ILI (OR) - mantiqiy qo‘shish elementini esa, NE-ILI




Download 9.08 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/57
Sana19.04.2022
Hajmi9.08 Mb.
#19982
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
Bog'liq
c6a0026cad2c48e15947f151b862f2f7 Kompyuter arxitekturasi
1mus, ариза
ILI (OR) - mantiqiy qo‘shish elementini esa, NE-ILI elementining chikishini, NE 
elementining kirishiga ulash bilan hosil qilish mumkin. 
Beshta - I, ILI, NE, NE-I va NE-ILI ventillar, kompyuter arxitekturasi 
raqamli mantiqiy sathining asosini tashkil etadi. Bu erda muhim bo‘lgan jihatlardan 


47 
birini ta’kidlab o‘tamiz. NE-I va NE-ILI ventillarida – ikkitadan, I va ILI 
ventillarida uchtadan tranzistorlar ishlatilgan. Shu sababli ko‘pgina kompyuterlarda 
NE-I va NE-ILI ventillaridan asosiy – bazaviy elementlar sifatida foydalaniladi. I, 
ILI va boshqa mantiqiy funksiyalarni amalga oshiruvchi sxemalar NE-I va NE-ILI 
ventillari asosida yig‘iladi (1.23-rasmga qaralsin). 
Bul funksiyalari ham, odatdagi algebra funksiyalari kabi bitta, ikkita, uchta va 
hokazo sondagi o‘zgaruvchilarga ega bo‘lishi mumkin. Masalan: oddiy bir funksiya
f-ni quyidagicha aniqlashtirishimiz mumkin, f (A)=1, agar A=0 bo‘lsa, f (A) = 0, 
agar A=1 bo‘lsa. Bunday funksiya NE funksiyasi bo‘ladi. 
n-ta o‘zgaruvchiga bog‘liq bo‘lgan, bul funksiyasi o‘zgaruvchilarining 
mavjud kombinatsiyalari soni 2
n
-taga teng bo‘ladi. Ushbu funksiyaning barcha 
qiymatlarini esa, 2
n
-ta qatorga ega bo‘lgan jadval yordamida yozib chiqish mumkin, 
bunday jadval Bul algebrasida haqiqat jadvali deb ataladi. YUqorida ko‘rib o‘tilgan 
elementlar bilan birga keltirilgan jadvallar, ularning haqiqat jadvallari hisoblanadi. 
NE funksiyasi bitta o‘zgaruvchili, I va ILI funksiyalari esa ikkita o‘zgaruvchili 
funksiyalardir. Ikkita o‘zgaruvchili funksiyalarning haqiqat jadvallarida, 
o‘zgaruvchilarning kombinatsiyalari odatda 00, 01, 10 va 11 ketma-ketlikda 
yoziladi. Bunday funsiyalarni to‘liq tavsiflash uchun 2
2
=4 ta razryadli ikkilik son 
kerak bo‘ladi, va u xaqikat jadvalining natijalar ustunini vertikal tarzda o‘qish bilan 
hosil qilinadi. Shunday qilib, I – bu 0001, ILI – 0111, NE-I – 1110 va NE-ILI – 
1000 bo‘ladi (1.18, 1.20 va 1.21- rasmlarga qaralsin). 4-ta razryadli ikkilik sonlar 
ketma-ketligining 16 xil (0000, 0001, 0010, …, 1111) kombinatsiyasini yozish 
mumkin, bu esa ikkita o‘zgaruvchili funksiyaning 16-ta xili mavjud ekanligini 
anglatadi. Odatdagi algebrada esa ikkita o‘zgaruvchili funksiyaning cheksiz sondagi 
xillari mavjud. Bunday funksiyalarni xech birini, o‘zgaruvchilarining barcha 
mumkin bo‘lgan qiymatlari jadvali yordamida yozib bo‘lmaydi, negaki ushbu 
o‘zgaruvchilarning qiymatlari soni ham - cheksiz bo‘ladi. 
Uch o‘zgaruvchili M=f(A,B,C) bul funksiyasini yuqorida ko‘rib o‘tilgan 
sxemalar yordamida qanday amalga oshirish mumkinligini ko‘rib chiqamiz. Shart - 
ushbu funksiyaning qiymati, uning o‘zgaruvchilari tarkibida qaysi bir qiymat 


48 
ko‘proq bo‘lsa, o‘shanga teng bo‘lsin. Avval haqiqat jadvalini tuzib olamiz (1.22-
rasm).
 
 
1.22-rasm. M=f(A,B,C) funksiyasining xaqiqat jadvali va mantiqiy sxemasi. 
Funksiyaning 1-ga teng bo‘lgan qiymatlari asosida quyidagicha yozuvni hosil 
qilamiz: 
(1) 
 
ya’ni o‘zgaruvchilarning kombinatsiyalari 011, 101, 110 va 111 bo‘lsa, funksiya 1 
qiymatni (true), qolgan xolatlarda esa 0 qiymatni (false) qabul qilar ekan. Ushbu 
funksiyani amalga oshirish uchun uchta kirishga ega bo‘lgan uchta elementi, to‘rtta 
kirishga ega bo‘lgan bitta ILI elementi va uchta o‘zgaruvchilarni inkorlarini hosil 
qilib olish uchun uchta NE elementi kerak bo‘ladi. 

Download 9.08 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Download 9.08 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ILI (OR) - mantiqiy qo‘shish elementini esa, NE-ILI

Download 9.08 Mb.
Pdf ko'rish