• MOVE R1, 4
  • ADD, SUB, AND, OR (1.4-jadval). 3. Bitta operanda ustida amallar bajarish buyruqlari - INC, DEC, NOT, RL
  • – IN, OUT
  • Buyruqlarning formatlari va xillari




    Download 9.08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/57
    Sana19.04.2022
    Hajmi9.08 Mb.
    #19982
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57
    Bog'liq
    c6a0026cad2c48e15947f151b862f2f7 Kompyuter arxitekturasi
    1mus, ариза
    Buyruqlarning formatlari va xillari. Buyruq – amal kodi, ushbu amalda 
    qatnashayotgan operanda yoki operandalar qayerdan olinishi va natija qayerga 
    yozilishi kerakligi haqidagi axborotlardan iborat bo‘ladi [3,10,18]. 1.16-rasmda 
    buyruqlar to‘plami sathiga oid buyruqlar formatlarining bir nechta xillari keltirilgan. 
    1.16-rasm. Buyruqlar formatlarining to‘rtta xili. 
    a) adressiz buyruq; b) bir adresli buyruq;
     v) ikki adresli buyruq; g) uch adresli buyruq. 
    Buyruqlarda amal kodi - har doim bo‘ladi, ammo adreslar esa buyruqlarda 
    bo‘lmasligi ham mumkin. Bunday buyruqlar adressiz buyruqlar deb ataladi. Qolgan 
    xil buyruqlarda esa bitta, ikkita yoki uchtagacha adreslar ishtirok etishi mumkin. 
    MOVE R1, 4 – bir adresli buyruq; ADD R1, R2 – ikki adresli buyruq. 
    Buyruqlarning xillari: 
    1. Ma’lumotlarni ko‘chirib yozish buyruqlari – LOAD, STORE, MOVE (1.3-
    jadval). 


    36 
    2. Ikkita operandalar ustida amallar bajarish buyruqlari - ADD, SUB, AND, OR 
    (1.4-jadval).
    3. Bitta operanda ustida amallar bajarish buyruqlari - INC, DEC, NOT, RL
    4. Taqqoslash va shartli o‘tish buyruqlari - CMP
    5. Dastur osti dasturlarini (rus tilida – podprogramma) chaqirish buyruqlari - 
    CALL (1.5-jadval). 
    6. Sikllarni boshqarish buyruqlari. 
    7. Ma’lumotlarni kiritish-chiqarish buyruqlari – IN, OUT
    1.3-jadval. Pentium 4 protsessorining ko‘chirib yozish buyruqlari. 
     
    Adreslash. Boshqarish oqimi va uzilishlar. Ko‘pgina buyruqlar joylashgan 
    o‘rinlari ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan operandalar bilan ishlaydi. Operandaning 
    joylashgan o‘rnini ko‘rsatish adreslash deb ataladi. Adreslashning quyidagi xillari 
    yoki rejimlari (1.6-rasm) mavjud: 
    1.Bevosita adreslash rejimi. 
    2.To‘g‘ridan-to‘g‘ri adreslash rejimi. 
    3.Registrlar yordamida adreslash rejimi. 
    4.Registrlar yordamida bilvosita adreslash rejimi.  
    5.Indeksli adreslash rejimi. 
    6.Nisbiy indeksli adreslash rejimi. 
    7.Stekli adreslash rejimi. 
    1.4-jadval. Pentium 4 protsessorining arifmetik buyruqlari. 


    37 
    1.5-jadval. Pentium 4 protsessorining boshqarishni uzatish buyruqlari. 
    1.6-jadval. Adreslash rejimlarini taqqoslash. 


    38 
    Dasturni ishlashi davomida undagi buyruqlarning bajarilish ketma-ketligi
    boshqarish oqimi deb ataladi. O‘tishlar va dastur osti dasturlarini chaqirishlar 
    bo‘lmasa, buyruqlar xotiraning ketma-ket yacheykalaridan chaqirib olinib 
    bajariladilar. Quyidagi misolda Pentium 4 assemblerida I
    2
    +J
    2
    +K

    ifodani hisoblash 
    dasturi keltirilgan. Undagi buyruqlar xotiraning ketma-ket yacheykalaridan chaqirib 
    olinib bajariladi. 
    Ushbu misollarda esa shartli o‘tish va dastur osti dasturlarini chaqirish 
    operatorlariga ega dasturlar keltirilgan. 


    39 
    Agar asosiy dasturni ishlashi davomida boshqa bir dastur, ya’ni dastur osti 
    dasturi chaqiriladigan bo‘lsa – uzilish (rus tilida – prerыvanie) sodir bo‘ladi. Bunda 
    asosiy dasturning buyruqlarini xotiradan ketma-ket chaqirish to‘xtatilib, yangi ishga 
    tushirilgan dasturni – dastur osti dasturini (rus tilida – podprogramma) bajarish 
    yo‘lga qo‘yiladi (1.17-rasm). Dastur osti dasturi ishlab bo‘lgandan so‘ng esa, asosiy 


    40 
    dasturga qaytiladi va avvalgi ketma-ketlik to‘xtatilgan joyidan boshlab bajarilishi 
    yo‘lga quyiladi. 
    1.17-rasm. Asosiy dasturni ishlashi: a) uzilishlarsiz; b) uzilishlar bilan. 

    Download 9.08 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




    Download 9.08 Mb.
    Pdf ko'rish