• Uchinchi sath
  • To‘rtinchi va beshinchi sathlar
  • Nigmatov X




    Download 9.08 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/57
    Sana19.04.2022
    Hajmi9.08 Mb.
    #19982
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57
    Bog'liq
    c6a0026cad2c48e15947f151b862f2f7 Kompyuter arxitekturasi
    1mus, ариза
    Ikkinchi sathbuyruqlar to‘plami arxitekturasi sathi deb ataladi. 
    Kompyuter ishlab chiqaruvchi har bir firma, o‘z kompyuterida ishlatilgan
    protsessorga mos mashina tiliga oid qo‘llanma ham taqdim etadi. U tavsifi 
    keltirilgan buyruqlar to‘plami interpretator-mikrodastur yoki apparat ta’minoti 
    tomonidan bajarilishi va bu sathga oid ma’lumotlardan iborat bo‘ladi. 
    Uchinchi sath – operatsion tizim sathi. Ushbu sath gibrid sath hisoblanadi. 
    Operatsion tizim sathining bunday deb atalishiga sabab, uning tilidagi ko‘pchilik 
    buyruqlar, undan pastroqda joylashgan buyruqlar to‘plami arxitekturasi sathida ham, 
    mavjuddir. Biron bir sathga tegishli buyruqlar, boshqa bir sathda ham ifodalanishi 
    va ishlatilishi mumkin. Operatsion tizim sathi ba’zi bir qo‘shimcha xususiyatlarga 


    29 
    ega. Bu – unda xotiraning boshqacha tashkil qilinganligi, bir vaqtda ikki va undan 
    ortiq dasturlarni bajara olish imkoniyatining borligi, hamda operatsion tizim 
    sathining yangi buyruqlar to‘plamiga ega ekanligi xususiyatlaridir. 
    1.6-rasm. Fon-neyman mashinasining ma’lumotlar trakti. 
    To‘rtinchi va beshinchi sathlar – dasturchilar uchun ishlab chiqilgan quyi 
    va yuqori sath tillaridan iboratdir. To‘rtinchi sath - turli xil protsessorlar uchun ishlab 
    chiqilgan turli xil assembler tillaridan iborat bo‘ladi. Beshinchi sath esa amaliy 
    dasturchilar uchun mo‘ljallangan yuqori sath tillari - C, C++, Java kabi tillardan 
    tashkil topgan bo‘ladi. 
    Kompyuter tuzilishini ko‘p sathli ko‘rinishda ifodalanishi va sathlarga oid 
    muhokamalarni shu erda to‘xtatib, kompyuter arxitekturasini o‘rganishda muhim 
    hisoblangan ba’zi bir xulosalarni keltirib o‘tamiz. SHunday qilib, hozirgi 
    kompyuterlar bir-nechta sathlarning ierarxik tuzilishi shaklida loyihalanadi va ishlab 
    chiqariladi. Har bir sath turli xil ob’ektlarning va amallarning ma’lum bir 
    abstraksiyasini, ya’ni ma’lum darajadagi ko‘rinishini ifoda etadi. Kompyuterlar 


    30 
    tuzilishini bunday o‘rganish bilan biz, murakkab bo‘lgan jihatlarni tushunish uchun, 
    nisbatan soddaroq ko‘rinishda ifodalash va tushunish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. 
    Yuqorida keltirilgan har bir sathga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, amallar va 
    tavsiflar xillarining to‘plami arxitektura deb ataladi. Arxitektura - kompyuterni 
    qanday dasturlanishi, ishlanishi va ishlatilishi kabi jihatlariga bog‘liq tushuncha 
    hisoblanadi. Masalan, biron-bir dasturni yozish va ishlatish uchun zarur bo‘ladigan 
    xotiraning xajmi haqidagi ma’lumot - bu arxitekturaning bir qismidir. Ushbu 
    xotiraning qanday ishlab chiqilganligi, ya’ni unda qo‘llanilgan texnologiya esa 
    arxitekturaning bir qismi hisoblanmaydi. 
    Kompyuterning yoki kompyuter tizimining dasturiy elementlarini loyihalash 
    usullarini o‘rganish bilan biz, kompyuter arxitekturasini o‘rganamiz. Amaliyotda 
    kompyuter arxitekturasi va kompyuterni tashkil qilish degan iboralar sinonim 
    iboralar sifatida qo‘llaniladi. 

    Download 9.08 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   57




    Download 9.08 Mb.
    Pdf ko'rish