominayuщee 
    ustroystvo - OZU). Tezkor xotira qurilmasining ikki xili mavjud: 
    1.Statik TXQ (Static RAM - SRAM). Bu xildagi xotira D-triggerlar asosida 
    quriladi. Statik TXQsida axborot, unga manba ulangan vaqt davomida saqlanadi: bu 
    vaqtning davomiyligi - sekundlarga, minutlarga, soatlarga va kunlarga ham teng 
    bo‘lishi mumkin. Statik TXQ juda tez ishlaydi, unga murojaat qilish vaqti bir necha 
    nanosekundlarga teng bo‘lishi mumkin. Shu sababli statik TXQ, ko‘pincha ikkinchi 
    sath kesh-xotirasi sifatida ishlatilmoqda.


    57 
    2.14-rasm. 4-ta 3 razryadli so‘zni saqlay oladigan xotiraning 
    mantiqiy blok-sxemasi. 


    58 
    2.15-rasm. Xotira mikrosxemalari. 
    4 Mbit xajmli xotirani tashkil qilishning ikki xil yo‘li. 
    2.Dinamik TXQ (Dynamic RAM - DRAM). Bu xildagi xotirani qurishda 
    triggerlar 
    ishlatilmaydi. 
    Dinamik 
    TXQ 
    tranzistorlar 
    va 
    juda 
    kichik 
    kondensatorlardan qurilgan, yacheykalar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Kondensatorlar 
    zaryadlangan va zaryadlanmagan holatlarda bo‘lishi mumkin, bu hol 1 va 0 ni 
    saqlash imkonini beradi. Kondensatorda zaryad yo‘qolishi mumkin bo‘lganligi 
    sababli, bu xildagi xotirada ma’lumotlar yo‘qolib ketmasligi uchun har bir bit, vaqti-
    vaqti bilan qayta zaryadlanib turishi kerak bo‘ladi. Dinamik TXQda bir bit axborotni 
    saqlash uchun 1-ta tranzistor va 1-ta kondensator kerak bo‘ladi. Statik TXQda esa 
    bir bit axborotni saqlash uchun kamida 6-ta tranzistor kerak bo‘ladi. Shuning uchun 
    asosiy xotira deyarli har doim dinamik TXQ asosida quriladi. Dinamik TXQ, statik 
    TXQga nisbatan ancha sekin ishlaydi. Dinamik TXQning bir necha xillari mavjud:
    FPM (Fast Page Mode) – tezkor sahifalar rejimiga ega dinamik xotira (rus 
    tilida - bыstrыy postranichnыy rejim); 


    59 
    - EDO (Extended Data Output) – ulanish nuqtalarining imkoniyatlari 
    kengaytirilgan dinamik xotira – (rus tilida – pamyatь s rasshirennыmi 
    vozmojnostyami vыvoda); 
    DRAM, SDRAM (Synchronous RAM) – sinxron dinamik TXQlari (rus tilida 
    - sinxronnoe dinamicheskoe OZU); 
    DDR (Double Data Rate) – ma’lumotlarni ikki karra tez uzata oluvchi (rus 
    tilida - peredacha dannыx s dvoynoy skorostьyu).

    Download 9.08 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   57




    Download 9.08 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IX. TEZKOR VA DOIMIY XOTIRA QURILMALARI

    Download 9.08 Mb.
    Pdf ko'rish